Har qanday sistema ichki boTinuvchanlik xususiyatiga, muayyan ichki tuzilishga ega bo‘lgan 2 va undan ortiq birliklarning o‘zaro munosabatidan iborat bo‘lib, ayni paytda o‘zi alohida strukturani tashkil etadi. Demak, sistema qismlardan, bo‘laklardan iborat bo‘lsa, struktura ushbu qismlar, bo‘laklar o‘rtasidagi ichki munosabatdir. Ya‘ni, sistema - butunlik, struktura - xususiylik hisoblanadi. Ular o‘zaro uzviy bog‘liq, bir-birini taqazo qiladi, ayni paytda har biri o‘ziga xos tomonlari, xususiyatlari bilan mustaqil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |