Til taraqqiyotida tarixiy va geografik faktorlarning ahamiyati


MILLIY TILLAR TARAQQIYOTI


Download 169 Kb.
bet4/7
Sana04.02.2023
Hajmi169 Kb.
#1163907
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Baxshulloyeva Moxlaroyim kurs ishi

MILLIY TILLAR TARAQQIYOTI
Jamiyat tarixida tillarning keyingi taraqqiyoti milliy tillarning vujudga kelishi bilan bogliq. Milliy til mahalliy shevalar bilan ozaro boglangan holda taraqqiy qilib boradi . Bu jarayonda bazi shevalar milliy tilga qoshilib, uni boyitadi ; bazi shevalarni esa milliy til asta-sekin siqib chiqaradi.Milliy tilning yagonaligi shuni korsatadiki , til shu millatning barcha tabaqalar , guruhlar va sinflariga tushunarli va bab-baravar xizmat qilib , ularning hammasi uchun birdan bir aloqa vositasi bolib qoladi . Chunki til ayrim sinf , ayrim tabaqa , ayrim guruh tomonidan yaratilmagan , balki jamiyatning barcha azolari — umumxalq tomonidan yaratilgan. Xullas , til birligi uning erkin rivojlanishi millatning asosiy belgilaridan biridir . Milliy tilning xalq tilidan farqi uning adabiy yozuv shakliga egaligidir . Milliy tilning bu shakli mazkur millatning har bir azosi , har bir sheva uchun umumiydir. Har bir millatning madaniy merosi ana shu tilda oz aksini topadi.Til kishilik jamiyatida yaratilgan bolib, aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir. Uning ijtimoiy tabiati ayrim shaxsga emas, balki jamiyat uchun xizmat qilishda namoyon boladi. Til insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratgan barcha madaniy va ilmiy boyliklarini ifodalaydigan va avloddan avlodga meros qoladigan asosiy vositadir. Til jamiyat taraqqiyoti jarayonida ijtimoiy hodisa sifatida paydo boladi ( boshqacha aytganda , «tugiladi », taraqqiy etadi, « osadi»), bir jamiyat yoq bolishi bilan til ham asta — sekin istemoldan chiqa boshlaydi va davrlar otishi bilan olik til bolib qoladi. Masalan, lotin, sugd, qadimiy Xorazm tillari kabilar bunga misol. Biroq tilninng paydo bolishi (“ tugilishi”) taraqqiy etishi (“ osishi”) va istemol qilinmay qolishi (“ olishi”) biologik jarayon emas, balki jamiyat taraqqiyoti bilan bogliqdir. Shuning uchun til qonunlarini, uning taraqqiyot yollarini jamiyat tarixi bilan va shu tilni yaratgan xalqning tarixi bilan bogliq holda organgandagina masalani togri hal qilish mumkin.

Demak, jamiyatning eng muhim aloqa vositasi bolgan tilning bir butunligiga asoslanib, uni tirik organizmga oxshatish notogridir. Til ozining tuzilishi bilan, ayrim unsurlarining ozaro munosabati bilan butun bir tizimni tashkil etadi. Umumiy tilshunoslik fanining asoschisi V. fon Gumboldt (1767-1835) tilshunoslik fanining asosiy masalalarini, predmetini va chegarasini belgilab berishga harakat qilgan mashhur olim edi. V. Gumboldt tilshunoslikni inson organadigan tarixiy, falsafiy, etnografik fanlar qatoriga qoshishga harakat qildi. " Tilning ijtimoiy tabiatni talqin qilishda jahon tilshunosligi dialektik taraqqiyot prinsplariga asoslanadi. Xususan, tilni jamiyat taraqqiyotining mahsuli deb tushunish tilshunoslik faniga qoshilgan eng buyuk hissalardan biridir. Tilning asosiy va muhim xususiyati shundan iboratki, til kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan bolib, eng muhim aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir." [ 4, 167] . Tilning ijtimoiy tabiati uning ayrim shaxsda emas, balki jamiyatda mavjudligini taqozo etadi. Til jamiyat tomonidan yaratilgan bolib, uning taqdiri ham jamiyat taqdiri bilan chambarchas bogliqdir. Insonning butun hayoti til bilan bogliq bolib, til yordamida kishilar obyektiv borliqni organadilar, ozaro fikr almashadilar, jamoa bolib birlashadilar va mehnat qiladilar.Til ijtimoiy hodisa sifatida tabiiy hodisalardan ajralib turadi. Masalan, kishilarning tabiiy -biologik va fiziologik xususiyatlari (ovqat yeyishi, nafas olishi, rivojlanishi va hokazo) tabiat qonunlariga muvofiq, jamiyatga bogliq bolmagan holda rivojlanib boradi. Ammo tilda sozlashish na fikrlash uchun kishilik jamiyati (sotsial muhit) bolishi shart. Chunki til kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish va fikr almashish ehtiyojlari natijasida paydo bolgan. Shuning uchun ham til tabiiy hodisalardan farqli olaroq, kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan va unga xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir.Til nasldan naslga, avloddan avlodga otadigan irsiy hodisa emas, aksincha, til jamiyat taraqqiyotining mahsulidir. Bolaning qaysi tilda sozlay boshlashi uni orab turgan til muhitiga bogliq. Misol uchun, fransuz bolasi godaklikdan yaponiyaliklar orasida tarbiyalansa, u faqat yaponcha sozlab, oz ona tilini bilmasligi mumkin. Ammo bolaning biologik belgilari (yuz tuzilishini, sochining rangi va hokazolar) ozgarmagan holda shakllanib boradi. Boshqa bir misol: 1920 yilda Hindistonda ovchilar bir uyada ikki bori bolasi va ikki qizchaga duch kelganlar. Ular (ayniqsa ularning kattasi-Kamola) ozlarini bori sifatida tutganlar. Kamola borilar bilan 15 yil birga hayot kechirgan. Lekin u gapirishni butunlay bilmagan. Uni «odamlashtirish» juda sekinlik bilan amalga oshgan. Faqat orgatishning uchinchi yilida ikki oyoqda turishni (shunda ham orqasidan ushlab turilsa) organgan. Yetti yildan keyingina ikki oyoqda yura boshlagan. Lekin, baribir, yugurish zaruriyati tugilsa, emaklab chopgan. Nutqqa orgatish yana ham qiyin bolgan. Tort yil davomida faqat olti sozni bilib olgan. Yetti yil davomida Kamolaning lugatidagi sozlar ellikka ham bormagan. 16 yoshida bu qiz ozini 4 yoshli qiz holida tutgan. Bu misol ham tilning jamiyat bilan bogliqligini, uni jamiyatdan ajratish mumkin emasligini, tilning ijtimoiy hodisa ekanligini korsatib turibdi. Ma'lumki, jamiyatga xizmat qiladigan njtimoiy hodisalarning turlari nihoyatda kop. Bazis, ustqurma, ideologiya kabi ijtimoiy hodisalar yoki ayrim tabiiy hodisalar (yogayotgan yomgir, quyosh nuri va hokazolar) ham jamiyatga xizmat qiladi. Ammo bu hodislarning jamiyatda bajaradigan funksiyalarining oziga xos xususiyatlari va qollanish doirasi bor. Masalan, bazis jamiyatning iqtisodiy tuzilishini, ustqurma esa jamiyatning siyosiy, yuridik, ideologik normalarini belgilab beradi. Har bir tuzumning oz bazisi va ustqurmasi bolib, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarining ozgarishi bilan bazis va ustqurma ham ozgarib turadi. Til esa na bazis va na ustqurma tarkibiga kirmaydigan oziga xos ijtimoiy hodisadir. Tilning boshqa ijtimoiy hodisalardan ajralib turadigan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, til jamiyat faoliyatining barcha sohalariga xizmat qiladi. U kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan konkret-tarixiy norma sifatida jamiyat a'zolarining hammasiga teng xizmat qiladigan asosiy aloqa vositasidir. Shuning uchun ham til sinfiy xarakterga ega emas. Sozlovchi insoniyat jamoasi tomonidan yaratilgan tildan foydalanadi va ushbu tilning qonun-qoidalariga rioya qiladi. Shu bilan bir qatorda, har bir sozlovchi ayniqsa adiblar, olimlar ozlarining nutq faoliyati jarayonida tilning rivoji uchun malum hissalarini qoshadilar. Kishilar ozaro aloqa qilish, fikrlashishda tildan boshqa vositalardan ham foydalanadilar. Bular ovozli va grafik shaklda boladi va odatdagi sozlashuv nutqidan boshqa turli tovush signallari: "zvonok, gudok" kabilardan foydalaniladi.[9 , 56]]


Download 169 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling