Tijorat banklarining kredit operatsiyalari Tijorat banklarining depozit operatsiyalari


Bank inqirozini yuzaga keltiruvchi omillar


Download 46.74 Kb.
bet4/8
Sana04.01.2023
Hajmi46.74 Kb.
#1077987
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yakuniy 2022

Bank inqirozini yuzaga keltiruvchi omillar

• Bank inqirozlarining kelib chiqish sabablari bir qator olimlar tomonidan uzoq yillar mobaynida turilicha muhokama qilinib kelingan. Bu xususida ilk qarashlar asosan omonatchilar, bank mijojozlari va aksiyadorlari tomonidan vahima (panika) qilish natijasida pul mab¬lag‘lari (omonatlari)ni banklardan yoppasiga olish orqali banklarning likvidlilik darajasiga asossiz ravishda ta’sir etishi bilan bog‘liqdir. Bank inqirozlari xususidagi keyingi qarashlar banklarning to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmaslik holatini keltirib chiqaruvchi balans aktiv qismidagi yo‘qotishlarga asoslanadi. Banklar aktivlari sifatida uzoq muddat davomida yo‘qotishlarning mavjud bo‘lishi, odatda noho‘sh makroiqtisodiy jarayonlar, bozor tangligi, hukumat siyosati (yoki aralashuvi) va firibgarliklar bilan bog‘liqdir. Shuningdek, mazkur qarashlarning aksariyati iqtisodiyot tamoyillaridagi o‘zgarishlar hamda biznes sikllarining tabiiy mahsuli ekanligiga asoslanadi. Amerikalik iqtisodchi olimlar Karmen M. Reynxart va Kennet S. Rogoff bank inqirozlari kelib chiqishining ilk sabablari sifatida kredit inqirozlari va aktivlar narxi bilan bog‘liq pufak (ko‘pik)larning vujudga kelishini ko‘rsatib o‘tadilar. Bu kabi makroiqtisodiy tang-likni iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlarda kuzatish mumkin. Iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar boshqa mamlakatlardan qisqa muddatli xorijiy valyutadagi qarzlarni jalb qilish orqali valyuta kursining qadrsizlanishi, xalqaro bozorda foiz stavkalarining oshishi va xalqaro savdo shartlarining o‘zgarishi natijasida yuqori kredit riskini vujudga keltiradi. Bank inqirozlari kelib chiqish sabablarini bir qancha omillar


  • Haddan ortiq kredit ekspansiyasi. Mazkur omil natijasida kredit portfeli sifati yomonlashadi, kreditlar ta’minoti bo‘yicha ortiqcha qiymat yuzaga keladi va kredit riski ortadi. Kredit portfeli tarkibida kreditlar miqdorining ortishi natijasida ularning monitoringini yuritish bilan bog‘liq qiyinchiliklar yuzaga keladi. Bunga misol sifatida, Yaponiya, 80-yillardagi Lotin Amerika va 90-yillardagi Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuzaga kelgan bank inqirozlarini keltirishimiz mumkin.

  • Inflyatsiya. Inflyatsiya foiz stavkalari orqali bank tizimiga bir qator yo‘nalishlar doirasida ta’sir etishi mumkin. Bularga milliy kapitalning chetga oqib ketishi, jamg‘arishga bo‘lgan moyillikning pasayishi, aktiv va passiv operatsiyalar tuzilishidagi o‘zgarishlarni keltirish mumkin.


  • Download 46.74 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling