Mavzu: Forvard valyuta operatsiyalari
Reja:
Kirish.
Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari
Forvard valyuta shartnomasi
Valyuta kursining mohiyati va uning turlari
Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-mayda qabul qilingan “2020–2025-yilllarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-sonli Farmonida “...bank sohasidagi hozirgi holat tahlili bank sektorida davlatning yuqori darajadagi aralashuvi, davlat ishtirokidagi banklarda menejment va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatining yetarli emasligi, iqtisodiyotda moliyaviy vositachilikning past darajasi kabi bank sektorini iqtisodiy yangilanishlar va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar mavjudligi…” takidlab o‘tildi. Va “moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish, banklarning hududlarga kirib borishini kengaytirish va barcha aholi punktlarida bir xil turdagi xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi lozim. Bank tizimiga zamonaviy servis yechimlari asosida axborot texnologiyalarini, moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish, axborot xavfsizligini lozim darajada ta’minlash, shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda inson omili ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish talab…”1 etilayotganligiga etibor qaratildi.
Bozor munosabatlarining muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish zamirida iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy banklar faoliyatini tashkil qilish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish bugunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Yaxshi taraqqiy etgan bank tizimi va banklar faoliyatiga ega bo‘lgan jamiyat sog‘lom rivojlanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni tijorat banklari faoliyati, boshqaruvi, banklarda risk-menejment mexanizmlarini takomillashtirish, banklar faoliyatiga turli ma’muriy aralashuvlarni cheklash, ularga taalluqli bo‘lmagan ishlarni yuklashni bartaraf qilish vazifalarini belgilab berdi.2
Do'stlaringiz bilan baham: |