Ichburug` - yo'g'on ichakning pastki qismi shilliq qavatining yallig'lanishi, yaralar hosil bo`lishi bilan kechadigan yuqumli kasallik.
Immunitet - odam organizmining yuqumli kasallikka berilmaslik xususiyati, ya'ni organizm o`z-o`zini yuqumli kasallikdan himoyalash xususiyatidir.
Infeksiya - yuqumli kasallikni yuzaga keltiruvchi mikroorganizmlar.
Irsiy kasalliklar - avloddan-avlodga o`tadigan, xromasoma va genlarda mutatsiyalr sodir bo’lishida yuzaga keldigan kasalliklar.
Isitma - tana haroratining me’yordan ko'tarilishi bo’lib, haroratning ko'tarilishiga gipertermiya, pasayishiga gipotermiya deyiladi.
Isteriya nevrozi - oilada tarbiyasi noto`g`ri bo`lgan, erkatoy, fe`l-atvorida xudbinlik, o`jarlik nuqsonlari bo`lgan bolalar va o`smirlarning ruhiy zo`riqishi natijasida yuzaga keladi.
Jarohatlanish - teri yoki shilliq pardalar butunligi buzilib, tashqariga qon ketishi.
Kapilyar qon ketishi - teri ostidagi, to‘qimalar orasidagi mayda (kapillyar) qon tomirlardan to‘q qizil rangli qon sizib oqishi.
Kardiogen shok - miokard infarkti kasalligining og`ir kechadigan turida vujudga keladigan holat.
Klaynfelter sindromi – erkaklarda uchraydigan irsiy kasallik.
Klizma - yo'g'on ichakning quyi qismini tozalash bo’lib, tozalovchi, sifonli, dorili, oziqli va boshqa turlari bor.
Kompress - mahalliy ta'sir ko'rsatuvchi muolaja bo’lib, isituvchi va sovituvchi (sovuq) turlari bo'ladi.
Kuydirgi - teri va ichki a'zolarda (o'pka, ichak) qizil rangli qora qazg'oq bilan qoplangan yaralarning paydo bo'lishi, umumiy intoksikatsiya bilan kechadigan og'ir yuqumli kasallik.
Laringit – hiqildoq shilliq pardasining yallig‘lanishi.
Lat yeyish - teri butunligi buzilmagan holda to‘qima va a’zolar shikastlanishi.
Leptospiroz - jigar, buyrak va boshqa a'zolarning yallig`lanishi, terining sarg'ayishi, teri orasiga qon quyilish nuqtalarining paydo bo`lishi, umumiy intoksikatsiya bilan kechadigan og`ir yuqumli kasallik.
Lyamblioz - ingichka ichakda, o‘t pufagida joylashib, parazitlik qilib, zararlangan suv, oziq-ovqat mahsulotlari, meva-sabsazavotlar, ifloslangan qo‘l va ro‘zg‘or buyumlari orqali yuqib, surunkali kechadigan gijja kasalligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |