Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalari


Download 42.5 Kb.
bet4/5
Sana18.10.2023
Hajmi42.5 Kb.
#1708353
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-Mavzu B H T VA A

Konsalting (maslahat) operatsiyalari. Tijorat banklari o‘zining mijozlariga va boshqa fond bozorining ishtirokchilariga, aholiga qimmatli qog‘ozlar chiqarish, ularning muomalada bo‘lishi, fond portfelini shakllantirish va boshqalar yuzasidan shartnoma asosida faoliyat ko‘rsatadi. Maslahat xizmat turlariga:

  • qimmatli qog‘ozlar bozorini tadqiq qilish va istiqbolini bel-gilash;

  • huquqiy maslahatlar berish;

  • kasbiy o‘qitish va o‘rganish;

  • qimmatli qog‘ozlarni baholash;

  • axborot xizmatlari ko‘rsatish kabilarni kiritish mumkin.

Trast operatsiyalari. Trast – ingliz tilida „ishonch“ degan ma’noni bildiradi. Bank jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag‘larini ma’lum bir muddatga jalb qilib, shu muddat ichida olingan mablag‘ni yuqori foyda olib keladigan operatsiyalarga joylashtiradi. Trast operatsiyalari bank ishida va banklarning sanoat va iqtisodiyotning boshqa sohalari bilan aloqalarida katta rol o‘ynaydi.
Banklarda trast operatsiyalarining paydo bo‘lish tarixi yana bir bor tijorat banklariga bo‘lgan ishonchning katta ekanligidan dalolat beradi. Sababi shundaki, juda badavlat insonlar tomonidan hali balog‘at yoshiga yetmagan farzandlari nomiga qoldirilayotgan boyliklarni ularning vafotidan so‘ng boshqarish muammosining yuzaga kelishi banklarda trast operatsiyalarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Banklar ushbu mablag‘larni fazandlar balog‘at yoshiga yetgunga qadar, ishonchli tarzda boshqaradilar.
Trast operatsiyalari asta-sekin banklarning korporativ mijozlari bilan bo‘ladigan munosabatariga ko‘chdi. Mijoznnig qimmatli qog‘ozlari portfelini yoki ushbu portfelning bir qismini hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan pul mablag‘larini boshqarish tijorat banklarining trast operatsiyalarini tashkil qiladi.
Tijorat banklari trast operatsiyalarini amalga oshirish tufayli birinchidan, qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish, birjadagi operatsiyalarda foydalanish mumkin bo‘lgan uzoq muddatli moliyaviy resurslardan bahramand bo‘la oladi. Ikkinchidan, trast operatsiyalariga bog‘liq bitimlarni banklar o‘z mijozlarining shartnomalari asosida amalga oshiradi, shuning uchun bitimlar qonunlar bilan cheklanmaydi. Uchinchidan, bank qimmatli qog‘ozlarni boshqarishdan komission mablag‘lar olib, o‘zi boshqarayotgan qimmatli qog‘ozlardan tushayotgan foydadan o‘z ulushini oladi. To‘rtinchidan, bank o‘z sarmoyalari bilan emas, balki o‘zgalar sarmoyalari bilan operatsiyalar o‘tkazadi va faqat trast shartnomasi doirasidagina javobgar bo‘ladi, asosiy tavakkalchilik esa qimmatli qog‘ozlar egasining zimmasida bo‘ladi.
Tijorat banklari xilma-xil trast operatsiyalarini bajarishi mumkin: jumladan, mijozlarning pul mablag‘larini boshqarish, mijozlarning fond portfellarini shakllantirish va qimmatli qog‘ozlar pak etlarini boshqarish, meroslar va xususiy trastlarni tasarruf etish, agentlik vazifalarini bajarish, obligatsiyalar chiqarish va to‘lov muddati kelganda obligatsiyalarni to‘lash fondlarini boshqarish; dividendlarni to‘lashga, qimmatli qog‘ozlarni saqlashga, ularning harakatini hisobga olishga, ularni boshqa qimmatli qog‘ozlarga almashtirib olishga oid, agentlik vazifalarini amalga oshirish; qimmatli qog‘ozlarga va qimmatli qog‘ozlar operatsiyalariga oid tavakkalchilikni sug‘urtalashda vositachilik qilish, qimmatli qog‘ozlar operatsiyasi yuzasidan buxgalterlik hisobi yuritish va hisobotlar tuzish, qimmatli qog‘ozlar emitenti uchun transfert bo‘yicha agent (qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatga oluvchi) vazifasini bajarish va boshqalar.
Tijorat banklari asosan qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni Respublika Fond bozorida yuqorida aytib o‘tilgan qonunlardan tashqari „Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida“gi Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlari asosida olib boradilar.
Qimmatli qog‘ozlar bilan aktiv operatsiyalar deganda bank o‘z yoki jalb qilingan boshqa mablag‘larni, har xil qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘yilmalarni, mablag‘larni bankdan chiqib ketishi va uning evaziga bankka bu mablag‘lar qimmatli qog‘ozlar sifatida qaytib kelishi tushuniladi.
Banklarning aktiv operatsiyalariga quyidagilar kiradi:

  1. aksiyalarga va korporativ qimmatli qog‘ozlarga investi tsiya qilish;

  2. davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) bilan operatsiyalarni bajarish;

  3. qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun kredit berish va hokazolar.

Aksiyalarga va qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish har xil aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini va boshqa qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olish operatsiyalari hisoblanadi.
Ushbu operatsiyadan maqsad:

  • birinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotib olib, ulardan keladigan dividend orqali bankka daromad keltirish;

  • ikkinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini arzon-roq narx bo‘yicha sotib olib, qimmatroq narxda sotish (spekulativ operatsiyalar);

  • uchinchidan, aksiyadorlik jamiyatlari nazorat paketini sotib olib, ushbu aksiyadorlik jamiyati faoliyatini boshqarishda qatnashish, uning moliyaviy ahvolini yanada tiklab, maksimal jihatda foyda olish.

Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan passiv operatsiyalari deganda bank qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarishi va ularni sotishi bilan bog‘liq operatsiyalar, buning evaziga bankka pul mablag‘lari jalb qilinishi tushuniladi.
Banklarning passiv operatsiyalariga quyidagilar kiradi:

  1. Aksiyalarni emissiya qilish.

  2. Depozit va jamg‘arma sertifi katlarini chiqarish.

  3. Veksellarni joylashtirish.

  4. Obligatsiyalarni chiqarish.

  5. „Trast“ operatsiyalarini bajarish va hokazolar.

Depozit va jamg‘arma sertifi katlarini sotishdan tushgan arzon pul mablag‘ini bankdagi boshqa har xil yo‘nalishlarga joylashtiriladi va naqd pul tushumi ko‘payadi, buning hisobiga emissiya miqdori kamayadi. Bank o‘z operatsiyalarini aylangan muddatga o‘rnatilgan qo‘shimcha foiz to‘lash yo‘li bilan va obligatsiyalarini diskont yo‘li bilan, ya’ni nominal miqdoridan past miqdorda sotish yo‘li bilan amalga oshiradi.
Misol. Paxtabank aksiyalarining uchinchi chiqarilishini yakunlab, 1,5 mlrd so‘mlik ustav kapitalini tashkil etdi, hozirgi kunda qo‘shimcha 1,0 mldr so‘mga aksiyalarning to‘rtinchi chiqaril uvini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Ushbu chiqaruvda bank faqat oddiy nomli naqdsiz shaklda aksiyalarini muomalaga chiqarmoqda.
Banklar veksellar bilan quyidagi operatsiyalarni amalga oshiradi:

  1. veksellarni hisobga olish;

  2. veksellar bilan ta’minlangan maxsus ssuda hisobvarag‘idan talab qilib olinadigan ssudalar berish;

  3. to‘lovlarni olish va veksellar bo‘yicha to‘lovni muddatida amalga oshirish uchun veksellarni inkassaga qabul qilish;

  4. mijozlarning topshirig‘i bilan veksellarga to‘lov va boshqalar.




Download 42.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling