Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari Forvard valyuta shartnomasi Valyuta kursining mohiyati va uning turlari


Ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani sotish va sotib olish tartibi


Download 47.93 Kb.
bet10/13
Sana05.05.2023
Hajmi47.93 Kb.
#1429638
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Forvard valyuta operatsiyalari



4.Ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani sotish
va sotib olish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish” qoidasida ochiq valyuta pozitsiyasi uchun quyidagi limitlar o‘rnatilgan:



  • ixtiyoriy valyutada ochiq valyuta pozitsiyasi limiti har bir operatsion kun oxirida valyutali banklarda o‘z mablag‘ining 50 % idan oshmasligi va bankning umumiy ochiq valyuta pozitsiyasining limiti har operatsion kunning oxirida uning o‘z mablag‘larining 20 % idan, alohida olingan valyuta bo‘yicha 10 % dan oshmasligi lozim;

  • summar ochiq valyuta pozitsiyasi uzun valyuta pozitsiyasi ko‘rinishida o‘rnatiladi. Valyutani sotish va sotib olishda bank faqatgina ochiq valyuta pozitsiyasidan foydalanmaydi, kunora banklarda umumiy valyuta pozitsiyasi “Nostro” hisobvarag‘i bo‘yicha olib boriladi. Agar to‘lovlar kirim bilan qo‘shilib ketsa, bir hisobdan boshqa hisobvarag‘i mablag‘larni o‘tkazishda xatolikka yo‘l qo‘yilsa, bunda bank kunora ochiq maxsus hisobvarag‘i bo‘yicha tekshirish o‘tkazadi.

Chet el valyutasini sotish va sotib olishda bank valyuta pozitsiyasi limitiga rioya qilishi kerak. Bank valyuta operatsiyalarini bajarganda valyuta zaxiralarining bir qismini sarflaydi. Bunda bankning xorijiy valyutalar bo‘yicha majburiyati va talablari orasidagi nisbat o‘zgaradi. Bankning xorijiy valyutalarni sotish va sotib olish jarayonidagi valyutalar bo‘yicha talab va majburiyatlari nisbati holati banklarning valyutaviy holati yoki valyuta pozitsiyasi deyiladi. Valyutaviy holat ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin.
Xohlagan bir valyuta bo‘yicha ochiq valyuta pozitsiyasi deganda bankning shu xorijiy valyuta bo‘yicha aktivlarining majburiyatlaridan oshgan summasi tushuniladi. Ochiq valyuta pozitsiyasi 2 ga bo‘linadi. Bular: uzun valyuta pozitsiyasi va qisqa valyuta pozitsiyasi. Agarda bankning sotib olgan valyutasi bo‘yicha aktivlari va talablari uning shu valyuta bo‘yicha passiv va majburiyatlaridan yuqori bo‘lsa, bankda mazkur valyuta bo‘yicha holat uzun valyuta pozitsiyasi deyiladi. Aksincha, aniq bir valyuta bo‘yicha passivlar va majburiyatlar aktivlar hamda talablardan yuqori, ya’ni xorijiy valyutani sotish uni sotib olishdan baland bo‘lsa valyuta pozitsiyasi qisqa bo‘ladi.
Agar valyuta bo‘yicha talablar va majburiyatlar teng bo‘lsa, valyuta pozitsiyasi yopiq bo‘ladi. Tijorat banklarining ochiq valyuta pozitsiyasi doimo risk bilan bog‘liq. Valyuta kursining o‘zgarishi natijasida bank valyutani sotib olishda yoki sotishda yo‘qotishlarga uchrashi mumkin. Bu esa bankning ma’lum miqdorda mablag‘ining yo‘qotilganligidan dalolat beradi.
Valyuta pozitsiyasining umumiy summar holati (summasi) deganda barcha valyutalar bo‘yicha uzun (qisqa) pozitsiyalar umumiy summasi tushuniladi.
Agar bank operatsion kun davomida valyuta operatsiyalarini olib borishda ochiq valyuta pozitsiyasi bo‘yicha qo‘yilgan limitdan ortiq operatsiya amalga oshirgan, ya’ni valyutani ko‘p sotib olgan bo‘lsa, u holda valyuta pozitsiyasi ortiq sotib olingan valyutani sotib yuborish yo‘li bilan balanslashtirib yopiladi.
Banklar ochiq valyuta pozitsiyasi limitiga hisoblangan foizlar, ko‘chmas mulk, qimmatli qog‘ozlar va boshqa moddiy qiymatliklarni sotish yoki sotib olish bilan bog‘liq valyuta operatsiyalarini ham amalga oshiradi. Vakolatli banklar o‘zlarining joylaridagi filiallari uchun ochiq valyuta pozitsiyasining chegarasini mustaqil belgilashlari mumkin. Lekin filiallar bo‘yicha belgilangan ochiq valyuta pozitsiyasining yig‘indisi bank bo‘yicha uning o‘z mablag‘larining 20 % idan oshmasligi lozim.
Banklar har oyda oyning 3-kunigacha Markaziy bankka o‘zlarining ochiq pozitsiyalari va unga rioya qilinganligi to‘g‘risida hisobot berishlari lozim.

Download 47.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling