Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Bank aktivlarining bir qismi bo‘yicha tavakkalchilik darajalari


Download 242.97 Kb.
bet12/17
Sana16.06.2023
Hajmi242.97 Kb.
#1507781
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
BANKLARI KAPITALINING MONANDLIGIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR TO‘G‘RISIDAGI

Bank aktivlarining bir qismi bo‘yicha tavakkalchilik darajalari
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tavsifi

Tavakkalchilik darajasi

1.

Bankda va uning filiallarida naqd pul ko‘rinishida saqlanayotgan milliy va chet el valyutasi (jumladan, bank omborlarida yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki omborlarida saqlanayotgan tijorat banklariga tegishli oltin quymalar)

0%

2.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vakillik va zaxira hisobvaraqlaridagi milliy valyutadagi mablag‘lar

0%

3.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy bankiga to‘g‘ridan to‘g‘ri talablar va ular tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar hamda ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari tomonidan chiqarilgan ta’minlangan qarz munosabatlarini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozlar

0%

4.

Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xalqaro investitsiyalarni kafolatlash agentligi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi) hamda Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infrastruktura investitsiya banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Yevropa investitsiya jamg‘armasi, Islom taraqqiyot banki va Yevropa Kengashining taraqqiyot bankiga nisbatan talablar, ularning qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar, shuningdek ular tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlar bilan ta’minlangan yoki kafolatlangan bank aktivlari va balansdan tashqari moddalari. Shu bilan birga, mazkur tashkilotlar tomonidan tavakkalchiliklarni to‘liq qoplash majburiyati bilan ularning mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan bank operatsiyalari qismi. Bunda:
ta’minotga qabul qilingan qimmatli qog‘ozlar bank tasarrufida bo‘lishi va belgilangan tartibga muvofiq unga berilishi lozim;
kafolatlar va tavakkalchiliklarni to‘liq qoplash majburiyati to‘g‘ridan to‘g‘ri va hech qanday shartlarsiz, ya’ni ularni qo‘llashni cheklovchi biron-bir qo‘shimcha shartlarni o‘zida qamrab olmagan bo‘lishi kerak.

0%

5.

Ta’minotiga depozit qabul qilingan hamda ta’minot valyutasi o‘zaro mos bo‘lgan aktivlarning yoki balansdan tashqari moddalarning qismi. Bunda ta’minot uchun qabul qilingan depozit mazkur bankda shakllantirilgan bo‘lishi, shuningdek mijoz shartnoma shartlarini o‘z vaqtida bajarmaganda bank depozitni hech qanday shartlarsiz ishlatishi mumkin ekanligi belgilab qo‘yilishi lozim.

0%

6.

Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) 16-bandida keltirilgan aktivlar

0%

7.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vakillik va zaxira hisobvaraqlaridagi chet el valyutasidagi mablag‘lar

20%

8.

Joriy bozor qiymatida baholangan va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan emissiya qilingan yoki kafolatlangan qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishidagi garov bilan ta’minlangan yoki kafolatlangan aktivlar, ularning qismlari va balansdan tashqari majburiyatlar. Bunda:
ta’minotga qabul qilingan qimmatli qog‘ozlar bank tasarrufida bo‘lishi va belgilangan tartibga muvofiq unga berilishi lozim;
kafolatlar va tavakkalchiliklarni to‘liq qoplash majburiyati to‘g‘ridan to‘g‘ri va hech qanday shartlarsiz, ya’ni ularni qo‘llashni cheklovchi biron-bir qo‘shimcha shartlarni o‘zida qamrab olmagan bo‘lishi kerak.

20%

9.

O‘tkazish jarayonidagi pul hujjatlari (jumladan, yo‘ldagi naqd pullar)

20%

10.

Ta’minotiga depozit qabul qilingan hamda ta’minot valyutasi o‘zaro mos bo‘lmagan aktivlarning yoki balansdan tashqari moddalarning qismi. Bunda ta’minot uchun qabul qilingan depozit mazkur bankda shakllantirilgan bo‘lishi, shuningdek mijoz shartnoma shartlarini o‘z vaqtida bajarmaganda bank depozitni hech qanday shartlarsiz ishlatishi mumkin ekanligi belgilab qo‘yilishi lozim.

20%

11.

Bankning asosiy vositalari va boshqa xususiy mulklari

100%

12.

Dastlabki garov huquqi bankka tegishli bo‘lmagan kreditlar

100%

13.

Milliy valyutaga denominatsiya qilinmagan va milliy valyutada moliyalashtirish summasidan oshib ketgan aktivlar

100%

14.

Qarzini to‘liq yoki qisman undirish uchun bank balansiga olingan ko‘chmas mulk

150%

15.

Ikki yildan ko‘p bo‘lgan muddatda foydalanilmayotgan bankning ko‘chmas mulklari

150%

16.

Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan aktivlar

150%

17.

Boshqa barcha aktivlar, bundan Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) 2 — 6 ilovalarida ko‘rsatilgan aktivlar mustasno

100%

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2693-8, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2693-8/1151-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

Download 242.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling