Til materialini va turli XIL nutqiy faoliyat shakllarini o’rgatishdagi didaktik material na’mulari Mundаrijа Kirish I bоb. Til materialini va turli XIL nutqiy faoliyat shakllarini o’rgatish haqida umumiy tushunchalar va bunda yuzaga keladigan


Download 51.82 Kb.
bet6/7
Sana28.07.2023
Hajmi51.82 Kb.
#1663346
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sitorichka

GLOSSARIY
Adabiy til. Umumxalq tilining fonetik, leksik, grammatik jihatdan ishlangan, ma’lum me’yorga solingan, sayqallangan oliy shakli.
An’anaviy tilshunoslik. Tilshunoslikdagi faqat til qismlari va tuzilishining ichki munosabatlarini, bog’liqliklarini yoritish bilan birga til va tafakkurning o’zaro munosabati, tilning jamiyat bilan, shu tilda so’zlashuvchi jamoa bilan aloqasi kabi masalalarni o’rganadigan yo’nalishi.
Areal lingvistika. Tilshunoslikning lingvistik areallarni o’rganish bilan shug’ullanuvchi sohasi.
Bobo til. Ma’lum tillar oilasining kelib chiqishi va shakllanish uchun manba, asos bo’lgan til. Masalan, turkiy tillar oilasi uchun qadimgi turkiy til bobo tildir.
Dialektologiya (yun. dialektos – sheva, lahja + logos – tushuncha, ta’limot) Shevashunoslik. Tilshunoslikning sheva va lahjalarni o’rganuvchi bo’limi.
Diaxroniya (yun. dia – orqali + chronos – vatq). Tilning tarixiy tuzilishi, rivojlanishi va taraqqiyotini tarixiy aspektda o’rganish.
Ekstralingvistika. Tilshunoslikning etnik, ijtimoiy-tarixiy, geografik va boshqa omillarni tilning taraqqiyoti hamda vazifasi bilan bog’liq hodisalar sifatida o’rganuvchi tarmog’i.
Etnolingvistika. Makrolingvistikaning til bilan xalq o’rtasidagi munosabatlarni, til faoliyati va taraqqiyotida lingvistik hamda etnik omillarning o’zaro ta’sirini o’rganuvchi tarmog’i.
Fonetika (yun. phonetike – tovushga oid < phone – tovush). Tilshunoslikning nutq tovushlari va tovush vositalarini o’rganuvchi sohasi.
Fonologiya. Tilshunoslikning nutq tovushlarini so’z va morfemalarning tovush qobig’ini farqlovchi vosita sifatida o’rganuvchi sohasi.
Grammatika (yun. grammatike – harf o’qish va yozish san’ati). 1. Til-shunoslikning so’z shakllarini, so’z birikmasi va uning turlarini, gap va uning turlarini, ya’ni tuilning grammatik qurilishini o’rganuvchi bo’limi. Morfologiya va sintaksis grammatikaning tarkibiy qismlaridir.
2. ayn. Tilning grammatik: morfologik va sintaktik qurilishi.

Download 51.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling