Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari Forvard valyuta shartnomasi Valyuta kursining mohiyati va uning turlari
Kurs ishining maqsadi va vazifalari
Download 47.93 Kb.
|
Forvard valyuta operatsiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining obyekti va predmeti.
- – muddatli shartnomadir
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida3 mamlakatimiz bank tizimining barqarorligini ta’minlash, ularning kapital yetarliligini xalqaro talablarga moslashtirib borish, banklarda risk-menejmentni takomillashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilganligi bank tizimining o‘rni muhimligidan dalolat beradi. Shu bois, iqtisodiyotni samarali boshqarish, uning asosiy subyekti bo‘lgan banklar faoliyatini o‘rganishni, ularning ishlash usullari, funksiya va operatsiyalarini chuqur bilishni taqozo qiladi.
Kurs ishining obyekti va predmeti. Kurs ishining obyekti O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi hisoblanadi. Predmeti esa valyuta kurslari va shartnomalari hisoblanadi. Kurs ishining tarkibi. Kurs ishi kirish, 4 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Tijorat banklarining valyuta operatsiyalariTijorat banklarining valyuta operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” hamda “Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi qonunlar talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan tartib-qoidalar asosan amalga oshiriladi. Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari ularning mijozlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning tashqi iqtisodiy faoliyati va aloqalari orqali vujudga keladi. Mijozlar xalqaro aloqalarning quyidagi shakllarida ishtirok etadilar: xalqaro savdoda importyor va eksportyor sifatida; kapitalni olib kirish va olib chiqish, shu jumladan: a) boshqa davlatlar hududida korxonalar qurish; b) boshqa mamlakatlar hududida korxonalar faoliyatini moliyalashtirish; d) qo‘shma korxonalar tashkil etish; e) xalqaro kreditlar, moliyaviy ko‘maklarni taqdim etish yoki olish v.b. Yuqorida ta’kidlangan barcha, shu kabi aloqalar pul (kapital) harakati bilan bog‘liq bo‘lib, bir valyuta boshqa valyutaga ayirbosh qilinadi. Bugungi kunda dunyoning barcha davlatlari talabini birdek qondira oladigan yagona pul birligi mavjud emas va har bir davlat shartnomadagi kelishuvga asosan o‘z milliy pul birligi yoki boshqa davlat pul birligida xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirishi mumkin. Xorijiy valyuta importyorlarga xorijdan sotib olingan tovarlar va xizmatlarga to‘lash uchun kerak bo‘lsa, eksportyorlar valyutaga o‘z tovarlarini sotadilar va xizmatlar ko‘rsatadilar. Tomonlar tijorat banklarining mijozlari bo‘lganligi bois ular o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning hisob-kitoblari banklar tomonidan amalga oshiriladi. Bu jarayonlarda banklar mijozlari hisobidan, zarur hollarda o‘z mablag‘lari (kreditlar berish) hisobidan hisob-kitob, valyuta operatsiyalarini bajaradilar. Banklar o‘z xalqaro operatsiyalarida turli davlatlarning xo‘jalik subyektlari korxona, tashkilotlari, moliyaviy muassasalari bilan pul mablag‘larini o‘tkazish va qabul qilish, xalqaro kreditlarni taqdim etish va olish, valyuta almashtirish, xalqaro qimmatli qog‘ozlarning savdo-sotiqlari va boshqalar bilan shug‘ullanadilar. Banklar quyidagi valyuta operatsiyalarini amalga oshiradi: xorijiy valyutalarni sotish va sotib olish; mijozlar valyuta hisobraqamini yuritish va depozitlarga valyuta mablag‘larini jalb qilish; valyutada xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish; valyutada kreditlar berish v.b. Tijorat banklari tomonidan amalga oshirildigan valyuta operatsiyalari rasmiy valyuta kursiga asoslanadi. Xalqaro iqtisodiy, shuningdek, valyuta-kredit va moliya munosabatlari qatnashchilari risk ostida faoliyat ko‘rsatadilar. Bu tijorat risklariga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) shartnoma tuzilgandan so‘ng narxning o‘zgarishi; 2) import qiluvchining tovar qabul qilishdan bosh tortishi, ayniqsa, hisob-kitoblar inkasso shaklida bo‘lganda; 3) hujjatlardagi yoki tovar uchun to‘lovlardagi xatolar; 4) valyuta mablag‘larini suiiste’mol qilish yoki o‘g‘irlash, ularni qalbakilashtirish; 5) xaridor yoki qarzdorning to‘lovga noqobilligi; 6) valyuta kurslarining nobarqarorligi; 7) inflyatsiya; 8) foiz stavkalarining o‘zgaruvchanligi v.b. XX asrning 70-yillaridan boshlab valyuta va kredit risklarining oldini olish va qoplash uchun yangi usullardan foydalanila boshlandi. Ular qatoriga: valyutaviy opsion (birinchi marta 1973-yil Chikago birjasida qo‘llanila boshlagan); banklararo “svop” operatsiyasi; forvard valyuta operatsiyasi; valyutaviy fyuchers (1973-yildan boshlab Nyu-York valyuta bozorida, 1972-yildan boshlab Chikago valyuta bozorida v.b.). Yuqorida sanab o‘tilgan operatsiyalarni bir so‘z bilan “muddatli valyuta operatsiyalari” deb ham nomlash mumkin, banklarda esa ular asosan “konversion operatsiyalar” nomi bilan ataladi. Xalqaro to‘lov oborotida xorijiy valyuta naqdsiz amal qiladi. Tabiiyki, turli xil to‘lov vositalari kurslari turlicha, chunki ularning ishonchliligi va valyutaviy risk darajalari turlichadir. Telegraf o‘tkazmasi bo‘yicha valyuta kursi eng yuqoridir, chunki unda xorijiy valyuta shu zahoti yoki kelasi kuni to‘lanadi. Bu operatsiya valyuta riskini deyarli chetlab o‘tish imkonini beradi. Odatda, valyuta kurslari rasmiy byulleten va kotirovka jadvallarida e’lon qilinadi. Boshqa to‘lov vositalari kursi u asosida aniqlanadi. Valyuta bozorida turli turdagi shartnomalar amal qiladi. Ularning ko‘pchiligi spot shartlari asosida amalga oshiriladi. Spot operatsiyalarining asosiy xususiyati shundaki, bitimni imzolash va bajarish vaqtlari qariyb mos keladi. Bu bitim bo‘yicha valyuta sotuvchidan sotib oluvchiga shartnoma imzolanishi bilanoq (ko‘pi bilan ikki ish kuni ichida) yetkaziladi. Spot shartnomalariga jami valyuta shartnomalarining 90 % i to‘g‘ri keladi. Valyuta shartnomasining ikkinchi turi – muddatli shartnomadir. Bunday shartnomalarning ikki xususiyati bor. Birinchidan, shartnoma imzolanishi va bajarilishi orasida ma’lum vaqt – bir haftadan olti-o‘n ikki oygacha interval bor. Ikkinchidan, valyuta kursi shartnoma imzolangan davrda belgilangani bo‘yicha qabul qilinadi. Valyuta kurslari o‘zgarishlari unga ta’sir qilmaydi. Muddatli shartnomalar valyuta risklaridan sug‘urtalanish yoki valyuta spekulyatsiyasi maqsadida amalga oshiriladi. Eksportyor o‘zini xorijiy valyuta kursining tushishidan sug‘urtalash maqsadida kelgusi valyuta daromadini muddatli kurs bo‘yicha sotishi mumkin. Importyor xorijiy valyuta kursi oshuvidan o‘zini sug‘urtalash maqsadida kelgusi valyuta tushumini ma’lum muddatga muddatli kurs bo‘yicha sotishi mumkin. Rivojlangan davlatlarda valyuta kursining o‘zgarishiga qarab ishlovchi vositachilarning asosiy maqsadi bozorda valyuta kurslarining o‘zgarishidan katta foyda olishdan iborat. Valyuta kursining oshishi yoki pasayishiga qarab faoliyat ko‘rsatuvchilarni xalqaro amaliyotda “ayiqlar” va “buqalar” deb atashadi. Ular faoliyatining mohiyati quyidagilardan iborat. Agar amaliyotda valyuta kursi tushushi kutilsa, valyuta kursi pasayishiga o‘ynovchilar (ularni xalqaro valyuta bozorida “ayiqlar” deb atashadi) valyutani shartnoma tuzilgan davr (muddatli kurs) kursi bilan sotish to‘g‘risida muddatli shartnoma tuzadilar. Agar muddatli valyuta kursi tushsa, “ayiqlar” valyutani bozordan pasaygan kursda sotib olib, uni muddatli kurs bo‘yicha sotadilar va kurslar o‘rtasidagi farq miqdorida foyda oladilar. Valyuta kursining ko‘tarilishiga o‘ynovchilar (“buqalar”) esa valyuta kursi ko‘tarilganda, valyutani keyinchalik shartnoma tuzilgan vaqtdagi kurs bo‘yicha sotib olishga kelishilgan muddatli shartnoma tuzadilar. Kurs oshganda esa valyutani muddatli shartnomada belgilangan (oldingi) narx bo‘yicha sotib oladilar va oshgan – yuqori narxda sotib foyda ko‘radilar Download 47.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling