Til va madaniyat
Zoonimlar semantikasi va lingvokulturologik
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Тил ва маданият журнали
Zoonimlar semantikasi va lingvokulturologik
xususiyatlari A.M.Shcherbak turkiy tillarda qo‘llanadigan 1554ta hayvon nomini keltirgan [Sherbak 1961,172]. Hayvonlar nomini bildiruvchi terminlar yuzasidan olib borilgan ishlar, jumladan, A.M.Shcherbak 21 Eski o‘zbek tiliga xos ayrim leksemalar semantikasi va lingvokulturologik xususiyatlari tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, zoonimlar hayvonlar yoshi, jinsi va zotiga qarab xilma-xil bo‘ladi. Bunday farqlanish faqat xo‘jalik ishlarida foydalaniladigan hayvonlarda kuzatilishi, boshqa hayvonlarda bunday toifalanish uchramasligi ta'kidlangan. Zoonimlarning bir qator turkiy tillarda uchrashi shu xalqlarning yashash tarzi, hayvonlarni toifalab nomlashdagi mezonlari haqida ma'lumot beradi. Zoonimlar yangi leksik birliklarning shakllanishi uchun ham asos bo‘lgan. Masalan, Go‘spandliyor qo‘shma so‘zi “qo‘y va echkilar o‘tkaziladigan yo‘l” ma'nosini ifodalagan: Qo‘ychi va cho‘pon gohi gala va ramani bu yo‘l va tangi bila indurur uchun bu yo‘lni Go‘spandliyor der emishlar [Bobur 2002, 207]. Qo‘y (va echkilar) galasi (ramasi) o‘tkazilishi bois bu yo‘l Go‘spandliyor (go‘sfand “qo‘y”) deb nomlangani ma'lum bo‘ladi. Liyor afg‘on tilida “yo‘l” degan ma'noni bildiradi. Kunning ma'lum qismini bildiruvchi govgum “namozi digar” va “namozi shom” orasidagi paytni ifodalaydi. Hozirgi qipchoq shevalarida ham xuddi shu ma'noda qo‘llanadi. Gov f. “ho‘kiz” [Навоий 1983, 405]. Gum “yo‘qolish, g‘oyib bo‘lish, adashish, yo‘ldan ozish” [Navoiy 1983, 421]. Zahiriddin Muhammad Bobur govgum atamasining shakllanishiga asos bo‘lgan iborani keltirgan. Ya'ni, bir tang yo‘lning qayerga olib borishini ho‘kiz yetaklab kelayotgan kishidan so‘rashadi. Yo‘lovchi “ho‘kizni qoralab boring, bilasiz” qabilida javob beradi. Xoja Asadullo taajjubini bildiradi: Gov gum shavad, chikor kunem? “Agar ho‘kiz yo‘qolsa yoki “govgum” bo‘lsa, ya'ni qorong‘u bo‘lsa (ho‘kiz ko‘rinmay qolsa), nima qilamiz?”. Govgum ”ho‘kizni ko‘z ilg‘ar, ilg‘amas payt”, “g‘ira-shira qorong‘ulik” ma'nosini bildiradi. Mana bu jumla ham yuqoridagi so‘z etimologiyasini yoritishga xizmat qiladi: O‘yg‘a ko‘z soling, o‘yni iturmang, to yo‘lning qaysari chiqari ma'lum bo‘lg‘ay [Bobur 2002, 153]. O‘y “ho‘kiz”. Eski o‘zbek tili manbalarida o‘y “ho‘kiz”, “sigir”, “buzoq” ma'nolarida qayd etilgan; burj nomini anglatgan [Sevortyan 1974, 573]. Qadimgi turkiy manbalarda ud shaklida “sigir” ma'nosida qayd etilgan [DTS 1969, 605]. Turkiy tillardagi bir qator zoonimlarning qadimgi turkiy varianti keyingi davrlarda ham saqlanib qolgan. Masalan, qadimgi turkiy tilga xos “dumi qildek ingichka qush” ma'nosidagi qılquyruq XIV asr manbalarida ham uchraydi. Keyinchalik, ijtimoiy aloqalar tufayli turkiy hayvon nomlari bilan bir qatorda o‘zlashma zoonimlar ham ishlatila boshladi. Eski o‘zbek adabiy tilida qo‘llana boshlagan zoonimlarning ko‘pi forscha-tojikcha so‘zlardan shakllangan: käptär 22 Zulxumor XOLMANOVA –käftär; murğobi, ğarmpoy, šahmurğ “o‘rdak”. Qadimgi va eski turkiy tilda övrak, XIV asr manbalarida ördäk qo‘llangan; eski turkiy tildagi alavan “timsoh” o‘rnida eski o‘zbek adabiy tili davriga kelib šyer=i ōbiyizofasi ishlatila boshlagan. Zoonimlar turkiy xalqlar turmush tarzi, ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim o‘rin tutgan. Turkiy xalqlar, asosan, chorvachilik va ovchilik bilan shug‘ullangani sababli mazkur xalqlar tilida zoonim bilan bog‘liq tushunchalar, qarashlar yuzaga kelgan. Zoonimlar tur- kiy xalqlar maqollari tarkibida ko‘p kuzatiladi. Bu turkiy xalqlarning, jumladan, o‘zbek xalqining, tabiat hodisalari, hayvonlar harakati, xususiyatlarini sinchkovlik bilan kuzatganligi bilan belgilanadi. Maqollarda uy havonlari nomining uchrashi chorvachilik talablari, sharoitiga bog‘liq bo‘lsa, yovvoyi hayvon nomlarining kuzatilishi ovchilik faoliyati bilan aloqador. O‘zbek maqollarida baliq, to‘ng‘iz, fil, g‘oz zoonimlari kam uchraydi. Bo‘ri, arslon, it, ot, tuya, ilon, qush, qo‘y, mol zoonimlari ko‘p kuzatiladi. Bu holat xalqlarning yashash muhitidagi hayvonot olami, ularning xususiyatlari bilan izohlanadi. O‘zbek tilidagi o‘xshatishlarning asosiy qismida zoonimlar etalon vazifasini bajaradi: qo‘ydek yuvosh, bo‘riday olg‘ir, arslonday baquvvat, sherday kuchli, tulkiday ayyor, itday xor (bo‘lmoq), quyonyurak (qo‘rqoq) kabi. Farzandlarni erkalashda ham zoonimlardan foydalaniladi: qo‘zichog‘im (qo‘yning bolasi), toychog‘im (otning bolasi), bo‘talog‘im (tuyaning bolasi). Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling