Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari Forvard valyuta shartnomasi Valyuta kursining mohiyati va uning turlari


Download 47.93 Kb.
bet8/13
Sana05.05.2023
Hajmi47.93 Kb.
#1429638
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Forvard valyuta operatsiyalari

Qayd etilgan valyuta kursi – bu xorijiy valyutada ifodalangan milliy pul birligining davlat tomonidan rasmiy o‘rnatilgan bahosi bo‘lib, unga valyuta bozorlaridagi talab va taklifning o‘zgarishi ta’sir qilmaydi. Hozirgi vaqtda qayd etilgan valyuta kursi kam rivojlangan mamlakatlarda yoki iqtisodiy jihatdan tashqi bozorga yetarli darajada kirib bormagan mamlakatlarda‚ ularning moliya tizimini va milliy ishlab chiqarishini kuchli xorijiy raqobatchilaridan himoya qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘llaniladi.
Real kurs = nominal kurs – o‘z mamlakatida ishlab chiqarilgan tovarlar bahosi, xorijiy tovarlar bahosi. Bu tenglikni umumiy ko‘rinishda shunday yozish mumkin. Real valyuta kursining nominal valyuta kursi baholar darajasi nisbatlari past valyuta kursida milliy tovarlar nisbatan arzonroq, xorijiy tovarlar esa nisbatan qimmatroq turishini ko‘rsatadi. Shuning uchun eksport o‘sib boradi, import esa qisqarib boradi. Va, aksincha, yuqori real valyuta kursida milliy tovarlar nisbatan qimmatroq, xorijiy tovarlar esa nisbatan arzonroq turadi. Natijada import o‘sib, eksport qisqarib boradi.

3.Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar


Har qanday baho kabi valyuta kursi valyutaga talab va taklif ta’sirida asosiy qiymatidan (ya’ni valyutaning xarid qilish qobiliyatidan) nari-beri siljiydi. Bunday talab va taklifning o‘zaro mosligi bir qator omillarga bog‘liq. Valyuta kursining ko‘p omilliligi uning boshqa iqtisodiy kategoriyalar, jumladan, qiymat, narx, pul, foiz, to‘lov balansi va boshqalar bilan bog‘liqligini aks ettiradi. Bu omillar ichida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:



  1. Inflyatsiya sur’atlari. Valyutalarning xarid qobiliyati bo‘yicha ularning o‘zaro nisbati o‘zida qiymat qonunini aks ettirib, valyuta kursini aniqlash vositasidir. Shu sababli valyuta kursiga inflyatsiya sur’atlari ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatda inflyatsiya darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, milliy valyuta kursi shunchalik past bo‘ladi (agar boshqa omillar qarshi ta’sir ko‘rsatmasa).

Inflyatsiya oqibatida pul qadrsizlanishi mamlakatda pulning xarid qobiliyatining pasayishiga va inflyatsiya su’ratlari nisbatan past mamlakatlarning valyutalari kursidan tushib ketishiga sabab bo‘ladi. Bunday moyillik, odatda, o‘rta va uzoq muddatli rejada kuzatiladi. Valyuta kursining tenglashtirilishi, uni sotib olish qobiliyatining paritetiga moslashtirish o‘rtacha ikki yil davomida amalga oshiriladi. Bu shu bilan izohlanadiki, valyuta kursining kundalik kotirovkasi faqatgina uni sotib olish qobiliyatiga asosan amalga oshirilmay, unga, shuningdek, boshqa omillar ham ta’sir etadi. XX asrning 80-yillarida ko‘pincha valyuta kursining paritetidan 30 % dan ortiq miqdorda siljishi yuz berib turgan. Lekin spekulyativ va konyukturaviy omillar ta’siridan ozod bo‘lgan valyuta kurslarining o‘zaro nisbati qiymat qonuniga muvofiq tarzda pul birliklarining xarid qobiliyati o‘zgarishi bilan o‘zgaradi.
Valyuta kursining inflyatsiya sur’atlariga bog‘liqligi, ayniqsa, tovar-xizmatlar va kapitallarni xalqaro ayirboshlash hajmi katta bo‘lgan mamlakatlarda kuchliroqdir. Sababi shundaki, valyuta dinamikasi va inflyatsiya sur’ati o‘rtasidagi kuchli bog‘liqlik, valyuta kursini eksport baholarda hisob-kitob qilishda yuzaga keladi. Jahon bozori narxlari internatsional qiymatning puldagi ifodasini aks ettiradi. Import narxlariga kelsak, tegishli valyuta paritetida hisob-kitob qilish unchalik qulay kelmaydi, chunki uning o‘zi valyuta kursi dinamikasiga bog‘liq. Sanoati rivojlangan mamlakatlar bunday hisob-kitob uchun ulgurji baholar indeksidan foydalangani ma’qul bo‘ladi. Chunki bu mamlakatlarda ulgurji ichki savdo va eksport ma’lum darajada mos keladi. Boshqa mamlakatlarda ushbu indeksga ko‘pgina eksport qilinadigan tovarlar kirmaydi. Chakana narxlar asosidagi bunday hisob-kitob noto‘g‘ri talqin qilinishi mumkin, chunki u jahon savdo obyekti bo‘lmagan bir qator xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Oxirgi navbatda jahon bozorida real xarid qobiliyatiga mos ravishda stixiyali tarzda milliy valyuta kurslarining tenglashishi yuz bermoqda. Real valyuta kursi ikki mamlakat narxlari darajasi nisbatiga ko‘paytirilgan nominal kurs sifatida aniqlanadi.


  1. Download 47.93 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling