Tif-paratif kasalliklari


Download 151.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana09.06.2023
Hajmi151.96 Kb.
#1469724
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-Mavzu

  
A va V PARATIFLARI
Etiologiyasi. Bu ikkala kasallik mikroblari xujayrasining antigen tuzilishi,
ba’zi fermentativ va biokimyoviy faoliyati bo‘yicha ichterlama mikrobidan farq 
qiladi.
A paratifi qo‘zg‘atuvchisi parativ A mikrobi —Salmonella paratiphi, A, B 
paratafiniki — paratif B (Shotmyo`ller) mikrobi — Salmonella paratiphi V.
Ularning turli sharoitlarda yashash xususiyatlari ichterlama mikroblaridan farq 
qilmaydi.
Epidemiologiyasi. Bemor tanasidan chiqish, tashqi muxitda tarqalish,
soglom odam organizmiga tushish yo‘llari ichtflamadagiga o‘xshash. Tarqatuvchi 
omillar, mavsumiyligi, profilaktikasi bo‘yicha ham bu uchala kasallik birbiridan 
kam farq qiladi. B paratifi ba’zi xollarda ovqatdan zaxarlanish alomatlari (qusish,
ich ketishi va x. k. bilan o‘tadi.
Klinikasi bo‘yicha ham bu xastaliklarni farqlash qiyinroq. Ayniqsa kasallik 
yengil kechgan hollarda bu ancha mushkul ish. Odatda paratiflarda xastalikning 
yashirin davri 3-4 kun qisqaroq. Boshlanishi ichterlamaga nisbatan o`tkirroq: 
tumov yoki o‘tkir gastroznterit ko‘rinishida boshlanadigan hollar ko‘proq uchraydi.
Og‘ir kechadigan turlari ichterlamaga nisbatan kamroq qayd qilinadi. V paratifida 
qorindagi rozeola toshmalar ko‘proq bo‘lishi mumkin. Og‘ir asoratlar paratiflarda 
kamroq uchraydi.
Ba’zi olimlar fikricha A paratifida retsedivlar ko‘proq uchraydi. Paratiflardan 
keyin xam bakteriya tashuvchilik xolati shakllanishi mumkin. Lekin u 
ichterlamaga nisbatan kam uchraydi.
Diagnostikasi xuddi ichterlamadagidek. Qon, najas yoki siydikdan topilgan 
mikrob kulturasining xususiyaggiga qarab, kasallikning xaqiqiy qo‘zg‘otuvchisi 
aniqlanadi. A paratifi mikroblari xususiyati salmonella Yava mikroblaridan kam 
farq qiladi. Ularni farqlash uchun D-tartrat reaksiyasi ko‘yiladi.
A va B paratiflarida qonda leykopeniyaga nisbatan leykotsitoz ko‘proq 
uchraydi. Davolash,  parxez, parvarish qilish tadbirlari ichterlamaga o‘xshash  



Download 151.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling