Til taraqqiyotida tarixiy va geografik faktorlarning ahamiyati


Ijtimoiy kelishuv nazariyasi


Download 169 Kb.
bet3/7
Sana04.02.2023
Hajmi169 Kb.
#1163907
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Baxshulloyeva Moxlaroyim kurs ishi

Ijtimoiy kelishuv nazariyasi.
Bu nazariya XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bolib , uni ilgari suruvchi olimlar bazida bir-biriga zid xulosalarga kelishgan , ularning tilning kelib chiqishi togrisidagi asosiy fikrlari bir xil. Bu nazariyaga asosan, narsalarni qanday atashni odamlarning ozlari kelishib olishgan. Biror narsani nomlashda kelishib olish uchun , tabiiyki , kelishuv vositasi , yani til kerak boladi . Ushbu nazariya tilning paydo bolishini emas , balki til rivojlanishining bir yonalishini yoritishi mumkin . Hozirgi vaqtga kelib u yoki bu fanga taalluqli atamalar yoki sozlar ozaro kelishib olinadi . Lekin buning til shakllanishiga aloqasi yoq.Yuqorida korsatib otilgan nazariyalarning hammasi ham tilning kelib chiqishi masalasini togri yoritishga ojizlik qiladi . Chunki bu nazariyalar tilning kelib chiqishi masalasini insoniyatning paydo bolishi , dastlabki kishilar jamoasining vujudga kelishi masalasidan ajratib olgan holda qaraydi .

Jamiyatdan tashqarida yashagan inson bolasi qancha umr kormasin , u gapirmaydi . Chunki til nasldan naslga , avloddan avlodga otmaydi , yani uni irsiyatga bog'lab qo'yish to'g'ri bo'lmaydi. Irsiyat qonuniga binoan , bolaning biologik , antropologik xususiyatlari avloddan avlodga o'tadi , lekin o'zbek oilasida tug'ilgan bola faqat o'zbek tilida gapiradi deyish noto'g'ridir. U qaysi tilda gapira boshlashi qaysi oila , qaysi ijtimoiy muhitda tarbiyalanishiga bogliq. Qayd etilgan nazariyalarda, birinchidan , til goyo jamiyat tarixi taraqqiyotidan chetda , oz holicha taraqqiy etadigan hodisa, deb qaralgan. Shuning uchun ham tilning kelib chiqishi masalasi ibtidoiy davrdagi kishilarning mehnat faoliyatidan ajratilgan holda qaralgan. Ikkinchidan, bu nazariyalarda tilning kelib chiqishi masalasi tafakkurning paydo bolish masalasi bilan birgalikda , ozaro boglangan holda emas , balki ajratilgan holda talqin qilingan. Uchinchidan , odamning paydo bolishi jarayonidagi barcha biologik asoslar hisobga olinmagan. "Sharq tilshunosligida ham tilning paydo bolishiga oid mulohazalar bildurilgan. Jumladan, Alisher Navoiyning “Muhokamat-ul lugatayn” asari muqaddimasida osha davr dunyoqarashiga mos bolgan tilning paydo bolishiga doir qarashlar bayon qilingan." [ 12, 125] Alisher Navoiy tilning paydo bolishini Nuh alayhissalom avlodlariga boglaydi: “Mundin songra uch nav tildurkim , asil va motabardur va ul tillar iborati gavhari bila koyilining ( aytuvchi , sozlovchi ) adosiga zevar va har qaysining furui (shox , daraxtning shoxi ) bagoyat koptur . Ammo turkiy va forsiy va hindiy asl tillarning manshaidurki (bir narsaning chiqib kelgan orni , kelib chiqish joyi , boshlanishi), Nuh paygambar... ning uch ogligakim , Yofas va Som va Homdur , etishur . Va bu mujmal tafsili budurki , Nuh... tofon tashviridin (tolqin , falokat) najot va aning mahlakasidin ( xavf — xatar joyi va vaqti , halokat , xavf — xatar) hayot topti , olam mamurasida bashar jinsidin osor va inson navidin namudor qolmaydur erdi . Yofasniki , tavorix ahli Abu — t — turk bitirlar , Xito mulkiga yibordi va Somniki , Abu — l — furs bitirlar , Eron va Turon mamolikining vasatida ( orta , ortaliq ) voliy (hokim , hukumdor, podshoh qildi va Homniki , Abu — l — hind depturlar , Hindiston bilodiga (shaharlar , mamlakatlar) uzatti . Va bu uch paygambarzoda avlod va atboi (tobelar , fuqarolar, qaramlar , izdoshlar ) mazkur bolgan mamolikda yoyildilar va qalin boldilar. Va Yofas ogloniki , Abu — t — turkdur , tarix ahli ittifoqi(bir fikrga kelish, hammasi degan manoda )depturlarki , nubuvvat (paygambarlik) toji bila sarafroz va risolat ( paygambarlik , rasullik ) mansabi bila qarindoshlaridin mumtoz (saralangan , ajratilgan ) boldi . Va uch tilki , turkiy va forsiy va hindiy bolgay . Bu uchovning avlod va atbo i orasida shoe boldi." Olimlarning faraz qilishicha , mehnat , ibtidoiy mehnat qurollarini yasash odamlar azolarini asta-sekin juda uzoq davrlar davomida takomillashtirib , til hamda tafakkurning rivoj topishida beqiyos rol o'ynagan . Demak, mehnat qilish, mehnat qurollarini yasash jarayonida odamlar borgan sari uyushib boradi , natijada kishilik jamiyati vujudga keladi. Hayvonot dunyosidan ajralib chiqqan odamlarda jamoa bolib mehnat qilish jarayonida bir-biriga nimadir deyish ehtiyoji tugiladi . Bu zaruriy ehtiyoj esa tilni yaratadi . Til bilan ayni bir vaqtda tafakkur paydo boladi . Mehnat bilan bir vaqtda muhim ehtiyoj talabi bilan til va tafakkurning paydo bolishi natijasida bu uch omil bir-biriga tasir qilib , rivojlanish imkoniyati yazaga kelgan. Buning natijasida mehnat qilish yollari , mehnat qurollari , til va miya asta-sekin takomillasha boshlaydi . Ilgari tosh hech qanday ahamiyatga ega bolmagan bolsa , endi kishilar undan foydalanishni organa boshlaydilar va uning xususiyatlarini bilib oladilar . Endi odam toshni yorib yoki sindirib , undan har xil shakldagi turli mehnat qurollari yasay boshlaydi va ana shu mehnat qurollaridan foydalanish jarayonida boshqa narsalarning ham turli xususiyatlarini bila boradi. Bu esa narsalarni bir-biriga solishtirib , ularning xususiyatlarini aniqlashni orgatadi. Oqibatda tafakkurning rivoj topishiga imkoniyat tugiladi.Odamlar mehnat qilishni bilganlaridan keyin , oziq-ovqat topish uchun zarur narsalar haqida, yani mehnat qurollari tayyorlash , undan qanday foydalanish , qaysi tarafga borish , oziq-ovqat topish harakatini jamoa bolib bajarish va boshqalar togrisida ozmi-kopmi fikr yurgizadigan boladilar . Ular guruh-guruh bolib , birgalikda harakat qila boshlaydilar. Bu esa insonlar tili va tafakkurining borgan sari osishiga , ularda mavhum tushunchalarning paydo bolishiga asos boladi. Endigina mehnat qilish qobiliyatiga erisha boshlagan , eng ibtidoiy mehnat qurollarini yasashni organa boshlagan odamlardan bir necha bosqich yuqori darajada yashayotgan Afrikadagi qabila jamoasi holatidagi xalq tillarining soz boyligi , grammatik tuzilishi hamda tafakkurining rivojlanish farqlari qiyoslab bolmaydigan darajada ekanligini , rivoj topganini faraz qilish mumkin. Shu tariqa Afrika , Amerika qitalarida qabila bolib yashayotgan xalqlarning rivojlanish darajasi , soz boyligi , grammatik tuzilishi , tafakkur qilish qobiliyati eng taraqqiy topgan ingliz , rus , nemis , arab kabi xalqlar tillarining soz boyligi, grammatik tuzilishi va boshqa til hodisalaridan , tafakkur etish darajasidan juda katta farq qiladi. Yuqoridagi fikrlar til va tafakkurning rivojlanib borishi kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan uzviy boglanganining yorqin dalilidir.



Download 169 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling