Semiotika (yoki semiologiya) belgilar sistemasi haqidagi fan bo‘lib, belgilar, ularning tabiati, mohiyati, ko‘rinishlari, amal qilishi kabilarni o‘rganadi. Semiotikaning tekshirish ob‘ekti jamiyatda qoTlanadigan belgilar tizimi bo‘lib, bunda 2 tipdagi belgilar farqlanadi: tabiiy va sun‘iy belgilar. Tabiiy belgilar aslida u yoki bu narsa, hodisaning tarkibiy bo‘lagi - alomatlari bo‘lib, ular inson ongida muayyan tasavvurlarni uyg‘otishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |