Tibbiyot psixologiy asi
Psevdonevrologik sindromlar
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixogen bosh og‘rig‘i
172
Psevdonevrologik sindromlar Klinik amaliyotda eng ko‘p uchraydigan psevdonevrologik sindromlar bilan tanishib chiqamiz. Ularga quyidagilar kiradi: Psixogen bosh og‘rig‘i. Psixogen bosh aylanishi. Psixogen nevralgiyalar. Psixogen bel og'riqlar. Psixogen giperesteziya. «Bezovta oyoqlar» sindromi. Psixogen bosh og‘rig‘i Bosh og‘rig‘i bemorlarning eng ko‘p tarqalgan shikoyatlaridan biri bo'lib, aksariyat hollarda, uning sababini aniqlash juda qiyin bo'ladi. Albatta, bosh og'rig'ining sababi oddiy ruhiy va jismoniy charchashdan tortib, to bosh miya o'smasigacha bo'lishi mumkin (9-jadval). Shuning uchun doimo bu muammoga jiddiy e’tibor bilan qaralgan. «Bosh og'rig'i muammolari» bo'yicha o'tkaziladigan xalqaro konferensiyalarda qayd qilinishicha, rivojlangan davlatlarda bosh og'rig'i «sog'lom» kishilarning 80 foizida uchrar ekan. Konferensiyada ta’kidlanishicha, bosh og'riqlarni keltirib chiqaruvchi kasalliklar soni yildan-yilga oshib bormoqda va ularning ichida yetakchi o'rinlarni depressiya va nevrozlar egallaydi. Psixogen bosh og'riqlar erkaklarga qaraganda ayollarda ko'p uchraydi. Psixogen bosh og'riqlar haqida so'z ketganda, avvalambor, ularnmg xususiyatiga e’tibor qaratiladi. Bosh og'rig'i kallaning bir yarmida yoki ikkala tomonida ham doimiy yoki vaqti-vaqti bilan bo'ladigan, xurujsimon, siqib og'riydigan, ertalab yoki kechga yaqin kuchayadigan bo'lishi mumkin. Psixogen xususiyatga ega bo'lgan bosh og'riqlar uchun ularning ruhiy siqilish, aqliy zo'riqish va jismoniy charchashdan so'ng paydo bo'lishi xosdir. Dastlab bosh og'rig'i ruhiy zo'riqishlarda paydo bo'ladigan bo'lsa, keyinchalik depressiya yoki nevrozga chalingan bemor uchun oddiy ishga borib kelish yoki avtobusda yurishning o'zi kifoyadir. Ma’lum bo'lishicha, psixogen bosh og'riqning 80 foizi ruhiy zo'riqishda paydo bo'lib, shundan 60 foizi kunduzi yoki peshinda, 20 foizi ertalab namoyon bo'ladi. 173
Aytib o'tganimizdek, depressiv sindromlarda bosh og'rig'i ko‘p kuzatiladi. Niqoblangan depressiyada bosh og‘rig‘i asosiy simptomlardan biridir. Bu bemorlar boshining turli qismidagi har xil darajadagi og'riq oylab, yillab davom etadi. Asabning ozgina bo'lsa-da buzilishi, to'yib ovqat yeyish, bolasini emizish yoki yuqori qavatli uyning zinapoyasidan chiqish, hattoki kino va konsertlarga borib kelish ham bemorda bosh og'rig'ining boshlanib ketishiga turtki bo'ladi. Buning natijasida isterik 174 va ipoxondrik belgilar paydo bo'ladiki, ular faqat bemor ahvolini og'irlashtiradi. Affektiv buzilishlar bilan kechadigan bosh og‘riqlar doimiy va zo'rayib boruvchi tus olib, ba’zi holatlarda bosh miyada hajmli jarayon bor-yo'qligini aniqlashga majbur qiladi. Negaki, bu bemorlarda bosh og‘rig‘idan tashqari, ko‘ngil aynish, qayt qilish, bosh ayianishi, yurganda chayqalib ketish, ko‘rishning buzilishi, qo‘l va oyoqning uvishishi ham tez-tez namoyon bo'lib turadi. Analgetiklar yordam bermaydi. Psixogen bosh og‘rig‘i bor bemorlarning shikoyatiga e’tibor bilan qaralsa, bosh miyaning organik kasalliklari (masalan, o'smalar) da kelib chiqadigan boshog‘riqdan farq qiluvchi tomonlari ko'pdir. Psixogen bosh og'riqlarda bemorlar bosh og‘rig‘iga aniq bir ta’rif bera olmaydilar: «Nima desam ekan, ba’zan boshimning ichi go‘yoki suvga to'lgandek og'ir bo'lsa, goho bo'm-bo'sh bo'lib qoladi, ba’zi paytlarda ikkala chakkam xuddi rezina bilan qattiq bog'lab qo'ygandek siqib og'riydi. Gohida esa ensam shunday og'riydiki, boshimni qimirlata olmayman, chunki qimirlatsam, miyam lo'qillab otilib chiqay deydi». Bemorni tinglayotganda shuni e’tiborga olish kerakki, ularning ko'pchiligi aynan bosh og'rig'idan emas, miyaning ichi og'riyotganidan shikoyat qilishadi. Bosh miyaning organik kasalliklarida bosh og'riq, ko'pincha, aniq joylashgan bo'lib, odatda turg'un boiadi. Psixogen bosh og'riqlarda bemorlar yozdan ko'ra qishni yoqtirishadi, negaki ular issiqni ko'tara olmaydilar. Shuning uchun ham yoz oylarida bosh og'rig'igan shikoyat qilib vrachga murojaat qiluvchi nevrastenik bemorlar soni ko'payadi. Doimiy psixogen bosh og'riqlar umumiy giperesteziyaga ham sabab bo'ladi. Bunday bemorlar yorugMikni, shovqinni va atrofida odamlar ko'p bo'lishini yoqtirishmaydi. Ularning terisi ham juda sezgir bo'ladi. Ba’zan teriga toshmalar toshib, qichishib yuradi. Yoshi kattalarda bosh og’riq diqqat va xotiraning buzilishi bilan kechadi, ular parishonxotir bo'lib qoladi. Parishonxotirlik yoshlarda ham kuzatiladi. Bu bemorlar fikrini bir joyga jamlay olmaydilar. Boshning faqat uy, ishxona yoki kunning aniq belgilangan vaqtida og'rishi aksariyat psixogen bosh og'riqlar uchun juda xosdir. Qabulimizda bo'lgan V. ismli ayol bosh og'rig'ining doimo kech soat oltida boshlanishidan shikoyat qiladi. Yoshi 43 da. Oilali. U psixonevrologik dispanserda psixonevrolog nazoratida davolanib kelgan. Poliklinikada nevropatolog nazoratida «miya ichi gipertenziyasi» bilan davolanib yurgan. Bosh og'rig'i boshlanganiga 3 yil bo'lgan. Bemorning bosh og'rig'i ba’zan kuchayib ketib, faqat baralgin tabletkasini ichgandan so ng qolarkan. Keyinchalik vrach tavsiyasiga muvofiq bemor boshi og'riganda baralginni tomiriga ola boshlaydi. Kechqurun soat oltida bosh og'rig'i baribir boshlanishiga o'rganib qolgan bemor qo'shni hamshirani 175 chaqirib baralginni shpritsga tortib tayyorlab qo‘yadigan bo'ladi. Bu holat, gohida uzilishlar bilan, bir oy davom etadi. Hamshira bu ukolni hadeb olavermaslik kerakligini, buning oqibatida yurakda og'ir asorat qolishi mumkinligini aytadi va yana bir bor vrach bilan maslahatlashish zarurligini tavsiya qiladi. Bemorning shikoyatlarini eshitib, hayot va kasallik anamnezini o'rganib chiqdik. Olingan ma’lumotlardan qisqacha epizodlar keltirib o'tamiz: juda ishonuvchan va sal narsaga ortiqcha ta’sirlanuvchan ayol. O'ta parishonxotir. Oilada tez-tez janjalli voqealar bo'lib turgan, bosh og'rig'i navbatdagi kuchli stressdan so'ng paydo bo'lgan. Ertasi kuni poliklinikaga nevropatolog qabuliga chiqqan. Vrach uni tekshirib «Bosh miya ichki bosimi oshib ketgan, tez davolanmasangiz oqibati yomon bo'ladi», degan. Bemor qo'rqib ketgan, chunki uning akasi 6 oy oldin kuchli stressdan so'ng qon bosimi oshib, ertasi kuni gemorragik insultdan vafot etgan edi. Bemor zarur dori-darmonlarni topib «miya ichi gipertenziyasidan» davolana boshlaydi. Har gal exoensefaloskopiya qildirganida miya ichi bosimi katta, deb xulosa beriladi. Bu xulosaga ishongan bemor boshqa joyda tekshirtirmaydi va poliklinikada davolanib yuradi. Aytib o'tganimizdek, bemorning boshi aniq bir vaqtda, ya’ni kech soat oltida og'riydigan bo'lib qolgan. U depressiyaga tushadi, xulq-atvorida ipoxondrik belgilar paydo bo'ladi. Bemorning nevrologik statusi to'la tekshirilganda miya ichi gipertenziyasi belgilari aniqlanmadi, buni paraklinik tekshirishlar ham tasdiqlamadi. Bemorning anketasidagi nevropatologning yozuvlarida ham miya ichi bosimini ko'rsatuvchi nevrologik simptomlar aniqlanmadi. Anketadagi barcha exoensefaloskopik tekshiruv xulosalarida III qorincha kengligi 7-7,5 mm deb qayd qilingan. Bu esa me’yordan sal farq qiluvchi ko'rsatkichlar bo'lib, kuchli bosh og'riqlarga sabab bo'Ia olmaydi. Demak, bemor yetarli darajada tekshirilmagan yoki haqiqatan ham unda miya ichi gipertenziyasi bo'lmagan. Bemor terapevt ko'rigidan o'tkazilganda, somatik kasalliklar aniqlanmadi. Uning arterial qon bosimi 120/70 mm.sim.ust. Shunday qilib, klinik va paraklinik tekshirishlar xulosalari hamda bemorning psixologik anamnezi undagi bosh og'rig'ining psixogen xususiyatga ega ekanligini ko'rsatdi. Bu xulosaga yanada oydinlik kiritish uchun ikkita kichikroq tajriba o'tkazdik. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling