Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari Forvard valyuta shartnomasi Valyuta kursining mohiyati va uning turlari


Download 47.93 Kb.
bet5/13
Sana05.05.2023
Hajmi47.93 Kb.
#1429638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Forvard valyuta operatsiyalari

Fyuchers operatsiyalari mohiyati forvard bitiminikiga o‘xshash. Fyuchers operatsiyalari ham bitim tuzgandan so‘ng 3 kundan kechiktirmasdan valyutani yetkazish bilan amalga oshiriladi va bunda kelajakda shartnoma amalga oshirish narxi bitim tuzilgan kunda belgilanadi. Forvard va fyuchers operatsiyalarining o‘xshash tomonlari bo‘lgani bilan bir-biridan farq qiluvchi belgilari ham mavjud.
Birinchidan, fyuchers opreatsiyalari, odatda, birja bozorida, forvard esa banklararo bozorda amalga oshiriladi. Bundan shu kelib chiqadiki, fyuchers shartnomalarini amalga oshirish muddatlari ma’lum sanalarga bog‘liq va muddat, hajm hamda yetkazib berish shartlari bo‘yicha standartlashtirilgan bo‘ladi. Forvard shartnomalarida esa muddat va hajm o‘zaro tomonlar kelishuvi bo‘yicha belgilanadi.
Ikkinchidan, fyuchers operatsiyalari ma’lum chegaralangan valyuta birliklari bilan amalga oshiriladi (AQSH dollari, Yevro, yapon iyenasi, funt-sterling v.b.). Forvard shartnomalarida esa ko‘proq turdagi valyutalardan foydalaniladi.
Uchinchidan, fyuchers bozorida yirik investorlar ham, shuningdek, individual va kichik institutsional investorlar ham ishtirok etishi mumkin. Forvard bozorida esa uncha katta bo‘lmagan firmalar ishtiroki chegaralangan, chunki ko‘p hollarda forvard shartnomasini tuzish uchun minimal summa 500000 AQSH dollaridan iborat.
To‘rtinchidan, fyuchers operatsiyalarining 95 % ofset (qaytarish) bitimi bilan tugallanadi, bunda valyutani real yetkazib berish amalga oshirilmaydi, ishtirokchilar esa faqatgina shartnomalarning boshlang‘ich narxi bilan qaytarish bitimi amalga oshirish kunidagi narx orasidagi farqnigina oladilar. Forvardda esa 95 % holda valyutani yetkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.

2.Valyuta kursining mohiyati va uning turlari

Tashqi iqtisodiy munosabatlar taraqqiyoti turli mamlakatlarning valyutalari qiymatining o‘zaro nisbatini o‘lchashni talab etadi. Shu sababli valyuta kursi o‘rnatiladi va u valyuta tizimining muhim elementi hisoblanadi.


Yanada aniqroq qilib valyuta kursining zaruriyatini quyidagilarda ifodalash mumkin:
– tovarlar va xizmatlar bilan savdo qilishda, kapital va kreditlar harakatida valyutalarni o‘zaro almashtirish uchun – bunda eksportyor kelib tushgan chet el valyutasini milliy valyutaga almashtiradi. Chunki boshqa mamlakatlarning valyutalari mazkur davlat hududida qonuniy xarid qilish va to‘lov vositasi sifatida muomalada aylana olmaydi. Importyor chet eldan sotib olgan tovarlarini to‘lash uchun milliy valyutani chet el valyutasiga almashtiradi. Qarzdor esa tashqi qarz va u bo‘yicha foizlarni to‘lash uchun chet el valyutasini sotib oladi;
– jahon va milliy bozor baholarini hamda milliy va chet el valyutalarida ifodalangan turli mamlakatlarning baho ko‘rsatkichlarini taqqoslash uchun;
– firma va banklarning chet el valyutasidagi hisobvaraqlarini vaqti-vaqti bilan qayta baholash uchun valyuta kursi zarur.

Download 47.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling