Tibbiyot mikrobiologiyasi


Mikobakteriyalar va ularning odam patologiyasidagi ko’rsatkichlari


Download 242.08 Kb.
bet6/27
Sana31.01.2024
Hajmi242.08 Kb.
#1828400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Tibbiyot mikrobiologiyasi javob (2)

Mikobakteriyalar va ularning odam patologiyasidagi ko’rsatkichlari.

Mikobakteriyalar va ularning odam patologiyasidagi ko'rsatkichlari.

Mikobakteriya (Mycobacteriaceae) oilasi a'zolarining barchasi ingichka, tayoqchasimon boʻlib, oziqa muhitlarida sekin o'sadi va shu xossasiga koʻra zamburugʻlarga o'xshaydi. Mikobakteriyalar kislota, ishqor, spirtga chidamli, chunki ular tarkibida yog' miqdori ko'p. Mikobakteriya avlodiga patogen va patogen boʻlmagan bakteriyalar kiradi.


Mikobakteriya avlodiga odam uchun patogen boʻlgan sil va moxov (lepra) qoʻzgʻatuvchilari kiradi. Sil hayvonlar, parrandalar, kemiruvchilar orasida keng tarqalgan. Sil tayoqchasining bir qancha turi tafovut etiladi:
1. Odamda kasallik chaqiruvchi qoʻzgʻatuvchi - Mycobacterium tuberculosis.
2. Yirik shoxli hayvonlarda kasallik chaqiruvchi - Mycobacterium bovis.
3. Parrandalarda kasallik chaqiruvchi - Mycobacterium avium. 4. Kemiruvchilarda kasallik chaqiruvchi - Mycobacterium murium. 5. Sovuqqonlilarda kasallik chaqiruvchi qoʻzgʻatuvchi - ularga alohida atipik mikobakteriya guruhi kiradi.
Hozirgi vaqtda atipik mikobakteriyalar bir necha xossasiga koʻra, to'rt guruhga boʻlinadi: I, II, III, IV (tuman klassifikatsiyasi boʻyicha). Ular sil qoʻzgʻatuvchisiga qaraganda, oziqa muhitiga talabchan emas. Ular bir-birlaridan oziqa muhitiga nisbatan aloqasi, oʻsish tezligi, pigment hosil qilishi, katalaza va peroksidaza faolligiga qarab farqlanadi: I va II guruh a'zolari odamda kasallik keltirib chiqaradi.

  1. Klostridial infeksiya qo’zg’atuvchilari.

Klostridial infeksiya qo'zg'atuvchilari.
Gazli gangrena polimikrob infeksiya, bir, ya'ni bir necha guruh mikroorganizmlar ta'sirida yuzaga keladi. Ular Bacillaceae oilasiga, Clostridium avlodiga kiradi. Mikrob guruhlarining asosiy a'zolari C. perfringens, C. novyi, C. septicum, C. histolyticum, C. sordellii hi- soblanadi. Kasallik odamda organizmga bitta yoki ikkita qoʻzgʻatuvchi yoki qoʻshimcha aerob stafilokokk yoki streptokokk tushishi nati- jasida yuzaga keladi.

Clostridium perfringens


C. perfringens 1892-yilda Uelch va Nettal tomonidan aniqlangan. Morfologiyasi. C. perfringens yirik polimorf tayoqchasimon, 3-9×0,9-1,2 mkm kattalikdagi mikroblar. Harakatsiz. Organizm- dan ajratib olingan yangi kulturada kapsula aniqlanadi. Noqulay sharoitga tushganda ovalsimon spora hosil qiladi, markaziy yoki sub- terminal holatda joylashadi. Grammusbat boʻyaladi, eski kulturalar Gram usulida boʻyalish xossasidan mahrum.


Kultural xossasi. C. perfringens anaerob, lekin kislorodga sezuvchan emas. Go'sht va kazein qoʻshilgan muhitda yaxshi oʻsadi. 37-42°C haroratda, pH 7,2-7,4 sharoitida 3-8 soatdan keyin koʻp miqdorda gaz hosil qilib, pHni kislotali sharoit tomonga oʻzgartirib oʻsadi. Zich oziqa muhitida C. perfringens R shaklli, gʻadir-budur, S shaklli silliq va shilliq, M shaklli koloniya hosil qilib oʻsadi. Suyuq oziqa muhitida bir tekis loyqalanib va gaz hosil qilib oʻsadi. Qonli agarda koloniya atrofida gemoliz zonasi hosil qilib oʻsadi.


Clostridium novyi


C. novyini 1874-yili Novi aniqlagan.
Morfologiyasi. C.novyi yirik, toʻgʻri yoki biroz bukilgan. 4-22x14-1,6 mkm kattalikdagi tayoqchasimonlardir. Koʻpincha zanjirsimon boʻlib joylashadi. Harakatchan, xivchinlari peretrix joylashgan. Tashqi muhitda ovalsimon spora hosil qiladi, subterminal joylashadi (sporaning kattaligi hujayradan kattaroq boʻlishi mumkin).


Clostridium septicum


Clostridium septicum L. Paster tomonidan 1877-yili aniqlangan. Morfologiyasi. C. septicum polimorf tayoqcha, 3-4x1,1-1,6 mkm kattalikda boʻladi (ipsimon shakli 50 mkm uzunlikda uchrashi mumkin). Harakatchan, xivchinlari peretrix joylashgan. Sporasi sub- terminal, ayrim hollarda markaziy holatda joylashadi. Kapsula hosil qilmaydi. Grammusbat boʻyaladi. Eski kulturalari Grammanfiy bo'yaladi.




  1. Download 242.08 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling