Tijorat banklarining kredit operatsiyalari Tijorat banklarining depozit operatsiyalari
Download 46.74 Kb.
|
yakuniy 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikrokredit tashkilotining tijorat bankidan farqi nima
- .Lombardlar faoliyati
45 Mikrokredit tashkiloti bank va boshqa muassasalar bilan bir qatorda kredit tashkiloti hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan lisenziya asosida faoliyat yuritadi.Mikrokredit tashkiloti ko‘rsatadigan xizmatlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish;
mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida mikrolizing (moliyaviy ijara)ni taqdim etish; iste'mol kreditlarini taqdim etish; qarz majburiyatlarini sotish va sotib olish (faktoring).Mikrokredit tashkilotining tijorat bankidan farqi nima?Mikrokredit tashkilotining tijorat bankidan asosiy farqi shundaki, u kredit mahsulotlarini faqat qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda taqdim etish huquqiga ega. Mikrokredit tashkiloti quyidagilarga haqli emas: qarz majburiyatlarini chiqarish hamda yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlarni (depozitlarni) qabul qilish; jismoniy shaxslardan qarz mablag‘larini jalb qilish. Ta'sischilar (ishtirokchilar, mulkdorlar) bundan mustasno; mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish shartnomalari bo‘yicha yillik qarz miqdorining yarmidan ko‘pini tashkil etadigan summada foizlar hisoblash, komission to‘lovlar va neustoyka (jarima, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qo‘llash; o‘z muassislarining (ishtirokchilarining, mulkdorlarining) majburiyatlari bo‘yicha kafil bo‘lishiga yoki kafolat beruvchi bo‘lishga, shuningdek ularga o‘z majburiyatlari bajarilishini ta'minlashning boshqa usullarini taqdim etishga haqli emas. 46.Lombardlar faoliyati Agar biron-bir sabablarga ko‘ra sizga zudlik bilan pul kerak bo‘lganda hamda biror kimdan qarz olish yoki bir necha soat ichida kredit olish imkoni bo‘lmasa, Siz, lombardda uch oydan oshmaydigan kreditni qimmatbaho ko‘char mol-mulkingiz garovi evaziga olishingiz mumkin.Lombard xizmatlarining qulayligi shundaki, kreditni olish uchun uzoq vaqt sarflanmaydi va ko‘p xujjatlar talab qilinmaydi. Lombardlar – ixtisoslashgan tijorat tashkiloti bo‘lib, asosiy faoliyati fuqarolarning harakatdagi mulklari garovi ostida, qisqa muddatli kreditlar berish va buyumlarni saqlash bilan shug‘ullanadi. Lombardlarning ixtisoslashganlik darajasiga qarab buyumlar, oltin buyumlar va avtoulovlar garov sifatida qabul qilinadi. Buyumlar tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida baholanadi. Lombard va kredit oluvchi shaxs o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida kredit beriladi. Dastlabki lombardlar XV asrlarda Frantsiyaning Lombard shahridasavdogarlar tomonidan tashkil etilgan. Hozirgi kunda amaliyotda qo‘llanilib kelinayotgan “lombard” termeni shu tariqa paydo bo‘lgan. Lombardlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ushbu muassasalar mijozning ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan summani juda tez fursatda berish imkoniyatiga egaligidir. Bunda lombard va qarz oluvchi o‘rtasida, ko‘pchilik hollarda qimmatbaho buyumlar garov sifatida foydalaniladi. Lombard tashkiloti berilgan kredit uchun undirilishi lozim bo‘lgan foiz to‘lovini, ko‘pchilik hollarda, oldindan kredit summasidan chegirib qoladi. Download 46.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling