Tibbiyot psixologiy asi


Kasallikni emas, kasalni davola


Download 0.96 Mb.
bet62/158
Sana17.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1096903
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Kasallikni emas, kasalni davola.
Abu Ali ibn Sino

  1. Umumiy tushuncha

O'tkir va doimiy salbiy ta’sirotlar (psixogen omillar) natijasida asab tizimi va ichki a’zolarning faoliyati buziladi. Bosh va tananing turli joylarida og'riqlar va funksional xususiyatga ega bo'lgan boshqa patologik simptomlar paydo bo'ladi. Asab tizimi funksional faoliyatining buzilishi bilan kechuvchi va organik xususiyatga ega bo'lmagan nevrologik buzilishlarga psevdonevrologik sindromlar deb aytiladi. Ular nevrozlarning klinik ko'rinishi sifatida ham o'rganiladi. Ma’lumki, nevrozlarda nafaqat asab tizimi faoliyati, balki boshqa a’zolarning ham faoliyati buziladi. Bu buzilishlar o'tgan asrda (ba’zi mamlakatlarda hozir ham) «yurak nevrozi», «oshqozon nevrozi», «bo'g'im nevrozi» va shunga o'xshash nomlar bilan atalgan. Keyinchalik ichki a’zolar funksiyasining buzilishi bilan kechadigan funksional kasalliklar «psixosomatik sindromlar» deb atala boshlandi.
Psixosomatik kasallik haqida so'z ketganda esa o'tkir yoki doimiy stress sababli rivojlangan organik kasalliklar tushuniladi, ya’ni xafaqon, bronxial astma, qandli diabet, yara kasalligi va hokazo. Bu atamaning sinonimlari juda ko'p va xilma-xildir: «psixovegetativ sindrom», «somatogen depressiya», «niqoblangan depressiya», «vegetonevroz» va hokazo. Biroq klinik amaliyotda «psixosomatik sindrom» atamasi keng qo'llaniladi. Agar funksional buzilishlar somatik kasallik oqibatida rivojlansa, bunga somatopsixik sindrom deb ataladi. Bu atama klinik tibbiyotda juda kam ishlatiladi.
Psevdonevrologik va psixosomatik sindromlar deyarli barcha organik kasalliklarda uchraydigan klinik belgilarga o'xshash bo'lganligi sababli ularning har biriga ta’rif berib chiqishni lozim deb topdik. Chunki bemorni klinik tekshiruvdan o'tkazayotgan har bir vrach psevdonevrologik va psixosomatik belgilarga duch keladi va aksariyat hollarda ularni farqlash mushkullashadi. Buning natijasida klinik tashxis noaniq bo'lib qoladi va davolash muolajalari qiyinlashadi.



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling