Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari Forvard valyuta shartnomasi Valyuta kursining mohiyati va uning turlari


Download 47.93 Kb.
bet6/13
Sana05.05.2023
Hajmi47.93 Kb.
#1429638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Forvard valyuta operatsiyalari

Valyuta kursi – bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birligida yoki xalqaro valyuta birliklarda ifodalangan bahosi. Tashqi valyuta kursi almashuv qatnashchilari uchun valyuta bozoridagi talab va taklif nisbati orqali aniqlanadigan bir valyutani boshqasiga qayta hisoblash koeffitsiyentidir. Valyuta kursining qiymat asosi bo‘lib valyutaning xarid qobiliyati hisoblanadi. Valyutaning xarid qobiliyati investitsiya, tovar va xizmatlarning o‘rtacha milliy narxlari darajasini ifodalaydi. Bu iqtisodiy (qiymat) kategoriya tovar ishlab chiqarishga tegishli bo‘lib, u tovar ishlab chiqaruvchilar va jahon bozori o‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Qiymat tovar ishlab chiqarish iqtisodiy shartlarining keng ko‘lamli ifodasi bo‘lgani uchun, turli mamlakatlarning milliy pul birliklarining taqqoslanishi qiymat munosabatiga asoslanadi va u ishlab chiqarish va almashuv jarayonlarida yuzaga keladi. Tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar hamda sotib oluvchilar valyuta kursi yordamida milliy narxlarni boshqa mamlakat narxlari bilan solishtiradilar. Valyuta kursi valyutaning real kurs nisbatlari ko‘rinadigan milliy va jahon iqtisodiyotlarining o‘zaro aloqasini ifodalaydi.
Tovarlar jahon bozorida sotilayotganida milliy mahsulot qiymatini internatsional o‘lchovlari asosida jahon bozori talablariga moslashishi zarur bo‘ladi. Shuningdek, ushbu tovarlarning jahon xo‘jaligi doirasida almashinishida valyuta kursi vositachi bo‘ladi.
Valyuta kursining qiymat asosi shu bilan shartlanadiki, jahon narxlariga asoslangan ishlab chiqarishning internatsional bahosi jahon bozoriga tovar yetkazib beruvchi mamlakat ishlab chiqarishning milliy baholariga tayanadi.
Turli mamlakatlarning valyutalari va xalqaro pul birliklari asosida tuzilgan xalqaro bitimlarda xizmat ko‘rsatish jarayonida valyuta kursi aniqlanishi mumkin.
Xalqaro kapital harakatining tez o‘sishi bilan bog‘liq ravishda valyuta kursini o‘zgarishiga valyutaning tovarlarni xarid qilish qobiliyati bilan birga moliyaviy aktivlarni xarid qilish qobiliyati ham ta’sir ko‘rsatadi.
Qonuniy normalarga asosan va amaliyot jarayonlarida birjada chet el valyutasining kursini, qimmatli qog‘ozlar kursini yoxud tovarlar bahosini o‘rnatilishi yoki qisqacha qilib aytganda valyuta kursini o‘rnatish kotirovkalash deb ataladi. Jahon amaliyotida kotirovkalashning 2 xil usuli mavjud:
1) to‘g‘ri kotirovkalash. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada ko‘rsatilsa, ya’ni xorijiy valyutaning bir birligiga to‘g‘ri keladigan milliy valyuta miqdori ko‘rsatilsa – bu to‘g‘ri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 2015-yilning 30-sentyabrida 1 AQSH dollariga nisbatan o‘zbek so‘mining kursi 2400,00 so‘mni, 1 Rossiya rubliga nisbatan 50,00 so‘mni tashkil etdi. Bu to‘g‘ri kotirovka bo‘lib bunday kotirovkalash hozirgi vaqtda jahondagi ko‘pchilik mamlakatlarda qo‘llanilib kelinmoqda.
2) egri (teskari) kotirovkalash. Bunda bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutalardagi miqdori o‘rnatiladi, ya’ni bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutadagi bahosi ko‘rsatiladi.
Agarda ikki valyuta o‘rtasidagi nisbat qandaydir uchinchi valyutaga nisbatan olingan kurslarida aniqlansa, bunday nisbat “kross-kurs” deb ataladi.
Jahon amaliyotida oxirgi yillargacha uchinchi valyuta sifatida AQSH dollari qo‘llanilgan, ya’ni barcha valyutalar jahon ayirboshlashida aynan shu valyutaga nisbatan kotirovka qilingan. Lekin oxirgi yillarda Yevroning muomalaga kiritilishi, xalqaro munosabatlarda keng qo‘llanilishi kross-kursni aniqlashda valyuta sifatida Yevro ham kengroq qo‘llanilishiga imkon yaratdi.
Kross-kursdan foydalanish ba’zi hollarda ancha murakkab va risklidir.
Oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirishda valyuta bozorida quyidagi valyuta kurslarining ko‘rinishlaridan foydalaniladi:
Spot-kurs” – naqd (kassa) bitimlarining kursi. Spot-kurs – bir mamlakat pul birligining shartnoma tuzilgan vaqtda o‘rnatilgan baho bo‘yicha boshqa mamlakatlar pul birliklarida ifodalangan bahosi. Bunda valyutani valyuta bitimi tuzilgan kundan boshlab 2 ish kunida almashtirib berish shart hisoblanadi.
Forvard kurs” – muddatli valyuta bitimlarining kursi.
Forvard kursi kelajakda valyutani aniq bir kunga yetkazib berish sharti bilan sotilish va xarid qilish bahosini o‘zida ifoda etadi.
Forvard bitimlari, odatda, valyuta kurslarining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan risklarni sug‘urtalash orqali bartaraf qilish maqsadida ishlatiladi. Bitim tuzilayotgan paytda forvard kursda aniqlanadi va ana shu kurs bo‘yicha valyuta sotiladi yoki sotib olinadi. Agar shartnoma muddati tugagan kunda valyuta kursi shartnomada ko‘rsatilgan kursdan farq qilsa, unda bir tomon foyda ko‘radi va ikkinchi tomon zarar ko‘radi. Masalan, siz joriy yil 1-yanvarda yilning 1-iyun kuni 1$= 2200 so‘m kursida sotib olish bitimini tuzdingiz. Ammo joriy yilning 1-iyun kuni 1$=2210 so‘mni tashkil etdi, natijada siz har bir dollarga 10 so‘m miqdorida qo‘shimcha foyda ko‘rasiz.
Agar 1-iyun kuni 1$=2195 so‘mni tashkil etsa, unda har bir dollardan 5 so‘mdan zarar ko‘rasiz. Forvard va spot kurslari valyuta bitimlarini amalga oshirish vaqti bilan bir-biridan farq qiladi.. Nazariy jihatdan forvard kursi spot kursiga teng bo‘lishi mumkin, lekin amaliyotda u doimo past yoki yuqori bo‘ladi. Agar forvard kursi spot kursidan yuqori bo‘lsa, valyuta forvard bitimida mukofot bilan kotirovka qilinadi. Agar forvard kurs spot kursidan past bo‘lsa, valyuta forvard bitimlarida diskont bilan kotirovka qilinadi. Odatda, forvard bitimlarida mukofot va diskontni umumiy tarzda ifodalash uchun forvard farqlar yoki marja tushunchasidan foydalaniladi.

Download 47.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling