Til taraqqiyotida tarixiy va geografik faktorlarning ahamiyati
TILNING KELIB CHIQISHI TO'G'RISIDA NAZARIYALAR
Download 169 Kb.
|
Baxshulloyeva Moxlaroyim kurs ishi
TILNING KELIB CHIQISHI TO'G'RISIDA NAZARIYALAR
Fanda tilning kelib chiqishi togrisida bir-biriga qarama-qarshi nazariyalar mavjud bolib , ular bir-biri bilan kurashib kelmoqda . Bu nazariyalarning bazilari til insonlarning bir-biri bilan munosabatda bolishi ehtiyoji natijasida kelib chiqqan deb hisoblasa , boshqalari ayrim shaxslarning oz fikrini avval ozi uchun , keyin boshqalar uchun bildirishi natijasida kelib chiqqan , deb hisoblaydi . Shu tariqa tilning paydo bolishi va shakllanishi haqida turlicha qarashlar , nazariyalar , farazlar yaratildi . Ushbu nazariyalar tanqidiy tahlil asosida organilishi lozim . Bu nazariyalar asosan 4 ta : Ovozga taqlid nazariyasi kishilarning oz atrofidagi predmetlarning chiqargan ovoziga taqlid qilishi natijasida dastlabki sozlar , predmetlarning nomlari paydo bolgan, deb hisoblaydi .Bu nazariya qadimgi Yunonistonda - Demokrit va Platon davrida ortaga tashlangan bolib , unga kora ibtidoiy odamlar yo ongli , yo ongsiz tarzda turli — tuman tovushlar , yani hayvonlarning baqiriqlari , qushlarning sayrashi , shamol va sharsharalarning ovozlariga taqlid qilishga harakat qilishgan . Masalan : chumchuq , kaklik , qarga , shir-shir , taq-tuq , kuk-ku , gumbur-gumbur kabilar. Ammo bu sozlar hamma tilda mavjud bolsa ham , ular juda ozchilikni tashkil qiladi . Tabiatda tovush chiqarmaydigan narsalardan tovush chiqaradiganlari kam . Shunday ekan , tovush chiqarmaydigan narsalarning nomi qanday shakllangan, degan savol tugiladi . Bu nazariya togri bolsa , unda ibtidoiy jamiyatda yashagan qabilalar tilida bunday usulda yasalgan sozlar soni fan va texnikasi rivojlangan xalqlar tilidagiga nisbatan koproq bolishi kerak. Lekin songgi yillarda Janubiy Amerika va Avstraliyada topilgan, ibtidoiy tuzumni boshidan kechirayotgan qabilalar tilida otkazilgan tajribalar bu tillarda tovushga taqlid qilish yoli bilan yasalgan sozlar rivojlangan tillardagiga qaraganda birmuncha kamchilikni tashkil qilishi korsatiladi. Undan tashqari, tabiatdagi tovushlarga taqlid qilish uchun nutq organlarining ota rivojlangan bolishi ham aniqlangan. Shuning uchun taqlidiy sozlar tilning paydo bolishi masalasini hal qilishda asosli ahamiyatga ega emas. Demak , ovozga taqlid nazariyasi tilning kelib chiqishi masalasini togri hal qilib berolmaydi. Undovlar nazariyasi ham tilning paydo bolishi masalasini talqin qiluvchi nazariyalardan biri bolib , bu nazariya tarafdorlari tildagi barcha sozlar kishilarning ichki tuygulari, qahr-gazablari, his-hayajonlari, ixtiyorsiz baqirishlari natijasida paydo bolgan , deb davo qiladilar . Bu nazariya ham qadimiy bolib, uning asosida ham hayvonlarning baqiriq-chaqiriqlari yotadi. Mazkur nazariya asoschilarining fikricha, ibtidoiy odamlar hayvonlarning baqiriq-chaqiriqlarini organib , ular orqali ozlarining ichki kechinmalari , gam-alamlarini ifodalashgan: oh , uh, joy, ing kabi sozlar bunga misol qilib korsatiladi. Tildagi boshqa sozlar esa ana shunday sozlarning birikuvidan kelib chiqqan , deb tushuntiriladi . Taniqli faransuz olimi J.J.Russo ham shu fikrni quvvatlagan.Dunyodagi barcha tillarda bunday birliklar mavjud, lekin bunday sozlarning miqdori shu qadar kamki , tildek murakkab hodisa ana shu yol bilan paydo bolgan , deyish bu masalani juda soddalashtirib yuborgan bo'lar edi. Malumki , tilning asosiy vazifasi kishilar orasida fikr almashinuvini taminlashdir . Binobarin , mazkur nazariyani qabul qilish tilning asosiy vazifasini , tilning ijtimoiy hodisa ekanligini rad etishga olib keladi . Ichki kechinmalarni izhor qilish doimo ham jamiyatning bolishini taqozo qilmaydi . Tilning yashashi va rivojlanishi esa jamiyat bilan uzviy bogliq : jamiyat bor joydagina til bor , til bor joyda jamiyat bor .Demak , bu nazariya ham tilning kelib chiqish masalasini to'g'ri yoritishga ojizlik qiladi . Mehnat hayqiriqlari nazariyasi tarafdorlari tildagi barcha sozlar ibtidoiy kishilarning birgalashib mehnat qilish jarayonida mehnat qilishga undaydigan Ixtiyorsiz qiyqirishlar natijasida paydo bolgan .[11,10] Bu nazariyani XIX asrning 70 — yillarida fransuz faylasufi L. Nuare yaratdi . Uning qayd qilishicha , til instinktiv hayqiriqlardan paydo bolgan. Nemis olimi Karl Byuxer ham ushbu nazariyani quvvatlaydi.Bu nazariya bir qarashda haqiqatga birmuncha yaqin nazariyadek korinsa ham , mantiq jihatdan asossizdir . Chunki mehnat qilishdagi qiyqiriqlar , hayqiriqlar mehnat jarayonidagi bir maromga , bir qolipga solish uchun bir vosita bolgan , xolos . uy , oh , voh , viq , oho, ehe kabi hayqiriqlar kishilar ortasida aloqa vositasi bolganligi ehtimol.Mehnat hayqiriqlari undov nazariyasiga oxshab ketadi . Lekin bu nazariya ham tilning kelib chiqish sabablarini , tilning paydo bolishini jamiyatning paydo bolishi , sozlash va fikr yuritish qobiliyatiga ega bolgan insoniyatning paydo bolishi bilan uzviy boglay olmaydi . Download 169 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling