Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari Forvard valyuta shartnomasi Valyuta kursining mohiyati va uning turlari
Download 47.93 Kb.
|
Forvard valyuta operatsiyalari
Forvard valyuta shartnomasi – bu kelajakdagi belgilangan muddatda aniq xorijiy valyuta summasini sotish yoki sotib olish bo‘yicha banklararo bitimni bajarish majburiyatidir. Bunda valyuta, summa, almashuv kursi va to‘lov muddati bitim tuzilgan paytda belgilanadi. Forvard bitim muddati 3 kundan 5 yilgacha bo‘lishi mumkin, ammo uning 1, 3, 6 va 12 oylik muddatlari, odatda ko‘p uchraydi.
Forvard shartnomasi bank shartnomasi hisoblanadi, shuning uchun u standartlashtirilmagan va biror aniq operatsiya ostida ham qo‘llanilishi mumkin. Forvard bitimlari bozori (6 oygacha bo‘lgan muddat uchun) asosiy valyutalarda yetarli darajada barqaror, 6 oydan ko‘proq muddatga esa nobarqaror, bunda ayrim operatsiyalar almashinuv kurslarining kuchli tebranishiga olib kelishi mumkin. Biz oldingi paragraflarda ta’kidlaganimizdek, forvard operatsiyasi “svop” operatsiyasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Agar forvard bitimining o‘zigina qo‘llansa (ya’ni bir vaqtning o‘zida “spot” operatsiyasini amalga oshirish bilan emas), u holda bu operatsiya autrayt (outright) deb nomlanadi. Forvard kursi va “spot” kursi o‘zaro yaqin bog‘langan. Nazariy nuqtayi nazardan valyutaning forvard bahosi (FR) spot bahosi (SR) bilan teng bo‘lishi mumkin. Ammo amaliyotda bunday holat juda kam uchraydi. Agar forvard kurs spot-kursdan yuqori bo‘lsa (FR>SR), u holda valyuta “mukofot” bilan kotirovka qilinadi; agar forvard kursi spot kursidan past bo‘lsa, u holda valyuta “diskont” bilan kotirovka qilinadi. Valyuta bo‘yicha forvard diskonti yoki mukofoti qiymati quyidagi formula orqali aniqlanadi: bu yerda FD (Pm; Dis) – forvard differensiali (mukofot yoki diskont). FR – forvard kursi; SR – spot-kurs; t – forvard shartnomasi amal qilish muddati (kunlarda). Forvard bitimidan olingan daromadlar bilan boshqa pul bozoridan olingan daromadni taqqoslab borish uchun valyuta bo‘yicha mukofot va diskontlar yillik bazisga kiritib boriladi. Har kuni The Wall Street Journal va Financial Times kabi xalqaro moliyaviy nashriyotlar 30, 90 va 180 kun uchun joriy “spot” kurs (spot rate)larni va forvard kurs (forward rate)larni chop etib boradi. Bundan tashqari “Reuters” agentligi ham yuqorida aytib o‘tilgan axborotlarni berib boradi. Forvard bozorida banklar tomonidan, shuningdek, valyutaning sotish va sotib olish kurslari kotirovka qilinadi va mos ravishda kross-kurs hisoblanadi. Bunda valyuta sotib olish va sotish kursi orasidagi marja (AFR-BFR) forvard operatsiyasidagi nisbatan kattaroq va yillik 0,125–0,25% ni tashkil qiladi, “spot” kursi bo‘yicha esa u bor-yo‘g‘i yillik 0,08–0,1% ni tashkil qiladi. Forvard kursi, asosan 2 usul bilan kotirovka qilinadi: “autrayt” usuli va “svop-stavka” usuli. Download 47.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling