Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari


Valyuta pozitsiyasi va uning turlari


Download 101.78 Kb.
bet18/23
Sana02.04.2023
Hajmi101.78 Kb.
#1320361
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
TIJORAT BANKLARINING VALYUTA OPERATSIYALARI

Valyuta pozitsiyasi va uning turlari

Valyutalar

Sotish-sotib olish operatsiyalari

Muddatli operatsiyalar

Umumiy(summa) pozitsiya

uzun

qisqa

uzun

qisqa

uzun

qisqa

AQSH dollari

80


-100


-20


evro

40


-10


30


SHveysariya franki

-90


150


60


Kanada dollari

10


-


10


Avstraliya dollari

-200


40


-160


«-» bilan qisqa valyuta pozitsiyasi belgilangan.
Jadvaldan ko‘rib turganimizdek mazkur bank umumiy pozitsiya bo‘yicha AQSH va Avstraliya dollarida qisqa, qolgan valyutalar bo‘yicha esa uzun pozitsiyalarga ega.
O‘zbekiston Respublikasi valyuta bozorining shakllanishi.
O‘zbekiston Respublikasida ijobiy tendensiya kuzatilmoqda. YA’ni, amalga oshirilgan oqilona iqtisodiy siyosat natijasida tashqi qarzlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog‘i 2005 yildagi 29% dan 2008 yilda 13,3% ga qadar qisqargan.
Bundan tashqari tashqi iqtisodiy siyosatda erishilgan yutuqlarni mustahkamlab ularni yanada chuqurlashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda:
l iqtisodiyotning ildam, barqaror rivojlanishini ta’minlash, uning importga
l bog‘liqligini kamaytirish;
l ishlab chiqarish jarayonlariga yangi, samarali texnologiyalarni joriy qilishni
l tezlashtirish;
l mahalliy xom ashyo va ishlab chiqarish resurslaridan keng foydalanish va buning asosida
l zamonaviy raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish;
l valyuta resurslaridan tejab-tergab va omilkorlik bilan foydalanish;
l tovarlarni ishlab chiqarishda nafaqat ichki bozor, balki tashqi bozor ham hisobga olinishi lozim.
l bojxona va soliq imtiyozlari hisobiga  bo‘shayotgan mablag‘lardan uskunalarni modernizatsiya qilish va ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishda foydalanishlari mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, raqobatbardoshli eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish mafsadga muvofiq.
l tijorat bankalari,  «O‘zstandart» agentligi hamda manfaatdor vazirlik va muassasalar tomonidan
l xalqaro standartlarga javob beruvchi sifatni boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va
l joriy qilishda, shuningdek, xodimlarni yangi malakalarga o‘qitishda har tomonlama ko‘mak
l ko‘rsatiladi. Bu esa korxonaning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshiradi.
Hozirda ko‘plab mutaxassis va ekspertlar tomonidan jahon moliyaviy inqirozining global tus olishi va iqtisodiy inqiroz jarayonlarining kuchayishi retsessiya va iqtisodiy pasayishni, investitsion faollik ko‘lami cheklanib borishini, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi hamda jahonning ko‘plab mamlakatlariga ta’sir ko‘rsatadigan jiddiy ijtimoiy talofotlar sodir bo‘lishi mumkinligi e’tirof etilmoqda.
Xususan, 2008 yilda jahon miqyosida bevosita xorijiy investitsiyalar oqimi 20% gacha pasayganligi kuzatilgan. 2009 yilda jahon yalpi ichki mahsulotining pasayishi, bevosita xorijiy investitsiyalar ko‘lamining yanada pasayishini kuzatilishi hamda xalqaro savdo hajmi qariyb 15% ga pasayishi ehtimol qilinmoqda. Bu holat esa ishsizlik darajasining ortishi bilan bog‘liq jiddiy ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi ishsizlik keyingi 3 yil mobaynida o‘sib borishi kuzatilmoqda. 2009 yilda AQSHda ishsizlik darajasi 7,2%, YAponiyada 4,4%, Buyuk Britaniyada 6,4%, Germaniyada 8,2% ga o‘sishi kutilmoqda. Bu o‘z-o‘zidan ijtimoiy transfertlarning ko‘payishi hisobiga davlat harajatlarining o‘sishiga olib keladi.
SHunga ko‘ra, hukumatlar darajasida inqirozdan chiqish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda bandlik masalalarini, talabni rag‘batlantirish orqali ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan keskin choralarni ko‘rish masalasini ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xorijiy valyutalarga bo‘lgan talab va taklifni muvofiqlashtirish. (eksportga yo‘naltirilgan korxonalar faoliyatini qullab-quvvatlash nuqtai nazaridan).
Valyuta nazoratining asosiy maqsadi, bu eksport bo‘yicha valyuta tushumining o‘z vaqtida eksportchi tashkilot hisob raqamiga tushishini ta’minlash va import mahsulotlari uchun o‘tkazilayotgan valyuta mablag‘larini to‘planishi, xaqiqatda Respublika hududida kelib tushgan mahsulot narxiga muvofiqligi, shuningdek, belgilangan tartibda valyuta tushumidan majburiy, sotuvni amalga oshirishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, Moliya Vazirligi va Davlat Soliq Qo‘mitalari valyutani nazorat qiluvchi organlar hisoblanadilar. Tijorat banklari valyuta nazoratining Agentlari hisoblanadilar. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 28 mart 1998 yildagi 393-sonli Eksport va barter shartnomalarini hisobga olish va bajarilishi nazorati tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomasi Eksport – import shartnomalarini bank muassasalari tomonidan ro‘yxatga olish qoidasi va ular ustidan nazoratni amalga oshirishni belgilaydi. Korxona va tashkilotlarning mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tuzgan eksport shartnomalari, ularning valyuta hisobraqami ochilgan vakolatli banki orqali o‘tishi lozim. YArmarka savdosida, birjada tuzilgan eksport shartnomalari bankda ro‘yxatga olinmaydi .
Amaldagi qonunchilikka asosan, ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan eksport shartnomalarida Tashqi iqtisodiy aloqalar Vazirligidan ro‘yxatga olingandan so‘ng bankda ro‘yxatga olinadi .
Eksport shartnomasining summasi qat’iy valyutada belgilanishi lozim .
Mahsulot, sotilishi bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar oldindan, amalga oshirilishidan eksportda tashkilot belgilangan shaklda ariza, shartnoma taqdim etadi. Xizmat ko‘rsatayotgan bank ikki ish kuni mobaynida shartnomani ko‘rib chiqib, imzolanib, shartnoma va uning nusxasining har bir varag‘ini bank shtampi bilan tasdiqlaydi, so‘ngra eksport shartnomaga identifikatsiya nomeri o‘zlashtirib belgilangan shaklda ma’lumotnoma beriladi.
Keyin shartnomaning bir nusxasi eksportyor tashkilotga berilib, ikkinchi nusxasi ish yig‘ma jildiga tikiladi.
Eksport shartnomalari «ko‘zda tutilgan holatlar» 95497 hisobvarag‘i shartnoma ro‘yxatga olingan sanasiga spot kursi bo‘yicha hisoblanib, so‘mda hisobga olinadi. Analitik hisobda ham shartnomalarga litsevoy schyot ochiladi Eksport shartnomasining summasi 95497 hisobvarag‘i bo‘yicha debetlanadi .
Operatsiya quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi;
Debet scheti Ň¹95497 «Ko‘zda tutilmagan vaziyatlar, boshqa schyotlari»
Kredit scheti ¹96397 «Kuzda tutilmagan vaziyatlar kontr-schyoti»
Operatsiya haqiqatda amalga oshirilganda ushbu shartnoma bo‘yicha eksportyor tranzit schyotiga kelib tushgan valyuta tushumi ¹95497 schyotida kreditlanadi.
Operatsiya kuyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi ;
Debet scheti Ň¹96397 «Ko‘zda tutilmagan vaziyatlar kontr-schyoti»
Kredit schyoti ¹95497 «Ko‘zda tutilmagan vaziyatlar boshqa schetlari».
Vakolatli banklar (Bo‘limlar, boshqarmalar) eksport-import operatsiyalari bo‘yicha quyidagi hujjatlar tikiladigan yig‘ma ish jildi ochishlari lozim;
- korxonaning arizasi;
- ro‘yxatga oligan shartnomaning nusxasi ;
- shartnomaga identifikatsiya nomeri o‘zlashtirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ;
- hisob-kitob ma’lumotnomasi;
- mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasidan chiqarganligini tasdiqlovchi bojxona reestori;
- Haqiqatda eksportyor tashkilotiga kelib tushgan valyuta tushumi tushganligini tasdiqlovchi schyotdan bildirishnoma. Belgilangan tartibda valyuta tushumidan majburiy sotuvni amalga oshirish va qoldiqni asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazish ;
Ushbu shartnomaga tegishli bo‘lgan har xil turdagi yozishmalar, yuqori tashkilot bilan soliq idoralari, bojxona xizmati ;
-Xizmat ko‘rsatayotgan bank tomonidan talab qilingan zarur bo‘lgan hujjatlar.
Barter shartnomalari ham shu tartibda amalga oshiriladi . Barter shartnomalarini tuzish uchun tashkilotlar tegishli idoralardan (Vazirlar Mahkamasi, Hokimiyatlar) ruxsat olishlari kerak. Ruxsatnoma olganlaridan keyin barter shartnomasini 10 kun muddat ichida bankka taqdim etishlari lozim. Barter shartnomalari bankda ro‘yxatga olingan kunga spot kursi orqali o‘tkazilib so‘mda ¹90969 «Barter shartnomalari» hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Analitik hisobda har bir shartnoma uchun litsevoy schyot ochiladi.
90969 hisobvarag‘i shartnoma ro‘yxatga olinguncha spot kursi orqali hisoblangan sumdagi ekvivalent shartnoma summasi debetlanadi.
Debet schet ¹90969 «Barter shartnomalari»
Kredit schet ¹96317 «Barter shartnomalari bo‘yicha kontr-schet».
¹90969 schet amalga oshirilgan majburiy sotuv va kelib tushgan tovar summasiga kreditlanadi.
Ushbu operatsiya quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi ;
Debet schet ¹ 96317 «Barter shartnomalari buyicha kotnr-schet»
Kredit schet ¹ 90969 «Barter shartnomalari»
Bunaqa hisob yuritish eksport – barter shartnomalarini bajarilishini kerakli darajadan nazorat o‘rnatish uchun valyuta tushumlarini o‘z vaqtida va to‘liq ravishda ta’minlash, shuningdek belgilangan tartibda majburiy sotuvni amalga oshirishlari uchun zarur. Qonunda belgilangan muddatda tushum bo‘lmasa yoki mahsulot kelib tushmasa, vakolatli bank bir hafta mobaynida chora ko‘rish uchun tegishli organlarga xabar berishi lozim. Xat nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining tashqi aloqalar va valyutani boshqarish departamentiga, Davlat Soliq Qo‘mitasiga yuborilishi lozim.
SHuningdek import shartnomalari tashkilotning valyuta hisobraqami ochilgan vakolatli banklarda ro‘yxatga qo‘yilishi kerak. Ta’sischilar shartnomasi yoki kelib tushgan mahsulot pul to‘lanmaydigan shartnomalar bankda ruyxatga olinmaydi.
Import shartnomalarini xizmat ko‘rsatayotgan bankda ro‘yxatga ko‘yish uchun mijozlar tomonidan bankka taqdim etishlari lozim bo‘lgan hujjatlar;
- Belgilangan shaklda ariza;
- shartnomaning asl nusxasi va uning nusxasi;
- import bitimi pasporti;
- TIAV ning import shartnomalarining ro‘yxatga olish sertifikati kabilardir.
Tashki iqtisodiy aloqalar Vazirligida ro‘yxatga olinmaydigan import shartnomalari bo‘yicha ro‘yxatga olish uchun importni sifatli mahsulotlar bilan taminlash maqsadida, xo‘jalik subektlariga import shartnomalarining konsalting firmalarida ekspertizadan o‘tish tavsiya etiladi.
SHartnomalar O‘zbekiston Respublikasi Tashki iqtisodiy aloqalar Vazirligida import shartnomalarini ro‘yxatga olish tartibining uchinchi bandiga asosan rasmiylashtirilishi lozim. Bundan tashqari, vakolatli banklar shartnomalarining quyidagi majburiy shartlarini:
- shartnomada chet el hamkorning to‘liq rekvizitlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim (mamlakat, mol jo‘natuvchining to‘liq nomi, xizmat ko‘rsatayotgan bank nomi, hisob raqamining nomeri);
- oldindan to‘lov, shartnoma summasidan 15% dan oshmagan va chet el hamkorining bankidan bank kafolatnomasi mavjud bo‘lishi;
- shartnomaning to‘lov shartiga tegishli barcha o‘zgarishlar tomonlarning qo‘shimcha kelishuvida aks etishi lozim. Vakolatli bank taqdim etilgan hujjatlarni ikki kun mobaynida ko‘rib chiqib, ro‘yxatga oladi, agarda taqdim etilgan hujjatlar qonunda belgilangan tartibda javob bermasa, bank yozma rad xatini barcha kamchiliklarini ko‘rsatgan holda belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun mijozga qaytaradi.)ni tekshirishlari kerak.
- Ro‘yxatga olish vaqtida import shartnomalariga indentifikatsiya nomeri o‘zlashtiriladi SHartnomaning asl nusxasiga, uning ko‘chirma nusxalarining barcha varaqalariga va import bitimi pasportining barcha nusxalariga bank shtampi bosiladi va vakolatli bank xodimi imzosi bilan tasdiklanadi, shundan so‘ng shartnomaning asl nusxasi mijozga qaytarilib, uning nusxasi bankda ish jildiga tikiladi.
«Mahsulotlarni bojxona xizmatida rasmiylashtirish tartibining» 4-bandiga asosan kelib tushgan mahsulotlarni rasta qilish maqsadida raqamda shaxsiy mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risidagi malumotnoma yoki kafolatnoma berish uchun bankka yozma murojaat qilinadi. Mijozning yozma arizasiga asosan, amalga oshirilayotgan oldindan to‘lov, ochilgan akkreditiv, berilgan bank kafolati yoki ushbu shartnoma bo‘yicha kelib tushgan molning pulini to‘lash uchun mablag‘ni zahiralanganligi ko‘rsatilgan holda o‘z mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma beradi.
Mablag‘lar № 29896-sonli depozit hisob raqamida mijozning yozma arizasiga asosan rezerv qilinadi. Rezerv qilingan mablag‘lardan fakat ushbu shartnoma bo‘yicha kelib tushgan mahsulotlarning pulini to‘lash maqsadida foydalanish lozim. Mablag‘larni rezerv qilishning asosiy shartlaridan biri bu mijozning byudjet oldida va har xil turdagi soliqlardan qarzi yo‘qligini tasdiqlovchi soliq idoralarning malumotnomasining mavjudligi hisoblanadi.
Vakolatli bank tomonidan mijozlarga kafolatnoma berishning asosiy sharti Markaziy Bank yo‘riqnomasining talablariga muvofiq importyor foydasiga uchinchi shaxs tomonidan kafolatnoma berilishidir. SHuningdek, uchinchi shaxs tomonidan berilgan kafolatnoma bankning kredit komissiyasida ko‘rib chiqilishi lozim. Ijobiy xulosaga kelishgandan so‘ng vakolatli bank rahbari bojxona xizmatiga taqdim etish uchun kafolatnoma berishga ruxsat beradi.
Korxona va tashqilotlar mulkchilik shaklidan kat’iy nazar tuzilgan eksport shartnomalari , valyuta xisob rakami ochilgandan vakolatli bankda kuyilishi lozim. YArmarka savdosida ,birjada tuzilgan eksport shartnomalari bankda ruyxatga olinmaydi.
TIAV-da amaldagi qonunchilikka asosan ruyxatga olinishi lozim bo‘lgan eksport shartnomalari , bankda faqat TIAV- da ruyxatga olingandan sung ruyxatga olinadi. Eksport shartnomasining summasi kat’iy valyutada belgilanishi lozim.
Maxsulot, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar sotilishi oldindan, eksportchi- tashqilot belgilangan shaklda ariza, bitta shartnoma va yana bitta nusxasi bilan. Xizmat ko‘rsataetgan bank 2-ish kuni mobaynida shartnomani ko‘rib chikib, javobgar shaxs tomonidan imzolanib, shartnoma va uning nusxasi har bir varagida bank shtampi bilan tasdiklanadi, sungra eksport shartnomaga identifikatsiya nomeri uzlashtirib belgilangan shaklda ma’lumotnoma beriladi.
Keyin shartnomaning bir nusxasi eksportchi tashqilotga berilib, ikkinchi nusxasi ish yigma jiltiniga tikiladi.

Download 101.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling