Til millat ko‘zgusi


Download 11.29 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi11.29 Kb.
#1743809
Bog'liq
2 5280528678294403778


Til - millat ko‘zgusi” tadbir ssenariysi
1-boshlovchi:
Assalom, ona yurt! Tonglar o'lkasi,
Ta’rif-tavsifingning yo‘q nihoyasi...
Senga bag‘ishlanur muqaddas qo‘shiq,
Bu o‘zbek elining o‘z madhiyasi!
(Davlat madhiyasi yangraydi)
2-boshlovchi:
Davramizni ochib berish uchun so‘z_____________________________________ ustozimizga.
1-boshlovchi:
Assalom, ey olam, feruza osmon,
Aziz ustozlar-u, talabajonlar.
Mo‘jaz davramizga bugun mehmonsiz,
Sizga ehtirom-la, egikdir boshlar.
2-boshlovchi:
Assalom, ilmni e’zozlaganlar,
Jonajon tilimni e’zozlaganlar,
Mag‘rur boshingizda Humo qush ko‘rdik,
Bugungi tadbirda sizni xush ko‘rdik.
1-boshlovchi:
Assalomu alaykum, mehribon va talabchan, ilm-u ma’rifatga oshufta, aziz ustozlar va qadrli mehmonlar!
2-boshlovchi:
Assalomu alaykum, kasb-hunar o‘rganib charchamaydigan, tinib-tinchimas va izlanuvchan talabalar hamda davramiz qatnashchilari!
1-boshlovchi:
Inson go‘zalligi, ma’naviyati, buyuk merosi, hatto olam barqarorligining asosi ham tildir. SHu sabab onadek aziz bo‘lgan o‘z tilimizni asrab-avaylash, e’zozlash barchamizning muqaddas burchimizdir.
2-boshlovchi:
Darhaqiqat, inson o‘z ona tili bilan uyg‘ayadi, kamolga yetadi. Mana shu til bilan yashab o‘tadi. Komillikning birinchi belgisi ham o‘z ona tili orqali namoyon bo‘ladi.
1-boshlovchi:
Keling, fikrimiz isboti sifatida tadbirimizni ona tilimizning buyukligini aks ettirgan diltortar she'rlar bilan boshlasak.
2-boshlovchi:
Qani marhamat, birgalikda tinglaymiz.
(E.Vohidov “Ona tilim o‘lmaydi” she’ri)
1-boshlovchi:
Momolarim alla aytgan sen bilan,
Navoiy ham ijod etgan sen bilan,
Istiqlol ham bizga qaytgan sen bilan,
O‘zbek tilim, singib ketding qonimga
Ko‘rk berasan she’rlarim-u borimga.
2-boshlovchi:
Kelib-ketdi necha dunyolar,
Keldi hayot yig‘ladi o‘lim
Sen deb jafo chekdi bobolar
Ular ketdi – sen qolding tilim.
-Navbat Muhammad Yusuf qalamiga mansub “Ona tilim” she’riga.
1-boshlovchi:
Tarixni so‘zlama menga, ey odam,
Bitta chalib bergin “Cho‘li iroq” ni
Bitta chalib bergin, toki yana ham
Yaxshiroq ajratay qorani, oqni.
2-boshlovchi:
Haddidan oshganga uni chalib ber,
Do‘stlar diydorini g‘animat bilmay,
Sarobga shoshganga uni chalib ber!
Chalib ber, chalib ber, andisha qilmay.
O‘tmishni so‘zlama, o‘git kerakmas,
Shu kuyni bir marta chalib bersang bas.
(Buxorcha raqs ijro etiladi)
1-boshlovchi:
Barchamizga ma'lumki, 1989-yil 21-oktabr sanasida O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan. Aynan ushbu kun yurtimiz tarixida zarhal harflar bilan bitilgan desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi. Chunki ona tili millatning ko‘zgusi - ertasi, buguni va kelajagidir.
2-boshlovchi:
Davlat tili to‘g‘risidagi qonunimiz 24 moddadan iborat bo‘lib, undan ona tilimizga dahldor qoidalarni o‘rganish mumkin. Bosh qomusimiz sanalgan Konstitutsiyamizda ham O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili o‘zbek tili ekanligini alohida belgilab qo‘yilgan.
1-boshlovchi:
Til bani Odam uchun beminnat dastyor, hokisor xizmatkor ekani bilan ham qadrlidir. Dunyoda ma`lum-u mashhur har til borki, unda xalqining tarixi, buguni va ertasi mujassam.
2-boshlovchi:
Onadek mo`tabar o`zbek tili ham e`zoz-u ehtiromga arzigulikdir. Bugungi hurlik zamonida, tilimizning qonuniy himoyasi qayta tiklangan zamonda buyuk tilimiz o`zining butun bo`y basti bilan keng quloch yoymoqda.
1-boshlovchi:
Endigi navbat ulug‘ donishmandlarning til haqidagi fikrlariga.
2-boshlovchi:
Keling, ushbu hikmatlarni noan’anaviy usulda tinglaymiz, marhamat.
1-boshlovchi:
Onam O‘zbekiston nurlar yurtisan,
Bepoyon xazinam durlar yurtisan.
Donishmandlar yurti, hurlar yurtisan,
Olloh nazar solgan yurtlar yurtisan.
Seni jon ichida asrash ahdimiz,
O‘zingsan muqaddas oliy taxtimiz.
2-boshlovchi:
Biz uchun eng aziz dunyo o‘zingsan,
Oy-u quyoshimiz, Zuhro o‘zingsan.
Muqaddas Ka’ba-yu Rumo o‘zingsan,
Muhrimda porlagan Xumo o‘zingsan.
Qalbimiz qa’rida shu o‘tli nido,
Vatanga jonni biz eturmiz fido.
(”Bugun bayram” qo‘shig‘i raqsi ijro etiladi)
1-boshlovchi:
Milliy g‘ururimiz, o‘zligimiz belgisi bo‘lgan ona tilimizni qancha e’zozlasak-da kamdek tuyulaveradi. To‘g‘ri-da, axir ona tilisiz hatto hayotimizni tasavvur qilishning ham imkoni yo‘q.
2-boshlovchi:
Nafaqat ona tilimizni balki chet va qardosh tillarni ham o‘rganish orqali biz yanada taraqqiy etishimiz, yuksalishimiz mumkinligi ham ayni haqiqatdir.
Avaz O‘tarning “Til” she’ri fikrimizning yorqin isbotidir. (She’r o‘qiladi)
1-boshlovchi:
Deydilar qahrli bahodirlar ham,
Janglarda jon berar chog'i mardona,
Behad azoblarga chidab so'nggi dam,
Bitta so‘z demishlar shivirlab “ONA”.
2-boshlovchi:
Ulug‘ bir donishmand olamni sharhlab,
Axiyri tanibdi tuqqan elini,
Zabon baxsh etganga ehtirom saqlab,
Ona deb atabdi ilk bor tilini!
(O‘zbekiston qo‘shig‘i jarang sochadi)
1-boshlovchi:
Shuning bilan “Til - millat ko‘zgusi” deb nomlangan bugungi mo‘jazgina tadbir dasturimiz o‘z nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun tashakkur.
2-boshlovchi:
Yana shu kabi ulug‘ kunlarda yorug‘ yuz bilan diydor ko‘rishgunga qadar sog‘-omon bo‘ling.
Download 11.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling