Tibbiy bilim asoslari


Download 156.32 Kb.
bet53/54
Sana10.11.2023
Hajmi156.32 Kb.
#1761133
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
TBA Amaliy qo\'llanma

Toksikoinfeksion shok - mikrob va viruslar yuqishi natijasida pnevmoniya, piyelonefrit, salmonellyoz, botulizm, ich terlama, ichburug`, abortni septik sharoitda bajarilishi tufayli bachadonning yallig`lanishi (endometrit) kabi og`ir kasalliklarda vujudga keladigan holat.
Tomir urishi, yoki puls - qon tomirlari devorining ritmik ravishda to'lqinlanib turishi.
Travmatik shok - mexanik ta`sirlar: urilish, yiqilish, transport hodisalari, kuyish, elektr toki ta`siri, sovuq ta`sirida markaziy nerv tizimi, qon aylanish, nafas olish, moddalar almashinuvi tizimlari funksiyasini buzilishi tufayli yuzaga keladigan nihoyatda og`ir, hayot uchun xavfli kasallik holati.
Traxeitkekirdak shilliq pardasining yallig‘lanishi.
Tuberkulyoz - sil tayoqchasi bakteriyasi qo‘zgatadigan yuqumli kasllik.
Tulyaremiya - limfa tugunlari, o'pka, ichak to'qimasining yallig`lanishi, umumiy intoksikatsiyasi bilan kechadigan og'ir yuqumli kasallik.
Tuxum hujayra - ayollar jinsiy hujayrasi.
Umumiy parvarish - kasalliklar xarakteriga aloqador bo`lmagan hollarda o'tkaziladigan tadbirni o'z ichiga oladi (ichki kasalliklar, ko'z kasalliklari va boshqa).
Uremiya - nefrit, piyelonefrit, buyrak sanchig`ining og`ir kechishida buyrak yetishmovchiligi yuzaga keladi. Siydik ajralishi kamayadi yoki butunlay to`xtab qoladi. Natijada qonda qoldiq azot moddalari ko‘payib, organizmni zaharlaydi va hayot uchun xavfli bo`lgan uremiya holati yuzaga keladi.
Uretrit - pastki siydik chiqarish kanali (uretra) ning ichki shilliq pardasini yallig‘lanishi.
Uzoq vaqt bosilish sindromi - ayrim tana qismlarining uzoq vaqt davomida og`ir yuk ostida bosilib turishi, siqilishi natijasida, yumshoq to`qimalarning yopiq shikastlanishi.
Venoz qon ketishi - oqayotgan qon to‘q qizil rangda bo‘lib, jarohatdan pastga qarab bir tekisda sekin oqishi.
Xolangit - jigar orasida joylashgan o‘t yo‘llari yallig‘lanishi.

Download 156.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling