Tif-paratif kasalliklari


Download 151.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana09.06.2023
Hajmi151.96 Kb.
#1469724
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-Mavzu

Epidemiologiyasi. Ich terlamasi antroponoz kasalliklar guruhiga kiradi.
Shuning uchun infeksiya manbai faqat odam. Bemor yoki bakgeriya tashuvchi 
tanasidan mikrob tashqariga najas va peshob orqali chiqadi. Ba’zi hollarda so‘lak 
bilan xam ajralishi mumkin. Kasallik mikrobi bemor tanasidan yashirin davrming 
oxirlariga chiqa boshlaydi va xasgalikning barcha davrlarida ajralib turadi.
Ayniqsa, kasallikning 2-haftasi (avj olish) davridan boshlab ichterlama mikrobi 
bemor tanasidan juda ko‘p miqdorda ajralib chiqadi. Mikrob tanadan tuzalish 
(reqonvalessensiya) Davrida xam chiqib turadi. Bir gurux bemorlarda kasallikdan 
tuzalgandan so‘ng 3 oygacha mikrob ajralib turadi. Uni o‘tkir bakteriya 
tashuvchilik xolati deb ataladi. Ba’zi xollarda bu muddatdan keyin xam mikrob 
vakti-vaqti bilan bemor tanasidan chiqib turadi. 3 oydan ortiq muddatda 
bakteriyalar chiqishining davom etishi surunkaln bakteriya tashuvchilik 
xisoblanadi. Ba’zi adabiyotlarda keltirilishicha, surunkali bakteriya tashuvchilik 
uzok muddat, xatto umrbod davom etishi mumkin. Bundai bemorlar shaxsiy 
gigienaga e’tibor bermasalar, atrofdagi ko‘plab odamlarning kasallanishiga sabab 
bo‘ladilar. Ayniqsa, surunkali bakteriya tashuvchilar oshpaz, pazanda,
tarbiyachi, vodoprovod inshootlarining xizmatchisi bo‘lsa, ular epidemiologik 
jixatdan g‘oyat xavfli xisoblanadilar.
Bemor yoki bakteriya tashuvchi tanasidan ajralib chiqqan kasallik mikroblari 
tashqi muxitda turli sharoitga duch kelishi mumkin. Odatda, jasallik bevosita 
muloqot yo‘li bilan yoki oziq-ovqat, suv vositasida tarqaladi. Ichterlamaning 
tarqalishiga pashshalar xam sababchi bo‘ladi. Qaysi yo‘l bilan tarqalishidan katiy 
nazar, kasallik mikrobi sog‘lom odam organizmiga faqat og‘iz orqali tushadi.
Bemorning oila a’zolari yoki tibbiyot xodimlariga kasallik asosan bevosita 
muloqot yo‘li bilan yuqadi. Bemorni parvarish qilayotgan odam shaxsiy gigienaga 
e’tibor bermasa, qo‘llari kasallik mikrobi bilan ifloslanadi va Og`iz orqali yuqib 
qoladi. Ifloslangan idish-tovoqlardan ham kasallik oson tarqaladi.
Ichterlamaning tarqalishida suvning axamiyati katta. Bemor yoki bakteriya 
tashuvchi chiqindilari bilan ifloslangan suvni qaynatmay ichish avj olishlar xatto 
epidemiyaga olib keladi. Uning sababi surishtirilganida, suv bilan bog‘likligi 
tezda ayon bo‘ladi. Ba’zi xollarda, epidemiya davrida shubxa qilinayotgan 


manbadan suv namunasi olib, laboratoriyada tekshirilsa, ichterlama mikroblarink 
topish mumkin. Uning xususiyatlari bemorlardan ajratib olingan mikrob 
xususiyatlaridan farq qilmaydi. Axoli ichimlik suv bilan ta’minlanmagan 
xududlarda ichterlama suv orqali tarqalishi bilan bog‘liq avj olishlar ba’zan uchrab 
turadi. Kuduq suvi tarqatuvchi omil bo‘lganida, kasallanish faqat ushbu 
manbadagi suvdan foydalanadigan odamlar orasida kuzatiladi. Kasallikning suv 
orqali tarqalishi faqat xom
suv ichgandagina emas, zararlangan suvda idish-tovoqlarni yuvganda xam 
ro‘y beradi. Ifloslangan suvda cho‘milish tufayli xam kasallik yuqadi.
Oziqovqatlar xam kasallik tarqalishida muxim axamiyatga ega. Oziqovqatlarga 
tushgan kasallik mikrobi ularda yaxshi saqlanibgina qolmay, ko‘payishi xam 
mumkinligini inobatga olsak, yoz kunlarida respublikamiz sharoigida u goyat 
xavflidir. Kasallik ovqat vositasida tarqaganida, odatda yashirin davr qisqa 
bo‘ladi va ko‘pincha xastalik og‘ir kechadi. Kasallik mikrobi bilan zararlangan suv 
yoki ovqat maxsulotlari tarqatuvchi omil bo‘lganida, qisqa muddatda bir necha 
odamning kasallanishi epidemiologik jixatdan xarakterli xisoblanadi. Ichtrelama 
respublikamiz sharoitida yoz oylari, iyun-sentabrda ko‘proq qayd qilinadi. U issiq 
xaroratda mikrobning tashqi muhitda yaxshi saqlanishi, odamning suvga bo‘lgan 
extiyoji ortishi va jazirama issiq ta’sirida organizmning ximoya kuchlari susayishi 
bilan bog‘liq. Keyingi yillarda ichterlama respublikamizda, asosan, onda-sonda 
uchraydigan, bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan sporadik kasallanish xolida 
uchraydi. Aholining ichimlik suv bilan ta’minlanishi yaxshilanib borayotgani 
tufayli ichterlama bilan kasallanish yildan-yilga kamayib bormoqda. Kasallikdan 
so‘ng turg‘un o‘ziga xos immunitet xosil bo‘ladi. Patogenezi.  Og`iz orqali ovqat 
xazm qilish yo‘llariga tushgan mikrob dastlab me’daning kislotali muxitga duch 
keladi. Uni yengib o‘ta olgan taqdirda ingikhka ichak bo‘shlig‘iga tushadi.
Ichterlamada asosiy patologik, o‘zgarishlar aynan ingikhka ichakda shakllanadi.
Ingikhka ichak shilliq qavatida dastlab yallig‘lanish jarayoni boshlanadi.
Ichakdagi peyyor blyashkalari orqali mikrob shu soxaning limfatik tugunlariga 
o‘tadi. Bu tutunlar ichak tutqichi orasida (mezenteral) joylashgan bo‘ladi. Limfa 
tuginlarida mikrob ko‘payadi va qonga tushib, bakteriemiya ro‘y beradi. Ana shu 
daqiqadan kasallikning yashirin davri tugab klinik alomatlari paydo bo‘ladi. Qon 
orqali aylanib yurgan mikrobning bir qismi o‘ladi va endotoksin ajraladi. Qolgan 
qismi turli a’zolarga — jigar, o‘t pufagi, buyrak va boshke a’zolarga o‘rnashib 
oladi.
Bakgeriemiya, kasallik qanday kechishiga qarab, 2-3 xafta davom etishi 
mumkin. O‘t pufagidan mikroblar safro bilan ichakka qaytadan tushadilar va bir 
qismi tashqariga chiqa boshlaydi. Kasallik mikrobi ichak shilliq qavatiga qaytadan 
ta’sir etishi natijasida kuchli allfgik reaksiya rivojlanadi. Reaksiyaning to‘la 
rivojlanishi 4-5 xaftagacha davom etadi. Dastlab, peyer blashkalari yallig‘lanib 


burtib chiqsa, 2-xaftada ularning yuzasi nobud bo‘lgan (nekrotik) to‘qima bilan 
qoplanadi. 3-4 xaftada bu parda yo‘qolib, ostida yara paydo bo‘ladi. 5-xaftada 
yara bitadi. Yara chuqur joylashgan xollarda ichakdan qon ketishi, hatto ichak 
teshilishi kabi og‘ir asoratlar ro‘y berishi mumkin (2rasm).
Ichakda ro‘y beradigan o‘zgarishlar asosan ingikhka ichakning pastki, yo‘g‘on 
ichakka to`ta shadigan joyida rivojlanadi (u un yonbosh soxasiga to‘g‘ri keladi).

Download 151.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling