Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari Forvard valyuta shartnomasi Valyuta kursining mohiyati va uning turlari


Download 47.93 Kb.
bet11/13
Sana05.05.2023
Hajmi47.93 Kb.
#1429638
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Forvard valyuta operatsiyalari

Rezident – yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi mablag‘lari, ya’ni ular tomonidan olinadigan chet el valyutasi, shu jumladan, tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan olingan valyuta tushumlari ularning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi banklarda ochilgan valyuta hisobvaraqlarida saqlanadi va ular tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda ishlatilishi mumkin.
Davlat ro‘yxatidan hali o‘tmagan, xorijiy investitsiyalar ishtirokida ochilayotgan korxonalarga vaqtinchalik jamg‘arma valyuta hisobvarag‘i ochiladi va unga qonun talablari asosida o‘rnatilgan hajmlarda, xorijiy davlatlardan kelib tushadigan chet el valyuta mablag‘lari kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasida joylashgan norezident – yuridik shaxslar, shu jumladan, immunitet hamda diplomatik imtiyozlarga ega bo‘lgan chet el diplomatiya va boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning filiallari, shuningdek, xorijiy tashkilotlarning mamlakatimizda xo‘jalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan vakolatxonalari valyuta hisobvaraqlarini ochishga haqlidir. Norezident yuridik shaxs – hisobvaraq egasining nomiga chet eldan hamda mamlakatimizning boshqa banklarida ochilgan hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan xorijiy valyuta, vakolatli banklar tomonidan xorijdan hisobvaraq egasining nomiga yuborilgan chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlaridagi mablag‘lar, hisobvaraqning egasi chet eldan olib kelgan chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari, jumladan, plastik to‘lov va kredit kartochkalaridagi valyuta mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazma yozuv kiritilmagan, chet el valyutasidagi egasining nomi yozilgan holda bankka taqdim etilgan to‘lov hujjatlaridagi mablag‘lar, vakolatli banklar ruxsati bilan chet el valyutasida yozib berilgan boshqa to‘lov hujjatlari asosida to‘lanishi lozim bo‘lgan chet el valyutasi, naqd chet el valyutasi, hisobvaraq egasi nomiga chet eldan pochta jo‘natmalari orqali yuborilgan yoki u tomonidan qonun talablariga rioya qilgan holda chet eldan keltirilgan, me’yoriy hujjatlariga muvofiq o‘tkazilgan yoki naqd pulda olingan boshqa summalar ularning valyuta hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Norezident yuridik shaxslarning valyuta hisobvaraqlaridagi mablag‘lar ularning topshirig‘iga asosan bank o‘tkazmasi, akkreditiv, chek va hokazolarda xorijga o‘tkazilishi, chet elga xizmat safariga yuborilishi bilan bog‘liq (shu jumladan, naqd pul shaklidagi) xarajatlar to‘lovi uchun, shuningdek, amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa maqsadlarga ishlatilishi mumkin.

Download 47.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling