Tibbiyot psixologiy asi


Download 0.96 Mb.
bet61/158
Sana17.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1096903
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

sharoitda ham о ‘zini yo 'qotmasligi, muvaffaqiyatlardan boshi gangimcisligi, muvaffaqiyatsizlikdan esa tushkunlikka tushmasligi kerak». Vrach doimo ilm olishga intilishi kerak, chunki tibbiyot doimo rivojlanib boruvchi fandir. 0‘qimay bir joyda to'xtab qolgan vrach ko‘lmak suvni eslatadi. Uning yoniga hech qaysi jonzot >aqinlashmaydi, chunki bu suvdan iste’mol qilsa, o‘ladi.
Tib ilmining sultoni bo'lmish Ibn Sino hayotining so'nggi daqiqalarida shunday degan: «Hayotdan ko'z yumayotib shunga amin bo'ldimki, ilm sohasida hali hech narsani egallamagan ekanman». Hozir «Men u kasallikni davolayman, bu kasallikdan xalos qilaman», deguvchi reklamalar ko'payib ketgan. Bilimdon vrach hech qachon reklamaga muhtoj bo'lmagan. Uni bemorlarning o'zi izlab topadi. Vrach uchun reklama bu undan tuzalib ketgan bemordir. Bundan yaxshi reklama yo'q. Vrach hech qachon bemor oldida o'zini maqtamasligi kerak. Bu faqat uning obro'sini tushiradi. Vrachning qo'lidan tuzalib, sog'ayib ketgan bemorlar soni ko'paygan sayin obro'si oshib boraveradi. Ayniqsa, ko'p vrachlarga borib, kasalxonalarda yotib, dardiga shifo topa olmagan bemorni davolagan vrachning obro'siga obro' qo'shiladi.
Tarixchilaming yozishicha, Ibn Sinoning xalq oldida obro'si shu darajada yuqori bo'lganki, bemor oldida paydo bo'lishining o'ziyoq ularga ruh bag'ishlagan. Bunga u, albatta, betinim mehnat, uyqusiz mutolaa qilish va ilm olishga o'chligi sababli erishdi. Ibn Sinoning tarjimai holida shunday so'zlar bor: «Men 15 yoshimdan boshlab Yunoniston, Rim, Misr va hindistonlik mutafakkirlarning asarlarini o'rgana boshladim». U ustozi Abu Abdulloh haqida shunday yozadi: «Ustozim qaysi muammoni ilgari surmasin, men uning mohiyati va sirini ochishga, nozik tomonlarini o'rganishga intildim, nainki ustczning o'zi bu muammolarning mag'zini oxirigacha anglay olmas edi». Haqiqatan ham, yosh olim ustozidan ham o'zib ketdi, tez orada uning nomi tillarda doston bo'ldi. U yana o'zi haqida shunday yozadi: «Men 19 yoshgacha ilm oldim, so'ng esa uni ishlatdim. Bolalik davrida olingan ilm toshga o'yib yozilgan harfga o'xshaydi, keyin olingan ilm muzga o'yilgan harfga o'xshaydi. Vaqt o'tib muz erib, unga bitilgan harflar o'chib ketadi, toshdagi so'zlar esa umrbod qoladi».
Ibn Sino kitobdan olgan bilimlarini bemorlarni ko'rib, boyitib borishning katta foydasi haqida shunday yozadi: «Men tib ilmini o'rgana borib, bir yo'la bemorlarni ham nazorat qilib bordim. Buning natijasida hali kitoblarda bitilmagan davolash usullarini o'ylab topdim va amaliyotda ishlatdim». Ibn Sino 16 yoshga yetmasdan nazariy va amaliy tibbiyotni juda puxta egallagan bo'lib, nafaqat Buxoroda, balki butun Sharqda mashhur bo'ldi. Tarixchilaming yozishicha, Ibn Sinoning kuchli


170


qobiliyat sohibi bo‘lishiningasl sababi o'z ustida tinmay ishlashidir. «Men,



  • deb yozadi Ibn Sino, - tunlari mijja qoqmay faqat ilm olish bilan shug‘ullandim. Dialektika, matematika va fizikani inson aql zakovati yetadigan darajada o‘rganmaguncha tinchimadim. Keyin men Aristotelning «Metafizika» asariga murojaat qildim. Lekin uni ko‘p marotaba o‘qib chiqqan bo‘lsam-da, mag‘zini chaqa olmadim. Buxoro ko‘chalarini kezib yurganimda mening qo‘limga ushbu kitobga Forobiy tomonidan yozilgan izoh tushib qoldi. Men uni bir marta o‘qib chiqqanimdan so‘ng avval yod bo'lib ketgan bo‘lsa-da, menga tushunarsiz bo'lgan «Metafizika» asari mazmuni ayon bo‘!di-qoldi».

Ushbu bobda ham ulug‘ mutafakkirning hayotidan lavhalar keltirishimizning boisi, o‘ta kuchli ilm sohibi bo'lgan bu olimning deontologiya prinsiplariga chuqur amal qilganligini ko'rsatish edi.
Xulosa qilib aytganda, psixogigiyena, psixoprofilaktika va deontologiya prinsiplariga rioya qilish psixoterapevtik muolajalar o'tkazishni osonlashtiradi.
Nazorat uchun savollar

  1. Psixogigiyena nima?

  2. Psixogigiyenaning qanday davrlari mavjud?

  3. Psixogigiyenaning inson salomatligini saqlashdagi ahamiyati qanday?

  4. Psixogigiyena qanday muammolami hal qiladi?

  5. Psixoprofilaktika nima?

  6. Psixoprofilaktika va psixogigiyena orasida qanday bog'liqlik bor?

  7. Birlamchi va ikkilamchi psixoprofilaktika haqida so'zlab bering.

  8. Deontologiya so'zi nimani anglatadi?

  9. Bemorlar antiqa davolanish usullarini izlashining sababi nimada?

  10. Vrach xatosining sabablari haqida so'zlab bering.

  11. Hozirgi davr shifokori qanday bo'lmog'i kerak?


171


  1. BOB PSEVDONEVROLOGIK VA PSIXOSOMATIK SINDROMLAR



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling