Tibbiyot psixologiy asi
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
Birinchisi, bemorning bosh og'rig'i kech soat oltida qanday boshlanishini aniqlash bo'lsa, ikkinchisi baralgin o'rniga boshqa dori tavsiya qilib ko'rish edi. Birinchi tajribamizni peshinda bemorni klinikaga taklif qilishdan boshladik. Buning uchun bemorga «Boshingizni aynan og'riyotgan paytda tekshirib ko'rishimiz kerak», deb tayinladik. Bemor aytgan vaqtimizda yetib keldi. Biz bemor bilan klinikaning bog'ida yurib laborantning «yetib
176 kelishini» kutdik (voqea yoz kunlarining birida bo'layotgan edi). Bemor salkam ikki soat mobaynida boshi qachon og‘riy boshlagani, qanchadan- qancha tekshirishlardan o'tgani, turli xil tashxislar bilan davolanganini, lekin natijasini sezmaganini tinmay gapirar edi. Soat oltidan oshib, yetti bo‘layotgan edi. Bemordan: «Mana, soat ham yettiga yaqinlashib qoldi, soat olti bo'lmasdan keluvdingiz, boshingiz og‘ridimi?» deb so'ralganda, bemor: «Voy, gap bilan bo'lib, boshim og‘riganini ham sezmabman! Yo‘q, yo‘q sezmabman emas, boshim haqiqatan ham og'rigani yo‘q, qanday yaxshi! Nahotki, endi boshim sira ham og'rimasa?!» deb hayratga tushgan edi. «Endi laborant ham kelmadi, ertaga kela qolasiz», deb bemor uyiga jo'natildi. Ikkinchi tajribamizni amalga oshirish uchun bemorga «Baralginni endi novalginga o‘zgartiramiz, bu dori uning sinonimi hisoblanadi, tarkibi xuddi baralginning 0‘zginasi», deb bosh og‘rig‘i xuruji paytida o‘sha dorini tomirdan yuborishni tavsiya qildik. Bemor rozi bo'ldi, lekin ikki kundan so‘ng bizga telefon orqali «Novalginning ta’siri juda past va qisqa ekan, birozdan so‘ng yana boshim og‘riy boshladi», deb aytdi va yangi tavsiya qilingan doridan voz kechdi. U biz bilan bo'lgan suhbatlarning birida «Baralginni yaratganlarga ming rahmat, tomirdan yuborgan zahoti bosh og‘rig‘imni oladi», degandi, ya’ni bemor ushbu doriga psixologik bog'lanib qolgan edi. Bemordan dorini tomir ichiga yuborgandan so'ng bosh og'rig'i qachon to'xtashini so'raganimizda, «Besh daqiqaga yetmasdan», deb javob beruvdi. Aslida baralgin tomirlar spazmini sekin-astalik bilan yo'qotadi va bosh og'rig'ining butunlay pasayishiga 15-20 daqiqa kerak bo'ladi. Biz ushbu bemor misolida bosh og'rig'ining kuchli stressdan so'ng paydo bo'lganini, uning aniq bir soatda kuzatilishi va aniq bir doriga bo'lgan psixologik bog'lanishning guvohi bo'ldik. Bu yerda bosh og'rig'i yatropatiya (vrachning noto'g'ri xulosalari) tusida ham yaqqol namoyon bo'ldi. Bunday bemorlarni davolash ancha murakkab kechadi, ya’ni bosh og'rig'i qayta-qayta paydo bo'laveradi. Bemorni davolash, uning flkrini davolashning boshqa usullariga chalg'itgan holda olib borildi. Unda platseboterapiya, igloterapiya, asabni tinchlantiruvchi va tetiklashtiruvchi dorilar elektroforezi, umumiy massaj muolajalari o'tkazildi. Bu muolajalardan so'ng bemorda bosh og'rig'i xurujlari to'xtadi. Eng asosiysi bemor bosh og'rig'i psixogen xususiyatga ega va uni davolash yo'llari boshqacha ekanligiga to'la ishontirildi. Psixogen bosh og'riqlarning kamayishi yoki yo'qolishiga ijobiy ta’sir ko'rsatuvchi omillar anchadir. Masalan, yashash joyini o'zgartirish, basseynda yoki boshqa suv havzalarida cho'milib turish, sayrga chiqib turish, o'ziga yoqqan kiyim-kechak sotib olish va hokazo. Psixogen bosh og'riqqa chalingan bemorlarning eng ko'p shikoyat- laridan biri uyquning buzilishidir. Bemor uxlagani kirganda miyasiga 177 turli xil fikrlar oqib kelaveradi, bu fikrlardan hech qutula olmaydi, ulardan miyasi «yorilib» ketadigan darajagacha boradi, mabodo uxlagan taqdirda ham tushlar ko‘raverib battar qiynaladi. Aksariyat hollarda psixogen bosh og‘riqlami boshqa etiologiyali bosh og'riqlardan farqlash qiyin bo‘ladi. Subaraxnoidal qon quyilish, seroz meningit, o‘sma kasalliklari, qon-tomir anevrizmalari, miya ichi gipertenziyasi bilan kechuvchi kasalliklar, migren, uch shoxli nerv nevralgiyasi, kraniotservikalgiya kabi kasallik va sindromlar psixogen bosh og‘rig‘iga o'xshab ketadi. Bu kasalliklarning naqadar turli-tumanligi va murakkabligi tibbiy psixologdan nevrologiya fanini mukammal bilish yoki bo'Imasa bemorni, albatta, nevropatolog ko‘rigidan o'tkazish zarurligini talab qiladi. Mashhur nevrolog olim S.N. Davidenkov isterik sindromlarda uchraydigan bosh og'riqlar haqida yozgan risolalaridan birida shunday degan edi: «Isterik bemorlarda ham bosh miyaning og‘ir kasalliklari kuzatilishini aslo unutmaslik kerak. Agar biz bemorni tekshira turib, unda «funksional» yoki «organik» kasallik borligini aniqlashga qiynalsak, agar u keyinchalik xato bo'lib chiqsa ham oson yo'ldan bormasdan, bemorga «organik» tashxisni qo'yganimiz ma’qul. Negaki, «funksional» tashxis qo'yilgan bemorlar, ko'pincha, vrach e’tiboridan chetda qoladi va ular yana o'tkazilishi zarur bo'lgan klinik tekshiruvlardan mahrum bo'ladilar. S.N. Davidenkov Moskva klinikalaridan birida sodir bo'lgan misolni keltirgan. Kechqurun «qabul bo'Iimiga» boshi qattiq og'rib turgan ayolni olib kelishadi. Asab kasalliklari bo'limidan ushbu bemorni tekshirish uchun navbatchi vrachni chaqirishadi. Bu bemor ayol aynan mana shu vrach navbatchiligida bir necha bor tunda qattiq bosh og'rig'idan shikoyat qilib. «Tez yordam» mashinasida shifoxonaga olib kelingan va yordam ko'rsatib, uyiga yuborilgan edi. Bemor isterik bosh og'riq bilan nevropatologda davolanib yurgan. Avvallari uning nevrostatusi tekshirilib, organik belgilar yo'qligiga ishonch hosil qilingach, uyiga jo'natilgan bo'lsa, bu gal bemorda «isteriya» tashxisi borligiga ishonch hosil qilgan vrach uning nevrostatusini tekshirmaydi va og'riq qoldiruvchi hamda tinchlantiruvchi dorilardan muolaja qilib uyiga jo‘natadi. Bemor uyida vafot etadi. Patologoanatomik tekshiruvlar bosh miyaga anevrizmaning yorilishidan qon quyilganini aniqlaydi. Bosh og'riqlar leptomeningitda ham ko'p kuzatiladi. Bu kasallikni atoqli o'zbek nevrologi, akademik N.M.Majidov chuqur o'rgangan. Leptomeningit bosh miyaning yumshoq va o'rgimchakto'risimon pardalarining yallig'lanish kasalligi bo'lib, aniq ifodalangan organik nevrologik simptomlardan iborat (N.M.Majidov, 1972). Leptomeningit ko'p etiologiyali kasallik bo'lib, uning klinikasi turli-tumandir. Shuning uchun ham uni nevrozlar, bosh miya qon- 178 tomir kasalliklari, o'smalar bilan qiyoslashga to'g'ri keladi. Ba’zan (ayniqsa, poliklinikalarda) faqat subyektiv simptomlarga asoslanib, leptomeningit tashxisi qo‘yiladigan holatlar uchrab turadi. Yoki nozologiya aniqlanmasdan «miya ichi gipertenziyasi» deb xulosa beriladi. Buning uchun bemorda o‘tkazilgan gripp yoki bosh miya jarohati, exoensefaloskopiyadagi yengil o'zgarishlar asos qilib olinadi. Lekin bemorlarning nevrologik statusi chuqur tekshirilganda, aniq ifodalangan nevrologik simptomlar aniqlanmaydi, ko‘z tubi va likvordagi o‘zgarishlar qo‘yilgan tashxisga mos kelmaydi. Bu bemorlarda ham borib-borib yatropatiya shakllanadi. N.K.Bogolepov o‘zining «KJinik exoensefalografiya» (1973) nomli asarida «Bemorlarga exoensefalografik tekshiruvlar o‘tkazayotganda nihoyatda ehtiyot boiish kerak, olingan xulosani, albatta, klinik belgilar bilan solishtirib ko'rib ular bir-biriga mos kelgan taqdirdagina «miya ichi gipertenziyasi» to‘g‘risida xulosa qilish kerak», deb yozgan. Mashhur nevrolog olim X.G. Xodos (2000) tashxisni aniqlashda «nevrologik mikrosimptomlarga» hadeb yon bosavermaslik kerakligini, chunki tanadagi barcha tashqi belgilar ham simmetrik boMmasligini aytib o‘tgan edi. Olim ko‘z yorig‘i va qorachig'ining katta-kichikligi, burun atrofidagi burmalar simmetrik bo‘lmasligi, tomoq va pay reflekslarining sog‘lom odamlarda ham har xil bo‘lishini yozib qoldirgan edi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling