Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси
Download 207.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Suyak qisqichlari (tishlagichlari) (9-rasm) mayda suyaklarni kesib
tashlashda, suyak bo‘rtmalari va shishlari, o‘tkir tikonlar va suyak chetlarini qesish va tekislash uchun qo‘llaniladi. Ikkita og‘ir, qulfcha bilan tutashgan shoxchalardan iborat bo‘lib, qulfcha ularni ishchi qismlar – jag‘lar va dastaga ajratadi. Qisqichlarning jag‘lari qavariq, yarim doira, nayzasimon shaklda hamda turli egilgan (yoniga, yuzasiga) bo‘ladi. Qisqichlar bitta yoki ko‘p sharnirli (ikkita uzatgichli) bo‘lib, murvatli sharnir qulfga ega bo‘ladi. Suyaklar qisqichlarini tayyorlash uchun zanglamas 40x13 rusumli po‘lat qo‘llaniladi (GOST 28071-89) . Suyak qisqichlari sifatini tekshirishda quyidagi talablarga rioya qilinadi: a) jag‘larning qirquvchi qismlari – o‘tkir, o‘yiqlarsiz, g‘adir-budirsiz va h. , butun bo‘yi bo‘ylab zich yopiluvchi bo‘lishi kerak; b) prujina – ishlashga sozlangan va qisqichlarning ravon ochilishini ta’minlaydi, ayni paytda jag‘lar zich yopiladi; v) qulfdagi harakati ravon, engil, to‘xtalmaydi. Asbobning funksional xususiyatlari 1,5-2,0 mm qalinlikdagi kartonni 10 marta yoki suyakning 5-6 mm plastinkasini qirqish bilan tekshiriladi. Sinovdan keyin jag‘larning kesish joylarida o‘yiqlar yoki bo‘lingan joylar bo‘lmasligi kerak. Kesim tekis, ravon bo‘lishi zarur. 9-rasm. Suyak qisqichlari: 1-bir uzatgichli o‘tkir uchli egilgan, 2-ikki uzatgichli utkir uchli, 3-bir uzatgichli o‘tkir uchli to‘g‘ri, 4-bir va ikki uzatgichli yumaloq jag‘li. Tuzilish xususiyatlariga qarab, suyak qisqichlarining quyidagi tovar turlari chiqa riladi: - qavariq jag‘li- yumaloq jag‘li , kengligi 8,5 va 4 mm to‘g‘ri va tik qayrilgan; - to‘g‘ri jag‘li; Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси. 10 - yarim doira jag‘li – to‘g‘ri va tik qayrilgan jag‘li 2 ta uzatgichli; - qavariq jag‘li- to‘g‘ri va yoniga kayrilgan 2 ta uzatgichli; - to‘g‘ri jag‘li – to‘g‘ri va tik yoki yoniga qayrilgan 2 ta uzatgichli. Qisqich-tishlagichlar uzunligi 170-185 mm atrofida bo‘ladi. Qisqich- tishlagichlar salmoqli, uzunligi 225 mm va yarim doirali jag‘li tishlagichlar, katta enli (22 mm) , uzunligi 300 mm qilib tayyorlanadi, suyaklarning katta qismlarini( qovurg‘alar, umurtqa pog‘onasi, kalla suyagi) tishlab olishga yoki qisib ushlab turishga xizmat qiladi. Qadoqlashdan oldin mazkur asboblarga neytral moy surtiladi, pergament yoki parafinlangan qog‘ozga o‘raladi va karton qutilarga 5-10 donalab joylashtiriladi. Download 207.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling