Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси
Download 207.38 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raspatorlar
Tibbiy iskanalar (10-rasm) turli jarrohlik operatsiyalarida suyaklarni o‘yib
qirishda va ochishda xizmat qiladi. 10-rasm. Tibbiy iskanalar: 1 – yassi, 2 – novsimon, 3 – qoshiqsimon. Iskanalar yordamida suyakni yangi hosilalari o‘yib olish yo‘li bilan bartaraf etiladi, naysimon suyaklarning bo‘shliqlari ochiladi, suyak sinish hollarida suyakning ifloslangan joylari kesib olinadi va o‘yib tozalanadi. Iskana bolg‘a bilan ishlatiladi. Iskanalar asbobbop 48A rusumli po‘latdan yoki zanglamas 40x13 po‘latdan tayyorlanadi. Iskana charxlanadi – o‘tkirlash burchagi – 15-20°. Iskanalar sifatiga quyidagi talablar qo‘yiladi: - iskanalar o‘tkir bo‘lishi lozim; - qirqish tig‘ida yoriqlar, g‘adir-budirlar, singan joylar bo‘lmasligi zarur; - zanglash izlari bo‘lmasligi kerak. Iskanalarning funksional xususiyatlari quyidagicha tekshiriladi: a) dub yoki qayin diametri 20 mm bo‘lgan novdasini, 200 g og‘irlikdagi bolg‘acha bilan, urib iskana bilan kesiladi, b) dub yoki qayin ponasidan qoshiqsimon iskanalar bilan payraxa kirib olinadi. Funksional xususiyatlarini tekshirish natijasida tig‘ning qirrasi sinmasligi va o‘tmaslanmasligi lozim. Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси. 11 Iskanalar otolaringologik amaliyotda, travmatologiya, neyrojarrohlikda turli jarrohlik operatsiyalarida qo‘llaniladi. Quyidagi asosiy turlari ishlab chiqariladi: -yassi – olti qirrali dastali, bir tomonlama va 2 tomonlama o‘tkirlangan; tig‘ining eni – 10. 15, 20, 25, 30, 40 mm, uzunligi – 230 mm; -keng (tig‘ining eni – 20, 25 mm) – tig‘i trapetsiya shaklida (ikki tomonlama o‘tkirlangan) yoki bir tomonlama charxlangan kurakcha ko‘rinishida (10- rasm, 1) ; -neyrojarroxlik iskanalar – ishchi qismi yumaloq shaklli, kengligi – 40 mm; -novsimon – nov ko‘rinishida bo‘lib, tig‘ining uchi to‘mtoqlashgan; (10-rasm,2) -eni tor va yupqa bolalar iskanasi- kichik uzunlikda(175 mm) . Jarrohlik bolg‘achasi iskanalar bilan qo‘llanishga mo‘ljallangan. Zanglamas po‘latdan yasalgan ishchi qismi va dastadan iborat. Ikki tomonli bolg‘acha bilan ishlash qulay: bitta zarb maydonchasi – metalli, ikkichisi – rezinadan ishlangan. Raspatorlar suyak ustidagi pardani ajratib olishga, shuningdek mustahkam tog‘ay to‘qimalar qatlamlarini ko‘chirishga mo‘ljallangan. Xrom bilan qoplangan U10A rusumli yoki NS 40x13 po‘latdan tayyorlanadi. Raspatorlar nomenklaturasi ko‘p sonli va salkam 50 ta nomga egadir. Umumiy jarrohlikda, otolaringologiya, travmatologiya, oftalmologiya, stomatologiya sohalarida ishlatiladi. Ko‘proq qo‘llaniladigan raspatorlar: - to‘g‘ri; - qayrilgan – eni 12 mm; - qavariq – eni 17 mm; - qovurg‘a uchun – o‘ng va chap tomonlama, kattalar va bolalarga mo‘ljallangan. Raspatorlarning kesish xususiyatlarini tekshirish qattiq navli daraxtni qirqish yo‘li bilan amalga oshiriladi; ular sinmasdan va qirqish qirrasining o‘tkirligi pasaymasdan payraxani chiqarishi kerak. Download 207.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling