Til bayramiga senariylar to’plami 1-boshlovchi
Download 461.33 Kb.
|
Til bayrami senaroy toplam-@sadikov uz-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-boshlovchi
TIL BAYRAMIGA SENARIYLAR TO’PLAMI 1-boshlovchi. Assalomu alaykum, aziz mehmonlar! Mustaqil yurtning barkamol yoshlari, aziz ustozlar. Bugungi “Til bayrami”ga xush kelibsiz! 2-boshlovchi. Inson go`zalligi, ma’naviyati, buyuk merosi, hatto olam barqarorligining asosi ham bu – tildir. SHu sabab onadek aziz o`z ona tilimizni asrab-avaylash, e’zozlash barchamizning muqaddas burchimizdir. 1-boshlovchi. Darhaqiqat, inson o`z ona tilisi bilan uyg`ayadi, kamolga yetadi. Mana shu til bilan yashab o`tadi. Komillikning birinchi belgisi ham namoyon bo`ladi. 2-boshlovchi. Zero, nutqning go`zalligi, tilning burroligi, ifodaning aniqligi inson uchun o`ziga xos husndir, bu husn oxir-oqibatda jamiyatning, millatning husnini ko`rsatadi. 1-boshlovchi. Marhamat, endi navbatni maktab-internatimiz o`quvchilariga beramiz. 1-o`quvchi. O`zbek tilin tinglab kirdi menga jon, Ohista tikildim va shunda bildim. Meni tuzatolmas hech dard-u darmon Jonimga Masihdur shu ona tilim. Barchamizga yaxshi ma’lumki, 1989-yil 21-oktabrda o`zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 4-moddasida ham “O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir” deb yozib qo`yilgan. Demak, bu kunni cheksiz quvonch va iftixor bilan bayram qilishga haqlimiz. 2-o`quvchi. Inson tug`ilib o`sgan joyi ona tuproq muqaddas Vatandir. Biz dunyoga keliboq onajonimizni, ona Vatanimizni ko`ramiz, endigina tilimiz chiqqan damlarda aytilayotgan so`zimiz bu ona so`zidir. Biz eng aziz, eng mo`tabar inson nomini o`z tilimizda onadek muqaddas ataymiz. Ona bizga jon baxsh ato etgan bo`lsa, til bizga aql-zakovat ato etadi. SHuning uchun ham o`zbek tili buyuk va muqaddasdir. Musiqa ohangida sahnaga Ona va farzand chiqib keladi. Ona obrazi: Mehribon farzandlarim, jondan aziz dilbandlarim, o`z yurtiga fidoiy, mard pahlavonlarim. Sizlar o`z ona tilimizno hamisha asrab-avaylanglar. O`z tilimiz qatorida qardosh chet tillarini ham o`rganib, hurmat qilinglar. Mening sizlarga murojaatim shuki, tilimizning sofligini saqlang, uning boy ifoda vositalaridan o`rinli foydalanishga harakat qiling, go`zalligini namoyish eting. Sizning komilligingiz avvalo, muomala madaniyatingizda namoyon bo`ladi. “YAxshi so`z jon ozig`i”, “Bir ko`ngil imorati – ming Makka ziyorati” deganlaridek, shirinsuxan bo`lib yashanglar. Farzand obrazi: Munis onajon, har bir so`zingiz biz uchun muqaddas. CHunki o`zingiz bu tuyg`uni,mehrni allangiz ila ko`nglimizga jo etgansiz. Download 461.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling