Tibbiy bilim asoslari


Download 156.32 Kb.
bet50/54
Sana10.11.2023
Hajmi156.32 Kb.
#1761133
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
TBA Amaliy qo\'llanma

O’tkir gastrit - me`da shilliq qavatining o‘tkir yallig‘lanishi.
O’tkir kolityo‘g‘on ichak shilliq qavatining yallig‘lanishi.
Ovqatdan zaharlanish - stafilakokk, enterakokk, protey kabi mikroblar bilan zararlangan va kimyoviy moddalar bilan zaharlangan taomlarni iste'mol qilish tufayli qusish va ich ketish bilan kechadigan kasalliklar.
Pandemiya - qandaydir yuqumli kasallikning bir necha mamlakatlarda bir paytning o'zida keng miqyosda tarqalishi.
Pankreatit me`da osti bezining yallig‘lanish kasalligi.
Parenximatoz qon ketishi - jigar, taloq, buyrak, o‘pka va boshqa parenximatoz a’zolarning shikastlanishi tufayli undagi mayda (kapillyar) tomirlardan qon oqishi.
Parhez taomlar - kasallik turiga qarab beriladigan ovqatlar bo’lib, ular 15 ta parhez stoliga bo`linadi.
Patau sindromi - 13-nchi xromasomaning mutatsiyasi natijasida yuzaga keladigan irsiy kasallik.
Pay va muskullarning cho‘zilishi - shikastlangan sohada kuchli og‘riq, shish, harakatning susayishi, bo‘g‘im sohasiga qon quyilishi, shu soha shaklining o‘zgarishi kuzatiladigan holat.
Piyelonefrit. Buyrak to‘qimasi va buyrak jomining birgalikda yallig‘lanish kasalligi.
Plevrito‘pkalar ustini qoplab turuvchi plevra pardasining yallig‘lanishi.
Pnevmoniya (zotiljam)o‘pka to‘qimasining yallig‘lanishi.
Poligen nasl kasalliklari - chaqaloqda va bolalik davrlarida namoyon bo`lmaydigan qandli diabet, ateroskleroz, gipertoniya, glaykoma, shizofreniya va boshqa irsiy kasalliklar.
Prostatit - erkaklarda prostata bezining yallig‘lanish kasalligi.
Psixasteniya nevrozi - tinch-totuvligi bo`lmagan, vahimalar bilan yashaydigan oilalarning bolalarida uchraydi.
Qaltiroq (Tiki) - tez-tez hayajonlanish, qo`rqish, gripp, angina, tish, gijja, revmatik xoreya va boshqa kasalliklarning asorati tufayli, bolalarda uchraydigan asab buzilishi bilan bog`liq bo`lgan tartibsiz harakat qilishlar.

Download 156.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling