Til – millat ko‘zgusi


Qadimgi turkiy xalqlar Ahamoniylar bitiklarida saklar deb yuritilgan. Yunon manbalarida skiflar deb atalgan. “Avesto”da turlar deb atalib, ularning yurti Turon deyilgan


Download 2.43 Mb.
bet2/5
Sana30.10.2023
Hajmi2.43 Mb.
#1733534
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'zbek xalqi va tilining kelib chiqishi (2) (2)

Qadimgi turkiy xalqlar Ahamoniylar bitiklarida saklar deb yuritilgan. Yunon manbalarida skiflar deb atalgan. “Avesto”da turlar deb atalib, ularning yurti Turon deyilgan.

  • Qadimgi turkiy xalqlar Ahamoniylar bitiklarida saklar deb yuritilgan. Yunon manbalarida skiflar deb atalgan. “Avesto”da turlar deb atalib, ularning yurti Turon deyilgan.

Turk atamasi

  • Turk atamasining urug‘, elat, ko‘chmanchilar mamlakati, bahodir, kuchli, qudratli, alohida jangchilar, qurolsizlar, dubulg‘a, sodda kabi ma’nolari qayd etiladi.

Sart atamasi

Sart atamasi sanskrit tilidan olingan sarlavha (karvonboshi, savdogar, shaharlik) so‘zining o‘zagidir. Sart atamasi birinchi bo‘lib Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida uchraydi. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida sart so‘zi “savdogar” ma’nosida qo‘llangan:

Sartning azuqi arïğ bölsa yöl uzra yer

(Savdogarning moli pok bo‘lsa yo‘l uzra yeydi)

Navoiy va Bobur asarlarida sart atamasi fors-tojiklarga nisbatan qo‘llangan.

O‘zbek atamasi

  • M.Ermatov «o‘zbek» so‘zining paydo bo‘lishini turkiy qabilalardan bo‘lmish uz(o‘z)lar bilan bog‘laydi.
  • Asqad Muxtor esa quyidagicha fikr bildiradi. Menimcha, bu so‘zning (demak, xalq nomining ham) tarixi juda uzoq. 721 yilda turkiy qabilalarning qurultoyi bo‘lgan. Shunda Bilga hoqon o‘z nutqini bunday so‘zlar bilan boshlaydi:» Ey, turk o‘g‘iz beklari!» «O‘g‘iz» u vaqtda «qabila» ma’nosida ishlatilgan. Demak, «O‘g‘iz begi» — qabila boshlig‘i degan so‘z. O‘g‘iz beklari zamonida elning ancha imtiyozli bir qatlami bo’lgan. O‘zbeklar turkiylarning ana shu qatlamiga mansub tabaqadan kelib chiqqan, degan farazim bor.

O‘zbek tili tarixini davrlashtirish

  • G‘.Abdurahmonov tasnifi:
  • Eng qadimgi turkiy til ( VI asrgacha bo‘lgan davr).
  • Qadimgi turkiy til ( VI-XI asrlar).
  • Eski turkiy til ( XI-XIII asrlar).
  • Eski o‘zbek adabiy tili (XIV-XIX asrlar).
  • Yangi o‘zbek adabiy tili ( XIX-XX asrlar).
  • Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili.

Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling