Semiotika (yoki semiologiya) belgilar sistemasi haqidagi fan bo‘lib, belgilar, ularning tabiati, mohiyati, ko‘rinishlari, amal qilishi kabilarni o‘rganadi. Semiotikaning tekshirish ob‘ekti jamiyatda qoTlanadigan belgilar tizimi bo‘lib, bunda 2 tipdagi belgilar farqlanadi: tabiiy va sun‘iy belgilar. Tabiiy belgilar aslida u yoki bu narsa, hodisaning tarkibiy bo‘lagi - alomatlari bo‘lib, ular inson ongida muayyan tasavvurlarni uyg‘otishga xizmat qiladi. Sun’iy belgilar shartli belgilar bo‘lib, ular predmet va hodisalar haqidagi tasavvurlarning o‘rnini bosish uchun xizmat qiladi. Ushbu belgilarning asosiy vazifasi ma‘lum bir xabarni to‘plash, saqlash, yetkazish, ya‘ni insonlar o‘rtasida aloqa vositasi boTishdir. Shu bois ularni kommunikativ-informativ belgilar deb atash mumkin va ularga turli timsollar, signallarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |