Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси
Download 207.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Kesuvchi asboblar
Asboblarning bu guruhiga yumshoq, yarim yumshoq va qalin to‘qimalarni ajratishda qo‘llaniladigan asboblar kiradi. Qurilmasiga muvofiq ular 5 guruhga bo‘linadi: pichoqlar va skalpellar, qaychilar, tibbiy arralar, iskanalar, suyak qisqichlari. Barcha kesuvchi asboblarga quyidagi talablar qo‘yiladi: o‘tkirlik, mexanik va kimyoviy chidamlilik, oddiy geometrik shakl. Asboblarning o‘tkirligi juda kam kuch va vaqt sarflash imkonini beradi. To‘qimalar kam miqdorda zararlanadi. Mexanik va kimyoviy chidamlilik asboblardan uzoq vaqt foydalanish imkonini yaratadi va zanglashdan saqlaydi. Qesuvchi asboblarning zarur o‘tkirligi va chidamliligi tegishli rusumdagi po‘latlarning qo‘llanishi, termik ishlov berish, sirtiga yaxshi ishlov berish va tig‘ini o‘tkirlash yo‘li bilan ta’minlanadi. Kesuvchi asboblarning har xil turlari ishlatiladi. Jarrohlik pichoqlari a’zolar uchlarini amputatsiya qilish paytida yumshoq to‘qimalar (teri, paylar) ni kesishga mo‘ljallangan. Har qanday tuzilishdagi pichoqda quyidagi qismlar bo‘lishi zarur: dasta, bo‘yin, tig‘. Tig‘da esa kesuvchi qism bo‘lishi kerak. Pichoqning dastasi yaxshi ushlanishi uchun, sathi yaltiroq tig‘dan farqli ko‘p qirrali va taram-taram sathli bo‘ladi (1-rasm) . 1-rasm. Jarrohlik pichoqlari. Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси. 4 Pichoqlarni qabul qilishda mahsulot sifatini nazorat teshiruvidan o‘tkaziladi: etalonga qiyoslagan holda ko‘zdan kechirish quyidagi talablar asosida amalga oshiriladi: - pichoq tig‘i uzunasiga o‘tkir bo‘lishi lozim. Hech qanday tirnalgan joylari, o‘yiqlar yoki kertiklar bo‘lmasligi zarur; - o‘tkir uchlari, kesuvchi qirradan tashqari, tumtoqlashgan bo‘lishi lozim; - pichoq qoplamasi sifatli bo‘lib, dog‘lar, zang va ortiqcha qatlar bo‘lmasligi kerak. Funksional sinov kesuvchi xususiyatlarni tekshirishdan iborat: zamsh (baxmal, charm) , teri, karton o‘rtacha qalinlikdagi qog‘oz qirqib ko‘riladi. Sinov natijasida tig‘ o‘tmaslanmasligi va pachoq bo‘lmasligi, kesikning chetlari esa o‘yiqsiz, ravon bo‘lishi lozim. Amputatsiya pichog‘i (1-rasm,a) qo‘l va oyoq barmoqlarini kesib tashlanganda yumshoq to‘qimalar (teri, paylar) ni qirqishga mo‘ljallangan. Tig‘ining uzunligi bo‘yicha 2 ta o‘lchovli qilib tayyorlanadi: katta (315 mm) va kichik (250 mm) , dastasi po‘lat yoki jezdan tayyorlanib, ichi bo‘sh, ushlashga qulay bo‘ladi. Karton qutilarga yakka tartibda neytral moy surtilgan xolda joylashtirilib qadoqlanadi. Rezeksiya pichog‘i (b) barmoq va oyoq barmoqlari uchlarini, tovonni amputatsiya qilishda, bo‘g‘imlarni rezeksiya (biror a’zo yoki uning qismini kesib tashlash) da qalin to‘qimalar (naylar, kemirchak-tog‘aylar) ni, unchalik kata bo‘lmagan suyaklar (falanglar) ni qirqishga mo‘ljallangan: kemirchak pichoqdan tig‘ning 2 turi – qorindor va to‘g‘ri turlariga ega shakli bilan farqlanadi. Tog‘ay pichog‘i (v) qalin to‘qimalar (kemirchaklar, tirtiqlar) ni, qovurg‘a kemirchaklarni kesishga mo‘ljallangan, bo‘lib, ular qisqa, keng tig‘li va og‘ir, qavariq dastali bo‘ladi. Miya pichog‘i (2-rasm) tashhis maqsadida bosh miya qatlamlarini ajratish uchun patalogik-anatomik yorishlar paytida ishlatiladi. Bosh miya pichog‘ining tig‘i to‘g‘ri burchakli bo‘lib cho‘zilgan (dastasiga nisbatan 2 barobar uzun) , yupqa, ikki tomonlama o‘tkir, dastasi keng, sayqallanmagan holda ishlab chiqariladi. 2-rasm. Miya pichog‘i Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси. 5 Pichoqlar qutiga 10 donadan (amputatsiyaga mo‘ljallanganlari bundan mustasno) konservatsiya moyi bilan ishlov berilgan holda etkazib beriladi. Pichoqlarni sterillash quruq havo usulida amalga oshiriladi, chunki nam muhitda ularning kesuvchi qirrasining o‘tkirligi pasayadi. Umumiy jarrohlik skalpellari (3-rasm) ikki turda ishlab chiqariladi: qorindor – tig‘i kuchli bo‘rtiq va o‘tkir uchli. Qorindor skalpellar yumshoq to‘qimalarni chuqur kesish uchun qo‘llaniladi, o‘tkir uchlilari to‘qimalarni engil ochish va teshiklar hosil qilish uchun ishlatiladi. Tig‘ning uzunligiga qarab, skalpellar kichik (30,32 mm) , o‘rtacha (40,42 mm) va katta (46, 50 mm) bo‘ladi. Skalpel dastasi silliq, yoki g‘adir-budir bo‘ladi. CHuqur bo‘shliqlarda operatsiyalar qilish uchun uzunligi 250 mm maxsus skalpellar ishlatiladi, tig‘ning ishchi qismi qisqa (20 mm) va uchi to‘mtoqlashgan bo‘ladi. Skalpel o‘zining alohida qurilmasi – olib qo‘yiladigan tig‘i bilan ajralib turadi, olib qo‘yiladigan tig‘ esa U10A po‘lat yoki xromli 13 X dan, dastasi nikel va xromli L63 jezdan yoki plastmassadan tayyorlanadi. Skalpellar tabiiy yog‘ surtilib, mumlangan yoki pergament qog‘ozga o‘ralib, karton qutiga 10 donadan taxlanadi. Tibbiy qaychilar to‘qimalarni kesishga mo‘ljallangan. Qaychilar sharnirli – ya’ni 2 ta tig‘li yoki murvat bilan tutashgan 2 shoxli gilotinasimon bo‘ladi. Oshiq- moshiqli qaychilar yumshoq to‘qimalarni (jarrohlik) va materiallar, ligaturalar, bog‘lash (yordamchi) ashyolarni kesishda qo‘llaniladi. Gilotinali qaychilar esa qalin tog‘ay to‘qimalar, qovurg‘alarni kesishga xizmat qiladi. Qaychilarning kesish xususiyatlari dokani (uch marta) 1-5 qatlamini yoki momiq bo‘lagini kesish yo‘li bilan tekshiriladi. Gilotinali qaychilarni tekshirish qalinligi 2 -5,5 mm kartonning 2 qatlamini yoki diametri 5 mm polivinildan tayoqchani 10 karra tishi bilan qirqish bilan amalga oshiriladi. Qaychilar U8A, U10; rusumli uglerodli po‘latdan yoki 40 x 13 pulatdan tayyorlanadi. Sanoatda 50 dan ortiq turli tibbiy qaychilar ishlab chiqariladi, lekin ko‘proq quyida tasvirlangan qaychilar ishlatiladi (GOST 21239-93) . Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси. 6 3-rasm. O‘tkir uchli jarroh lik skalpeli. Download 207.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling