Tif-paratif kasalliklari


Download 151.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana09.06.2023
Hajmi151.96 Kb.
#1469724
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-Mavzu

Klinikasi. Ichterlamada yashirin davr 7 kundan 21 kungacha bo‘ladi. O`rta 
xisobda 14 kun. Bu davrda kasallik alomatlari bo‘lmaydi. Bu xastalik o‘ziga xos 
kechganida, alomatlarining asta-sekin paydo bo‘lishi, cho‘zilib avjiga chiqishi va 
yana asta so‘nishi kuzatiladi. Avval kasallikning umumiy alomatlari paydo 
bo‘ladi. Bemor o‘zini noxush sezadi, quvvati kun sayin kamayib boradi, ko‘ngli 
ovqat tusamaydi, ishtaxasi yo‘qola boradi. Ishda tez charchab qoladi. Ko‘proq 
yotgisi keladi. Bu alomatlar ancha sekinlik bilan orta borgani tufayli, bemor 
kasallik boshlangan kunni aniq berishga xam qiynaladi Kasallikning muxim 
alomatlaridan biri - bosh og‘rishi. Bu og‘rik ham kun sayin zo‘raya boradi.
Boshning xamma qismi to`ta sh og‘riydi. Tana xarorati xam asta-sekin ko‘tarila 
boradi. Odatda, kechkurungi harorat ertalabkisidan yuqoriroq, tungisi - 
kechagidan ortiqroq bo‘lib asta ko‘tarila boradi. Har kuni xarorat 0. 2-0. 3 
darajaga orta boradi. Birinchi xafta oxiriga kelib, bu alomatlar avjiga chiqadi.
Ushbu davrda tana xarorati 3940°S gacha yetadi. Intoksikatsiya alomatlari orta 
borgani sari darmonsizlik avjiga chiqadi, bemor yotib qoladi. Ishtaxa butunlay 
yo‘qoladi, ich yurishi qiyinlashib, qabziyat kuzatiladi. Bemorni atrofga hech 
qanday qiziqishi qolmaydi, o‘z dardi bilan "ovora" bo‘lib qoladi. Uyqisi buziladi.
Ayrim bemorlarda kasallik o‘tkir boshlanadi. Bunday xolda yuqoridagi bayon 
etilgan alomatlar 2-3 kun davomida avjiga chiqadi, Ba’zan kasallikning dastlabki 
davrida ich ketishi kuzatiladi. Kasallik o‘gkir boshlanganida qo‘loyoq bo‘gamlari,
bel zirqirab og`rishi ham mumkin. Kasallik avjiga chiqqan davrda tana xarorati 
ba’zan 1-2 hafta 39-40°S da saqlanib turadi. Bunda ertalabki va kechki 
ko‘rsatkichidagi farq 1°S dan ortmaydi (doimiy xarorat). Keyinchalik xarorat asta-
sekin (ba’zan 2-3 kun ichida) pasayib, ma’yoriga yetadi. Shuning uchun kasallik 
tipik kechganida isitma egri chizig‘i trapetsiyani eslatadi yoki to‘lqinli bo‘lishi 
mumkin. Bemorni ko‘zdan kechirganda, kasallik avj olgan davrdagi holati ancha 
xarakterli. Xarorat yuqori bo‘lishiga qaramay, teri oqargan bo‘ladi. Bemorda 
bezovtalanish alomatlari bo‘lmaydi Aksincha, u xomush, parishonxotir bo‘ladi.
Kasa. llik og‘ir kechganida bemor xushsiz xolatda bo‘lishi mumkin. Kasallikning 
7-8 kunidan boshlab qorin terisida pushti rang rozeolalar paydo bo‘ladi. Ular 
kichkina (diametri odatda 0. 5 sm. dan ortmaydi), dumaloq shaklda bo‘ladi.
Rozeolalar soni unchalik ko`p bo‘lmaydi (8-10 ta), atrofidagi teridan keskin ajralib 
turadi, bosib ko‘rilganda yoki terini tarang qilinsa yo‘qoladi. Odatda 4-5 kundan 
so‘ng rozeolalar iz qoldirmay yo‘qoladi. Ba’zan birinchi rozeolalar yo‘qolgach,


yonverida qaytadan toshma paydo bo‘lishi mumkin. Ayrim xollarda rozeola 
ko‘krak, biqin soxalariga xam toshadi. Rozeola toshmalari tif-paratif 
kasalliklariga xos belgi. Bemorning tomir urishi tezlashadi. Ammo, u xarorat 
ko‘tarilishiga mos kelmaydi. Odatda tana harorati 1°S ko‘tarilganida, tomir urishi 
bir daqiqada 10 taga tezlashadi. Ichterlamada esa undan kamroq tezlashadi.
Masalan, boshqa kasalliklarda harorat 40°S bo‘lggnida tomir urishi minutiga 120-
130 marta bo‘ladi. Ichterlamada esa, 100-110 ta bo‘lishi mumkin. Bunday xolat 
tomir urishining xaroratdan orqada qolishi yoki nisbiy bradikardiya deyiladi.
Tomir urish tarangligi xam pasayadi, ba’zan dikrotik (qo‘sh to‘lqinli) puls 
aniqlanadi. Qon bosimi pasayadi. Yurakni eshitib ko‘rganda, tonlari 
to‘mtoqlashadi, ba’zan sistolik shovqin xam ashitiladi. O`pkani eshitib ko‘rganda,
bronxlar yallig‘lanishi yoki o‘chog‘li pnevmoniya alomatlari bo‘lishi mumkin.
Ovqat xazm qilish yo‘llarini tekshirganda kasallikka xos kupgina belgilar 
aniqlanadi. Xastalikning birinchi xaftasi oxiridan boshlab lablar va til quruq 
boladi, kattalashadi va oq rangli karash bilan qoplanadi. Til chekkalarida tish 
izlari tushib qoladi. Ba’zan og‘izdagi mikroblar faolligi oshib, tilning yaqqol 
yallig‘lanish alomatlari ko‘rinadi. Unda til kulrang karash bilan qoplanadi 
Infeksiya jag‘ bezlariga tarqalsa, parotit rivojlanadi. Ayrim xollarda tildan mayda 
qon tomirlari yorilib, til ustida qo‘ng‘ir rangli karash paydo bo‘ladi.
Tomoqni kuzdan kechirganda bodomcha bezlari kattalashganini ko`rish 
mumkin. Ba’zan kasallikning dastlabki kunlarida angina alomatlari bo‘ladi. Uni 
Dyuge anginasi deyiladi. Qorin ko‘p hollarda ko‘pchigan bo‘ladi. Paypaslab 
ko‘rilganda, Qorinda, ayniqsa, o‘ng yonbosh sohasida quldirish va og‘riq 
aniqlanadi. Kasallikning 2-xaftasidan boshlab jigar va taloq kattalashadi. Ich 
kelishi kamayadi, ko‘pincha qabziyat kuzatiladi.
Ko‘p xollarda kasallik boshlanganidan 2-3 hafta o‘tgach, asta-sekik tuzalish 
davri boshlanadi. Haroratning tusha boshlashi bosh og‘rig‘i kamayishi, bemorda 
ishtaha paydo bo‘lishi tuzalishning dastlabki belgilari hisoblanadi. Yana bir 
muxim alomat - siydik ajralishining ko‘paya boshlashi ham tuzalishdan darak 
beradi. 1-2 hafta ichida harorat pasaya borib, me’yorigacha tushadi. Shunga 
monand ravishda bemorning ahvoli ham yaxshilanib boradi. Ishgaxa ochiladi,
uyqu yaxshilanadi, bosh og`rishi butunlay yo‘qoladi. Asta-sekin quvvat paydo 
bo‘ladi. Tildagi karash yo‘qoladi, jigar va taloq kichrayib, o‘z holatiga qaytadi.
Kasallik avjiga chiqqan davrda (2-3 xaftada) og‘ir oqibatlar: ichakdan qon ketishi 
va ichak teshilishi mumkin. Ichakda qon ketishi kamroq, qisqa muddatli yoki 
aksincha, ko‘p va uzoq muddatli bo‘ladi. Birdaniga ko‘p qon ketganida 
bemorning rangi tusatdan keskin okaradi, tomir urnshi g‘oyat tezlashadi. Qon 
bosimi yana xam pasayib kegadi. Tana xarorati kisqa muddatga me’yorigacha 
tushib qolishi mumkin. Qondagi eritrotsitlar va gemoglobinlar miqdori kamayib 
ketadi. Og‘ir xollarda kollaps — o‘tkir yurak-tomir yetishmovchiligi kuzatiladi.


Oradan 2-3 kun o‘ggach, ich qora rangli bo`lib kelishi ichakdan qon ketganini 
bildiradi.
Ichakdan yaraning teshilishi g‘oyat og‘ir asoratlardan xisoblanadi. U ko‘proq 
kasallikkning 3-4 xaftalarida ro‘y beradi. Yara ichakda chuqur joylashgan xollarda 
uning butun devoriga (shilliq qavatidan seroz pardasigacha) tarqalib, ozg`ina 
kuchanish, xatto ichak peristaltikasi ta’sirida teshilib ketishi mumkin. Bu jarayon 
sodir bo‘lganida, ichak ichidagi modda qorin bo‘shlig‘iga tushadi. Aynan o‘sha 
dakiqada bemor kornida qandaydir yengillik seegandek bo‘ladi. Birozdan so‘ng 
qorinning o‘ng yonbosh qismida og‘riq yuzaga keladi. Qorinni paypaslab 
ko‘rganda og‘riq kuchayadi. Ichak tutqichi yallig‘lanishiga xos bo‘lgan Shyotkin-
Blyumberg simptomi paydo bo‘ladi.
Qorin muskullari qisqa muddatga taranglashadi. Keyinchalik qorni ko‘pchiydi.
Tomir urishi tezlashadi, bemor terlaydi. Qonni tekshirib ko‘rilganida leykopeniya 
o‘rniga leykotsitoz paydo bo‘ladi. Ichterlamaning bulardan boshqa asoratlari xam 
uchrab turadi Pnevmoniya, xoletsestig, otit, parotit, pielonefrit, tromboflebitlar 
shular jumlasiga kiradi. Kasallikni antibiotiklar bilan davolash amaliyotga-tadbiq 
etilganidan beri bu asoratlar kam uchramoqda.
Kasallik ko‘p hollarda tuzalish bilan tugaydi. Ba’zan bemorlarda tuzalish davri 
boshlanganida zo‘riqish (uzilish) kuzatiladi. Uning asosiy belgisi — pasaya 
boshlagan isitmaning qayta ko‘tarilishi xisoblanadi. Shuningdek, bemorning 
umumiy axvoli xam og‘irlasha boshlaydi. Intoksikatsiya alomatlari ortadi. Bosh 
og‘rishi kuchayadi. Uyqu buziladi. Yotish rejimiga rioya qilinmaganida, parxez 
buzilganida yoki turli stress omillar ta’sirida ichterlama bilan og‘rigan bemorning 
uzilib qolishi ko‘proq kuzatiladi. Bunda qaytadan ko‘tarilgan isitma 2-3 kundan 
bir necha kungacha saklanib turishi mumkin. Bemor bunday zo‘riqishlarni og`ir 
o‘gkazadi, chunki u dastlabki xastalikdan hali o‘ziga kelib ulgurmagan,
immunitet to‘la tiklanmagan bo‘ladi. Ichterlamaning zo‘rayishi kasallikning og‘ir 
oqibatlar bilan tugallanish extimolini oshiradi. Ba’zan bemor ichterlamadan 
tuzalganidan so‘ng, oradam 1-2 hafta o‘ggach, kasallik qaytalanishi kuzatiladi.
Uni tibbiy iborada retsidiv deb ataladi. Retsidiv ro‘y berishiga, ko‘pincha 
bemorning tezda ishga kirishib ketishi, toliqib qolishi, yetarli ovqatlanmasligi 
sabab bo‘ladi, Yoz kunlari oftobda uzoq yurish xam xastalik qaytalanishiga olib 
kelishi mumkin. Retsidivda kasallik alomatlari qaytadan paydo bo‘ladi va 
avvalgidek, ma’lum qonuniyat bilan kechadi. Odatda, retsidivlar asosiy 
kasallikka nisbatan yengilroq o‘tadi, isitmalash davri qiskaroq bo‘ladi. Retsidivlar 
2-3 marta takrorlanishi xam mumkin. Kasallikning bayon qilingan alomatlar bilan 
kechishi ko‘proq uchrab tursa ham, uning yengil, sezilar-sezilmas alomatlar bilan,
ba’zan "oyoq uchida" yurib o‘tkazadigan xollari xam uchrab turadi. Lekin, og‘ir 
asoratlarni ro‘y berishi kasallikning qanday og‘irlikda kechishi bilan to‘liq bog‘liq 
emas. Jumladan, ba’zan 1-2 kun isitmalab, "tuzalib" ketgan bemorlarda oradan 2-


3 xafta o‘tgach, to‘satdan ichak teshilishi ro‘y bergan xollar xam uchrab turadi.
Ichterlamaning g‘oyat yengil - xarorat biroz ko‘tarilishi, intoksikatsiya deyarli 
ro‘y bermaydigan atipik (ambulator) shakllark yoki 2-3 kunlik isitma, yengal 
intoksikatsiya bilan cheklanib o‘gib ketadigan abortiv turlarini vaqtida aniqlash 
qiyin. Bunday zollarda, ham epidemiologik nuqtai nazardan (kasallikni 
atrofdagilarga tarqatish jihatidan), xam asoratlar quzatilishi mumkinligidan, xavfli 
xisoblanadi,

Download 151.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling