Til bayramiga senariylar to’plami 1-boshlovchi


Download 120.52 Kb.
bet24/28
Sana17.10.2023
Hajmi120.52 Kb.
#1705866
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Til bayramiga senariylar to’plami 1-boshlovchi-fayllar.org

Surxoncha raqs.

1-boshlovchi: Olis tarix o`zi shohid, ishoning,
Men o`zbekman, o`zbekona lutfim bor.
Ona tilim, ona yurtim, g`ururim,
Ona tilim muqaddas va beg`ubor.
Shu til bilan kamol topdi Muqimiy,
Shu til bilan Furqat kuyladi yonib.
Shu til bilan Hamza tanildi elga,
Qodiriy tilidan bo`lurmi tonib.

2-boshlovchi: Qodiriy qurbon desa, “O‘tkan kunlar”i yoddir,
Fitrat-u, Cho‘lpon desa, she`r hayqiriq, faryoddir.
G`afur G`ulom, Shayxzoda, Muhammadni eslasam
Qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketgan, asarlari hayotdir.

Sahna ko’rinishi: Abdulhamid Cho‘lponningKecha va kunduz” romanidan parcha.

Sahnada ortidan izoh o`qiladi

Qatnashuvchilar: prokuror,zakunchi, mirshab , tilmoch nazorati ostida Zebi kirib keladi.

Aybdorning kimligi surishtirilgach, sud darhol o‘rnidan turib,aybnomani o‘qidi.Undan keyin yana kalta savol-javoblar ketdi:

-Aybnomani eshitdingizmi?

- Ha…

-Mingboshi suvni o‘zi so‘radimi?

-Ha, o‘zi so‘radi..

-Mastmidi?

-K o‘p aroq ichib edi?

-Suvni kim berdi?

-Men berdim.

-Choynakdami?

-Ha…

-Mana bu choynakdami?

-Ha…

-Kimning choynagi bu?

-Meniki.

-Siznikimi?

-Ha, meniki.

-Ichida qanday suv borligini bilarmidingiz?

-Bilardim.

-Qanaqa suvidi?

-Irim suvidi .

-Kimga qilingan irim.

-Menga…

-Nima uchun irim qildirdingiz?

-Farzand bo‘lsin, deb…

Pastda o‘tirganlarning domladan boshqalari, s o‘ngra sud hay`atidan bir-ikki kishi, zakunchi va tilmoch yengilgina kulib q o‘ydilar.

-Nega u suvni mingboshiga berdingiz?

_Juda tashna bo‘lib so‘ragan edi, shundoqqina tokchadan olib uzatdim.

-Choynakda zahar borligini bilarmidingiz?

Zebi kuldi.


  • Qiziq ekansan(o‘rusni sizlab bo’lmaydi), men qayerdan bilay?


  • Demak,eringizni o‘zingiz o‘ldirdingiz?


Zebi qattiqroq va ch o‘zibroq javob berdi:


  • Y o‘-o‘-q!.. o‘libmanmi o‘z erimni o‘ldirib.



Download 120.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling