6-bob. Hosilaviy (derevativ) vositalar
30. Bank tomonidan forvard kelishuvlari, svoplar, opsionlar va shunga o‘xshash hosilaviy shartnomalar amalga oshirilganda, u bitimlar to‘liq nominal qiymatida kredit tavakkalchiligiga uchramaydi. Shartnoma majburiyatlari kontragent tomonidan bajarilmaganligi, bank uchun pul oqimini almashtirishning potensial qiymati tavakkalchilik hisoblanadi.
31. Hosilaviy (derevativ) vositaning balans ekvivalenti hisoblash omilini har bir vositaning nominal qiymatiga ko‘paytirish orqali quyidagi jadvalga asosan aniqlanadi.
Hisoblash omili miqdori vosita tavsifi va barcha vositalar bo‘yicha qolgan qoplash muddatiga bog‘liq, boshlang‘ich qoplash muddati qo‘llaniladigan valyutaviy shartnomalar va oltin bundan mustasno. Yuqoridagi usul bo‘yicha hisoblangan ekvivalentlarga qarzdor turi, kafolat tabiati va ta’minotiga qarab balans vositalari singari tavakkalchilik qo‘llaniladi.
7-bob. Kapitalning monandligining hisoblanishi
32. Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy summasi (TAUS) chegirmalar ajratilgan holda tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi balans va balansdan tashqari aktivlar yig‘indisi sifatida aniqlanadi.
33. 2015-yil 1-sentabridan boshlab tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy miqdori (TAUS) quyidagi tarzda hisoblanadi:
TAUS = Chegirmalar chiqarilgan tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi balans va balansdan tashqari aktivlar summasi + Operatsion tavakkalchiliklar summasi (OT) + Bozor tavakkalchiliklari summasi (BT);
OT = (100 / belgilangan K1 ning eng kichik darajasi) X (Bankning oxirgi uch yildagi yalpi daromadining o‘rtacha summasi X 15 foiz);
Oldingi tahrirga qarang.
Yalpi daromad = (foizli daromadlar — foizli xarajatlar) + (foizsiz daromadlar — foizsiz xarajatlar).
(33-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
Agar yalpi daromad qaysidir yilda nolga teng yoki salbiy ko‘rinishda bo‘lganda, o‘rtacha ko‘rsatkichni hisoblashda u maxrajdan va suratdan chiqarib tashlanishi lozim.
BT = (100 / belgilangan K1 ning eng kichik darajasi) X (Ochiq valyuta pozitsiyalarining jami miqdori X 10 foiz).
Ochiq valyuta pozitsiyalarining umumiy summasini hisoblashda xorijiy valyutalarning umumiy uzun yoki umumiy qisqa ko‘rsatkichlari yig‘indisining mutloq ko‘rsatkichining eng kattasi olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Regulyativ kapitalning tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy summasiga nisbati 13 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Regulyativ kapitalning monandlik koeffitsiyenti K1 quyidagi tarzda hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |