Tilning o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqazo etuvchi bir qancha qatlamlardan iborat ekanligi haqidagi qarash o‘zining uzoq tarixiga ega. Sistemaviy-struktur tilshunoslikning shakllanishi va rivojlanishi til ichki tuzilishining o‘ziga xos xususiyatini, til ichki birliklarining oddiydan murakkabga qarab bosqichma- bosqich rivojlanib borishi, bunda quyi bosqich birligi o‘zidan yuqoriroq bosqich birligida o‘z funksiyasini ko‘rsatishini ilmiy asoslab berdi. Xususan, til tuzilishining an‘anaviy tilshunoslikda 3 asosiy qism: fonetik, leksik va grammatik qismlarga boTinishi va tilshunoslikning bu qismlarni o‘rganadigan 3ta bo‘limga ajratilishi ushbu qatlamlarni bir butunlikda tushunishning yorqin namunasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |