Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 242.97 Kb.
bet11/17
Sana16.06.2023
Hajmi242.97 Kb.
#1507781
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
BANKLARI KAPITALINING MONANDLIGIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR TO‘G‘RISIDAGI

8-bob. Yakuniy qoidalar
40. Bank moliyaviy yil natijalari bo‘yicha va oraliq dividend to‘lanayotgan davr uchun moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi haqida auditorlik xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda hamda kapitalni oshirishga ajratmalar amalga oshirilgandan so‘ng aksiyadorlariga dividendlar to‘lanadi.
41. Dividendlar ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash rezervlari shakllantirilgandan hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki talablariga muvofiq tuzatishlar amalga oshirilgandan so‘ng to‘lanishi mumkin.
Banklar quyidagi hollarda dividend to‘lash (e’lon qilish) to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega emas:
dividendlar to‘lash paytida bank iqtisodiy nochorlik (bankrotlik) alomatlariga ega bo‘lsa yoki ko‘rsatilgan alomatlar bankda dividendlar to‘lash natijasida paydo bo‘lsa;
bank sof aktivlari qiymati uning ustav va zaxira kapitali summasidan kam bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlarni buzish, shuningdek agar dividendlar to‘lash natijasida iqtisodiy normativlar buzilib, buning oqibatida omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga jiddiy xavf tug‘ilishi mumkin bo‘lsa;
bankka nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining dividendlar to‘lashni to‘xtatish to‘g‘risida talabi mavjud bo‘lsa.
42. Bank Kengashi har yili bankning kredit va investitsiya siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish va tasdiqlash chog‘ida foydadan kapitalni oshirishga yo‘naltiriladigan ajratmalar miqdorini e’tiborga olishi lozim.
43. Kapitali mazkur Nizom talablariga muvofiq bo‘lmagan banklar quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi kapitalga qo‘yiladigan talablarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishlari kerak:
bank kapitalini monandlik darajasigacha ko‘tarish uchun zarur bo‘lgan strategiya va xatti-harakatlar;
rejaning amal qilish davri mobaynida belgilanadigan kapitalning cheklangan miqdorlari;
bankning faoliyatiga belgilangan cheklovlar ta’siri ostida reja bilan qamrab olinadigan davr uchun tadbirlar rejasi;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki talablariga muvofiq boshqa axborot.
44. Chora-tadbirlar rejasi ijro muddatlari ko‘rsatilgan holda, kapitalning monandligiga qo‘yiladigan talablarda nomuvofiqlik yuzaga kelgan va u bankning moliyaviy hisobotida aks ettirilgan paytdan boshlab 30 kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
45. Mazkur Nizom talablari banklar tomonidan buzilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan chora va sanksiyalarni qo‘llashga haqli.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-6, 25.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2693-6/4195-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

Download 242.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling