Kasalxonaga yotqizishdan oldin ko‘riladigan tadbirlar
1. SES ga shoshilinch xabar yuboriladi.
2. Bemor kasalxonaga yotqiziladi.
3. Isitma tushiruvchi dorilar buyuriladi va shaytonlashga qarshi kurash olib boriladi.
BOLALAR YUQUMLI KASALLIKLARI NATIJASIDA KELIB CHIQADIGAN IKKILAMCHI MENINGOENSEFALITLAR
Fakultativ simptomlar
|
Asosiy simptomlar
|
1. O‘tkir, ayrim hollarda to‘satdan boshlanadi
|
1. Kasallik o‘tkir boshlanadi
|
2. Kasallikning belgilari 3 — 8- kuni paydo bo‘ladi
|
2. Es-hush yo‘qolib turadi
|
3. Isitma baland (39 °S) bo‘ladi.
|
3. Uzoq davomli va qayta shaytonlash kuzatiladi
|
4. Bosh og‘riydi
|
4. O‘choqli buzilishlar aniqlanadi
|
5. Bemor qayt qiladi, lanj bo‘ladi, ko‘p uxlaydi, koma, qo‘zg‘alish holati kuzatiladi
|
|
6. Shaytonlash, qo‘l-oyoq tremori qayd etiladi
|
|
7. Gipertenziya aniqlanadi
|
|
8. O‘choqli buzilishlar, gemi- va monoparezlar qayd etiladi. Bosh miya nervlari shikastlanadi, piramida belgilari paydo bo‘ladi
|
|
9. Giperkineziyalar aniqlanadi
|
|
10. Hiqichoq tutadi
|
|
11. Bemor nafas olish maromi buziladi
|
|
12. Tomir urishi bilan qon bosimi o‘zgaruvchan bo‘ladi
|
|
13. Qizil dermografizm kuzatiladi
|
|
Kasalxonaga yotqizishdan oldin ko‘riladigan tadbirlar
1. SES ga shoshilinch xabar beriladi.
2. Bemor tezlik bilan kasalxonaga yotqiziladi.
3. Sutkasiga 2—3 martalik mikdorda prednizolon buyuriladi.
4. Laziks (0,5—0,1 ml) tayinlanadi.
5. Shaytonlashga qarshi kurash olib boriladi.
ANGINA SINDROMI BILAN O‘TUVCHI KASALLIKLARNI
BARVAQT ANIQLASH
Ko‘pgina kasalliklar angina sindromi bilan kechadi, ularnn bo‘g‘ma (difteriya) dan ajrata olish lozim. Bu sindromning etiologiyasini to‘g‘ri annqlash va to‘g‘ri taxminiy tashxis qo‘yish uchun quyidagilarni nazarda tutish kerak.
1. Kasallikning o‘tkir boshlanishi.
2. Yutinganda og‘riq paydo bo‘lishi.
3. Zaharlanish darajasi, uning joylanishi, tarqoqligi, pardaning tabiati (fibrinli, yiringli detrit), shakli.
4. Tonzillyar limfatik bezlarining kattalashishi va og‘rishi.
5. Bo‘yinda shish paydo bo‘lishi, uning tabiati.
6. Parenximatoz azolarning holati (jigar, qorataloq, limfatik bezlar).
7. Profilaktik emlashlar.
8. Epidemiologik vaziyat.
9. Barvaqt bakteriologik va gematologik tekshirishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |