Forvard farqlar spot kurs asosida forvard kurslarni aniqlash uchun foydalaniladi. Forvard farqlar bitimda qatnashayotgan ikki valyutaning foiz stavkalari o‘rtasidagi farq sifatida namoyon bo‘ladi. Forvard farqlar spot kursga qo‘shiladi yoki chegiriladi. Agar forvard farqlar spot kursga qo‘shilsa, forvard kurs mukofotli, agar forvard farqlar chegiriladigan bo‘lsa forvard kurs diskontli deyiladi. Agar asosiy (bazaviy) valyutaning foiz stavkasi ikkinchi valyutaga nisbatan yuqori bo‘lsa, forvard farq (marja) chegirib tashlanadi va bu holat forvard bozorida asosiy (bazaviy) valyuta diskont bilan savdoda ishtirok etayotganligini ko‘rsatadi. Ikkinchi valyuta bu jarayonda forvard bozori savdosida mukofot bilan ishtirok etadi. Agar asosiy valyuta bo‘yicha foiz stavkasi ikkinchi valyutaga nisbatan past bo‘lsa, forvard farq qo‘shib olinadi va bu holda forvard bozorida asosiy valyuta mukofot bilan savdoda qatnashadi, ikkinchi valyuta esa diskontga ega bo‘ladi.
Joriy ayirboshlash kursi asosida forvard kursini topish uchun spot kursiga forvard farqlar (marja)ni qo‘shish yoki chegirish lozim.
Bu qoidani quyidagicha ifodalash mumkin. Kotirovkalar tushsa – chegiriladi. Kotirovka ko‘tarilsa – qo‘shiladi.
55-jadval
Forvard kursini hisoblash metodikasi
Forvard farqlar(marja)
|
Asosiy (bazaviy) valyuta sotiladi
|
Forvard kursi =
|
Bazaviy valyuta bo‘yicha yuqori foiz stavka – ikkinchi valyutada past foiz stavka
|
Diskontli
|
Spot-kurs – (chegiruv)
forvard farqlar
|
Bazaviy valyuta bo‘yicha past foiz stavka – ikkinchi valyuta bo‘yicha yuqori foiz stavka
|
Mukofotli (ustama)
|
Spot-kurs + (qo‘shilgan)
forvard farqlar
|
Muddatli bitimlar bo‘yicha valyuta kurslari (report) ustama yoki diskont metodi bo‘yicha kotirovka qilinadi va bu “autrayt” kurslari deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |