Tif-paratif kasalliklari


Download 151.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana09.06.2023
Hajmi151.96 Kb.
#1469724
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-Mavzu

Davolash. Ich terlama bilan og‘rigan bemorlarni Davolash jarayoni puxta 
tashkil etilishi lozim. Bemorning to‘la sog‘ayib ketishida faqat doridarmon emas,
shuningdek, parhez va rejimning ahamiyati katta. Bemor yotgan xona ozoda va 
shinam, tez-tez xavosi yangilanib turadigan, 1-2 bemorga mo‘ljallangan bo‘lishi 
lozim. Tana xarorati ko‘tarilgan butun muddat davomida va me’yorigacha 
tushganidan so‘ng bir haftagacha, bemor yotib davolanish rejimiga rioya qiliip,
kerak. Shu muddat tugagach, 2-3 kun bemorga krovatda o‘tirishga ruxsat etiladi.
So‘ngra asta-sekin palatada yura boshlaydi. Ushbu rejimga rioya qilinganida 
bemorning tuzalishi osonlashadn, asoratlar, ayniqsa, ichakdan qon ketishi va 
ichak yarasi teshilib ketishi, kasallikni zo‘rayishi va qaytalanishining oldi olinadi.
Bemor uzoq vaqt yotishga majbur bo‘lganida, uning parvarishiga e’tiborni 
kuchaytirish kerak. Tez-tez turli suyuqliklar (gazi va shirasi yo‘qlari) ichirib 


turiladi. Umumiy qismda bayon qilingan usullarni qo‘llab, yotoq, yaralarning 
oldini olish tadbirlari ko‘riladi. Og‘iz, burun shilliq qavatlari yuvnb turiladi.
Vaqti-vaqti bilan bemorni yonboshiga yotqizib, orqasi asta silab turiladi. Ich 
qabziyati kuzatilganida xar kuni tozalovchi xuqna qilinadi. Qorin dam bo‘lib, yel 
to‘plansa orqa teshikka gazni xaydovchi naycha qo‘yiladi. Xarorat baland bo‘lib,
bosh qattiq og‘riganda, peshonaga dam-badam (har 13-20 daqiqa) muz solingan 
rezina xaltacha qo‘yib turiladi. Bemor badani har kuni iliq suvda xo‘llangan 
sochiq bilan artiladi. Ichterlama bilan og‘rigan bemorlar, antibiotik bilan 
davolangan bo‘lsa, xarorat me’yoriga tushganidan so‘ng 21 kun o‘tgach, o‘zini 
yaxshi his qilsa shifoxonadan chiqib ketishiga ruxsat etiladi, Antibiotik olmasdan 
davolangan bemorlar, umumiy ahvoli yaxshilantanidan so‘ng, normal haroratning 
14-kunidan keyin uyiga ketishlari mumkin. Bemorning xarorati me’yoriga 
tushganidan so‘ng, shifoxonadan chiqib ketishi oldidat, najas va peshobdan 3 
marta (4-5 kun oralatib) sinama olib, Kaufman yoki
Myo`ller muxitiga eqiladi. Diagnostik ekmalardan farqli o‘laroq, bu davrda 
olingan ekmalar nazorat (qontrol) ekmalar deb ataladi. Shuningdek, bemor uyiga 
ketishiga 4-5 kun qolganida bir marta duodenal zond orqali olingan safro ekmasini 
ham tekshirib ko‘riladi. Kasallikdan tezroq tuzalish ma’lum parxezga rioya 
qilishga ham bog‘lik. Bemorga tayin qilinadigan taom oson xazm bo‘ladigan,
vitaminlarga boy, kaloriyali yumshoq holda bo‘lishi kerak. Bir kun davomida 
bemor qabul qiladigan taomning kuchi 2500-3000 kaloriyani tashkil qilishi lozim.
Ovqatga shilliq qavatlarni qitiqlovchi qalampir, piyoz, sarimsoq piyoz kabi 
maxsulotlar qo‘shilmasligi kerak. Ovqatning o‘zi xam issiq yoki sovuq 
bo‘lmasligi, iliq xolda iste’mol qilingani ma’qul. Kuniga 4-5 mahal ovqatlantirish 
maqsadga muvofiqdir. Taom tayyorlash uchun ishlatiladigan maxsulotlar 
maydalanib (ezib, kukun qilib), keyin pishirilishi talab etilada. Go‘sht fakat 
qiyma xolida, dumaloqlab (frikadel’ka), guruch aralashtirib (tefteli) qaynatib yoki 
bug‘latib pishiriladi. Eziltirib pishirilgan shirguruch, manniy bo‘tqasi, qaynatib 
ezilgan kartoshka, ilitilgan tuxum parhezga to‘g‘ri keladi. Qaynatib pishirilgan 
baliq uning tuxumi (ikra) tayinlanishi mumkin. So`tli ovqatlardan shirxo‘rda,
qatiq, suzma (chakka), qaymoq, sariyog‘ bersa bo‘ladi. Yaxna choy, olma,
olxo‘ri, pomidor sharbatlaridan ichib turishi mumkin. Ayniqsa na’matak 
damlamasi juda foydali. Bemor kuniga, umumiy hisoblaganda, 1. 5-2 litr 
suyuqlik ichishi lozim. Kasallik avj olgan davrda bemorga yumshoq non o‘rniga 
suvi qochgan yoki qotirilgan non beriladi. Doridarmon bilan davolash.  
Ichterlamani spetsifik davolash maqsadida antibiotiklardan levomitsetin yoki 
ampitsillin qo‘llanadi. Levomitsetin katta yoshdagilarga 0. 5 g dan kuniga 4,
ba’ean 6 mahal (2-3 g) beriladi. Uni imqoni boricha kasallikning dastlabki 
kunlaridan qo‘llanadi. Ko‘rsatilgan dozada levomitsetin bemorning isitmasi 
ma’yoriga tushguncha va undan so‘ng 3 kun davomida beriladi. Normal 


xaroratning 4-8 kunlari 0. 5 g dan kuniga 3 mahal, 9-12 kunlari — 0. 5 g dan 
kuniga 2 mahal beriladi va to‘xtatiladi. Dori ovqatlanishdan 30 minut oldin 
ichiriladi.
Levomitsetin ichirilganidan so‘ng bemor qayt qilsa yoki ichakda disbakterioz 
alomatlari kuchayib ketsa, dorini in’eksiya yo‘li bilam yuboriladi. Bu maqsadda 
levomitsetin suksinat qo‘llanadi. Uni novokain eritmasida suyo`ltirib, 1 g dan 
kuniga 2-3 marta muskul orasiga yuboriladi.
Ampitsillin bilan davolaganda uni 1 g dan kuniga 4 marta (4 g) ichiriladi yoki 
in’eksiya qilinadi. Davolash kursi 14 kun.
Antibiotiklar bilan davolaganda intoksikatsiya alomatlari ertaroq yo‘qoladi.
Isitma 5-6 kunda tushadi, asoratlar kam uchraydi. Lekin kagallikning zo‘rayishi 
yoki qaytalanishi (retsidiv) va bakteriya tashuvchilik shakllanishn antibiotiklar 
bilan davolashga har doim ham bog‘liq emas. Shuning uchun kasallik tashxisi aniq 
bo‘lsa xam, yengilrok kechgan hollarda aitibiotik qullash shart emas. Ba’zi 
olimlarning fiqricha angibiotik olmasdan, simptomatik davollangan bemorlarda 
kasallikdan so‘ng hosil bo‘ladigan immunitet kuchliroq hisoblanadi.
Organiamning ximoya kuchlarini oshirish va kasallikdan so‘ng yuzaga kelishi 
mumkin bo‘lgan bakteriya tashuvchilik hollarini kamaytirish maqsadida 
antibiotiklarga qo‘shimcha ravishda vaksina ham yuborish mumkin. Bu maqsadda 
ko‘proq divaksina qo‘llaadi. U ichterlama va B paratifi vaksinalari aralashmasidan 
iborat. Vaksina yelka sohasida teri ostiga 0. 1 ml dozada kasallik avj olgai davrida 
yuborish bilan boshlanadi. Kum oralatib uking dozasi 0. 1 ml dan oshirib boriladi.
Jami 6-8 marta yuboriladi. Ich terlamani davolashda vitamin preparatlaridan 
askorbin kislotasi, "V" guruxiga mansub vitaminlar va rutin keng qo‘llanadi.
Intoksikatsiyani kamaytirish maqsadida vena tomiriga tomchilab gemodez,
poliglyukin, glyo`qozaning 5% li eritmasi, Ringer eritmasi (jami kuniga
11. 5 litr) yuboriladi, 10% li albumin, muzlatilgan qon zardobidan kuniga 100 
ml den quyib turish bemor quvvatini tez tiklashga yordam beradi. Yurak va qon 
tomirlari faoliyatini yaxshilash uchun vena tomiriga 20-40% glyo`qoaa eritmasidan 
20 ml (yaxshisi, 5-10 ml 5% li askorbin kislotasi qo‘shib) yuboriladi. Kordiamin,
kofein, sulfokamfokain kabi preparatlar ham shu maqsadda qo‘llanadi.
Uyqusizlikda uxlatuvchi dorilar tavsiya etiladi. Ichakdan qon ketganida bemor 
qimirlamay yotishi kerak. 12-24 soat davomida unga ovqat berilmaydi. Qorin 
ustiga muz solingan xaltacha qo‘iiladi (u og‘ir bo‘lmasligi kerak). Qon ketishini 
tuxtatish maqsadida aminokapron kislogasining 5% li eritmasidan 10 ml vena 
tomiriga yuboriladi. Vikasol (vitamin K) ning 1% eritmasidan 1-2 ml teri ostiga 
yuboriladi. Agar bu muolajalar yaxshi naf bermasa yoki qon ko‘p ketaetgan 
bo‘lsa, gemostatik dozada (100-125) ml qon quyiladi. Imqoni boricha, donorning 
qon guruxi bemorniki bilan bir xil va qon yangi tayyorlangan bo‘lishi zarur.
Oradan 11. 5 kun o‘tgach bemorga oz-ozdan, iliq xolda ovqat yeyishga ruxsat 


etiladi. Suyuqliklar sovuq xrlda ichiriladi. Ichak yarasi teshilgan hollarda faqat 
jarroxlik yo‘li bilan davolanadi.
Kasallik zo‘raygan yoki qaytalagan xollarda davolash muolajalari 
ichterlamaning o‘gkir davrida olib boriladigan davolashdan farq qilmaydi.

Download 151.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling