Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari Forvard valyuta shartnomasi Valyuta kursining mohiyati va uning turlari


Download 47.93 Kb.
bet4/13
Sana05.05.2023
Hajmi47.93 Kb.
#1429638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Forvard valyuta operatsiyalari

Svop-stavka AQSH dollariga nisbatan mos valyutaning mutloq
ulushini ifodalaydi. Svop-stavka usuli bilan forvard kursini kotirovka qilinganda faqatgina mukofot yoki diskont aniqlanadi. Ular to‘g‘ri kotirovkalashda faqatgina “spot” kursini ayirish yoki qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi. Teskari kotirovkalashda diskont qo‘shiladi, mukofot esa “spot” kursidan ayirib aniqlanadi (1-jadval).
“Svop” stavka o‘lchami qatnashuvchi davlatlarning turli foiz stavkalar darajasi bilan aniqlanadi va quyidagicha hisoblanadi:



Bank axborot tizimida kotirovka qilinuvchi svop-stavka faqat to‘liq oy yoki boshqacha aytganda “ordinar” sanalar uchun beriladi. Valyutalashtirishning spot-sanasi oyning oxirgi kunlariga to‘g‘ri kelib qolsa holat murakkablashadi. Bu holda “oy oxiri” qoidasi qo‘llaniladi, unga ko‘ra bu kabi spot kursda barcha forvard bitimlari valyutalashning oy oxiri kuni sanasiga ega bo‘ladi.


Masalan, 6 oylik forvard bitimi 26-fevralda tuzilsin, u holda mos spot-sana 28-fevral bo‘ladi, ya’ni oy oxiri. Demak, bundan kelib chiqdiki, forvard bitimi 28-avgust emas balki, 31-avgustda to‘lanishi kerak.
Spot bitimlari kabi, forvard shartnomalari ham amerika pul birligi ishtirokisiz tuzilishi mumkin. Bu holda hisob-kitoblar uchun kross-kurslar qo‘llaniladi.
Forvard shartnomasini tuzish bilan operatorning bozordagi valyuta riski oshadi, chunki belgilangan sanaga valyuta kursining kutilmagan o‘zgarish ehtimoli oshadi. Shunday qilib bankning pozitsiya yopilishi bilan bog‘liq risk bo‘ladi. Xuddi shuning uchun forvard bitimini tuzishda mijozning hisobida bu riskni qoplash uchun qoldig‘i bo‘lishi yoki kredit liniyasi ochilishi kerak.
Forvard operatsiyalarini o‘tkazishdan asosiy maqsad esa valyuta risklarini xedjirlashdan iborat. Forvard shartnomalari yordamida mijozlarning asosiy qismi ochiq valyuta pozitsiyalarini yopishga intiladilar.
Spot kurslar va forvard kurslar farqlanadi.
Spot ko‘rs (ingl. spot – naqd, tezda hisoblanadigan) – bitim tuzilgan vaqtda kontragent – banklar tomonidan valyutalarni bitim tuzilganining ikkinchi kuni ayirboshlash sharti bilan o‘rnatilgan valyuta kursi.
Forvard kurs (ingl. forward – oldingi) – ma’lum muddatdan keyingi valyutaning kutiladigan qiymatini xarakterlaydi va ushbu valyuta uni kelajakda etkazish sharti bilan sotilayotgan yoki xarid qilinayotgan narxni ifoda etadi.

Download 47.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling