Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси
Download 207.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Jarrohlik qaychilari:
1) tumtoq uchli to‘g‘ri va qayrilgan Kuper turidagi qaychilar. Yoniga qayrilgan qaychilar yumshoq to‘qimalarni qesish uchun ishlatiladi, uzunligi 170 va 140 mm bo‘ladi; 2) o‘tkir uchli va bir o‘tkir uchi to‘g‘ri va ikkinchisi qayrilgan (uzunligi 170 va 140 mm) qaychilar; o‘tkir uchli yoniga qayrilgan (4-rasm,a) avvalo to‘qimani teshish zarur bo‘lgan hollarda ishlatiladi; 3) gipsli bog‘lamlarni kesishga mo‘ljallangan – 415 mm (4-rasm, b) ; 4) anatomik ichak qaychisi (5-rasm) patalogo-anatomik amaliyotda (uzunligi 205 mm) ichakni uzunasiga yorishga xizmat qiladi, shoxlaridan birining ishchi qismida qirqilayotgan ichakning sirg‘alib ketishiga to‘sqinlik qiladigan ilgakning borligi bilan farqlanadi; 5) qovurg‘aga mo‘ljallangan qaychilar ko‘krak qafasidagi a’zolarni operatsiya qilishda qovurg‘alarni kesishda ishlatiladi (6-rasm, a) ; 6) tugmachali (Lister) qaychi bog‘lamlarni kesish uchun ishlatiladi (6-rasm, b) . Tig‘i yoniga 30* da qayrilganligi va uzun tig‘ining bir uchida bemorga zarar etkazmay, bog‘lam tagiga kiritish uchun silliq tugmacha mavjudligi bilan farqlanadi; 7) chuqur bo‘shiqlardagi yumshoq to‘qimalarni qesishga mo‘ljallangan, uzunligi (250 mm) , o‘tkir uchli, tor va qisqa ishchi qirrali, to‘g‘ri va qayrilgan qaychi, yaralar ichidagi yoki etish qiyin bo‘lgan to‘qimalarni qirqishga mo‘ljallangan; 8) bog‘lash ashyo uchun uzunligi 240 mm, katta, salmoqli (7-rasm, a) ; 4-rasm. Qaychilar: a – o‘tkir uchli yoniga qayrilgan; b – gipsli bog‘lamlarni qesuvchi qaychi. Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси. 7 5-rasm. Anatomik ichak qaychisi. 6-rasm. Qaychilar: a –qovurg‘a uchun, b – Lister-bog‘lamlarini qesish uchun. 7-rasm. YOrdamchi qaychilar: a – bog‘lash ashyolari uchun. b – soch olish uchun. 9) sochlarni olish uchun – bemorlarni sochini olish va operatsiya maydonini tayyorlash uchun, uzunligi 175 mm, engilligi bilan ajralib turadi (7-rasm, b) ; 10) tirnoqlar uchun – unchalik katta uzunlikda bo‘lmagan (100 mm) to‘g‘ri va qayrilgan, ishchi qirrasida qiya kertiklar mavjud. Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси. 8 Download 207.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling