Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси
Download 207.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Tibbiy arralar
Tibbiy arralar (8-rasm. ) turli jarrohlik operatsiyalarida ishlatiladi, qattiq to‘qimalar (suyaklar va tog‘aylar) ni va barmoqlar, qo‘l va oyoq uchlarini rezeksiya yoki amputatsiya qilishda, osteosintez va anatomik ishlarda ishlatiladi(GOST 28519- 90) . Arra U7A rusumli uglerodli po‘latdan tayyorlanadi, tasma va dastadan iborat. Arralarning quyidagi turlari ishlab chiqariladi: romsimon (1) - tasmani mustahkamlash va taranglash uchun moslama bo‘lib, dastali yoydan tarkib topgan. Arra 3 ta o‘lchovda (6, 9, 12 mm) gi tasmalar to‘plami bilan ishlab chiqariladi va yirik suyaklar (tos kuyaklari va boshq. ) ni arralash uchun oyoq-qo‘llar amputatsiyasida qo‘llaniladi;(8-rasm,1) anatomik bargsimon- dastali gardish, tasma va murvatdan iborat, birmuncha yumshoq suyaklarni (barmoqlar suyaklari) arralashda patologo-anatomik amaliyotda ishlatiladi (8-rasm,4) ; pichoqli- unchalik katta bo‘lmagan suyaklar va tog‘aylarni arralashga mo‘ljallangan, buning uchun biroz yupqa, mayda tishli tasma (0,5 mm) ishlatiladi (8-rasm,2) ; to‘qilgan simli (Djigli) – neyrojarrohlik sohasida kalla suyagining qopqog‘ini ochishda foydalaniladi. Arra mayda tishli 3-4 ta buralgan po‘lat simlardan va ushlash uchun maxsus xalqali dastasidan iborat (8-rasm,3) ; gipsli bog‘lamlar uchun – gipsli bog‘lamlarni arralashda ishlatiladi (5) . 8-rasm. Tibbiy arralar Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси. 9 Tibbiy arralarning funksional xususiyatlarini sinash tishlarning o‘tkirligini tekshirishdan iborat. Buning uchun qattiq navli daraxt (buk, dub) ponasini yoki qalinligi 2 mm bo‘lgan viniplast bo‘lagi arralanadi. Ayni vaqtda arralarning tishlari tumtoqlashmasligi, bukilmasligi yoki rangi o‘zgarmasligi, arralaganda kesim ravon va silliq bo‘lishi lozim. Download 207.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling