Til va boshqa sohalar


Download 1.21 Mb.
bet14/19
Sana05.01.2022
Hajmi1.21 Mb.
#213342
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
2- maruza .Til asosiy aloqa vositasi (1) (1)

Til birliklarini turli belgilar asosida birlashtirish mumkin. Tilni sathlarga ajratishning asosiy belgisi lingvistik birliklarning iyerarxik - pog‘onaviylik xususiyati bo‘lib, o‘zaro pog‘onaviy munosabatda bo‘lmagan nisbiy bir xil birliklar munosabatini lingvistik sath deb tushunish mumkin.

TIL VA NUTQ BIRLIKLARI, ULAR O‘RTASIDAGI PARADIGMATIK, SINTAGMATIK VA IERARXIK MUNOSABATLAR

Tilning murakkab sistema sifatida ijtimoiy-amaliy vazifani bajarishida til sistemasining struktural birliklari o‘zaro bog‘liq va mantiqiy uyushgan holda harakatga keladi va ob‘ektiv borliqdagi narsa va hodisalar haqida xabar beradi. Bunda fonema, morfema, leksema va model - til birliklari, tovush, so‘z, so‘z birikmasi va gap - nutq birliklari hisoblanadi. Til va nutq kabi til va nutq birliklari ham o‘zaro uzviy bog‘liq. Til birliklari nutq birliklari uchun moddiy asos vazifasini o‘taydi, nutq birliklari esa til birliklarining harakatdagi ko‘rinishi bo‘lib keladi.


Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling