Tijorat banklarini qimmatli qogozlar bilan amalga oshiriladigan emission operatsiyalari


-rasm. 2016-yil davomida savdo aylanmasida iqtisodiyot tarmoqlari ulushi


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/25
Sana18.06.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1568985
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
tijorat banklarini qimmatli qogozlar bilan amalga oshiriladigan

5-rasm. 2016-yil davomida savdo aylanmasida iqtisodiyot tarmoqlari ulushi
10
 
2016-yilda birja savdo aylanmasida 28,8 foizi tijorat banklarining qimmatli 
qog’ozlari bilan amalga oshirilgan bitimlardan iborat bo'ldi. Agrosanoat majmuasi 
ulushi esa 17.4 foizini tashkil etdi. Qurilish tarmog’ining ulushi eng past 
ko’rsatkichni tashkil etdi. 
Bundan tashqari, fond birjasining o'tgan ikki oylik umumiy savdo aylanmasi 
tarkibi investorlar toifasiga ko'ra tahlil qilinganda, tuzilgan bitimlar umumiy 
hajmining 73,0 foizi yoki 11,1 mlrd. so'mlik qismini yuridik shaxslarning 
investitsiyalari tashkil etganligini ko'rishimiz mumkin. 
Tahlillarga ko'ra investor sifatida jismoniy shaxslar eng ko'p tijorat banklari 
(88,6 foiz) va sug’urta kompaniyalari (2,2 foiz) aksiyalariga yuqori qiziqish 
bildirishgan. 
Investor 
sifatida 
yuridik 
shaxslar 
tomonidan 
kiritilgan 
investitsiyalarning asosiy qismi esa agrosanoat majmuasi (23,8 foiz) va moliyaviy 
tarmoqqa (17,5 foiz) mansub jamiyatlarning qimmatli qog’ozlariga to'g’ri keladi. 
«Toshkent» Respublikasi fond birjasi savdo aylanmasining umumiy hajmi
2016 yilda birja faoliyati tarixidagi eng yuqori ko'rsatkichni - 299,8 mlrd. so'mni 
10

www.uzse.uz


 ma’lumotlari 2017 y.


33 
tashkil qildi va 2015 yil savdo aylanmasiga (161,0 mlrd. so'm) nisbatan 1,9 
martaga oshdi.
Mazkur davrda fond birjasida qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshirilgan 
bitimlar soni 3080 tani tashkil etgan holda 2015-yilga nisbatan 1,1 marta yuqori 
natija qayd etildi. Yil boshidan buyon birja savdolari orqali 141 ta aksiyadorlik 
jamiyatining 689,1 mln. dona qimmatli qog’ozlari bilan birja bitimlari amalga 
oshirildi. 
6-rasm. 2012-2016-yillar davomida birja savdo aylanmasi dinamikasi 

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling